O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari



Yüklə 2,85 Mb.
tarix26.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#132221
o\'ta 1

O‘ZBEK TILINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI.


Oʻzbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni oʻz ichiga oladi:
Miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha boʻlgan davr. Bu davrdagi til fanda qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Qadimgi xalq ogʻzaki ijodi namunalari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari (VIVII asrlar) shu tilda yaratilgan.
XIXIV asrlarda amalda boʻlgan til eski turkiy til deb ataladi. Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu-lugʻatit-turk“ („Turk tillari devoni“), Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“), Ahmad Yugnakiyning „Hibatul haqoyiq“ („Haqiqatlar armugʻoni“), Xorazmiyning „Muhabbatnoma“, Rabgʻuziyning „Qissai Rabgʻuziy“ asarlari shu tilda yaratilgan.
XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qoʻllangan til eski oʻzbek adabiy tili deb nomlangan. AtoyiSakkokiySayfi SaroyiLutfiyAlisher NavoiyBoburMashrabTurdiMaxmurGulxaniyMuqimiyFurqatZavqiy va boshqa koʻplab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.
O'zbek hukmdori Muhammad Shayboniy (1451-1501) oʻzbek tilida gʻazalruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ nomli dostoni, oʻgʻli Muhammad Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saqlanadi) bizgacha yetib kelgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan til hozirgi oʻzbek adabiy tili deb ataladi. „Turkiston viloyati gazeti“ nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) eʼtiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi oʻzbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi.
Oʻzbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski oʻzbek adabiy tili shakllanib boʻldi.
Eski oʻzbek tilining rivoji buyuk Alisher Navoiyning nomi bilan bogʻliqdir. U eski oʻzbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ajoyib asarlar yaratibgina qolmasdan, bu tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi „Muhokamat-ul-lugʻatayn“ nomli yirik ilmiy asar ham yozdi va unda oʻzbek tilining boshqa tillardan hech kam emasligini ishonarli misollar bilan isbotlab berdi.
Umumturkiy soʻzlar koʻpchilik turkiy tillarda hozir ham ishlatiladigan barcha turkiy tillar uchun umumiy boʻlgan koʻpgina soʻzlar borki ular azaldan turkiy qabilalar tilida mavjud edi, ular hozir ham ishlatiladi. Masalan: kishi, ot, qoʻl, oyoq…
Oʻzbekcha soʻzlar oʻzbek tili sharoitida, oʻzbek tili yoki boshqa til elementlari yordamida koʻpgina soʻzlar yaratilgan. Masalan: ishxona, soʻroq, ulfatchilik, bogʻdorchilik…
Fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar hozirgi oʻzbek tilida tubandagi kabi soʻzlar bor.
Arab tilidan oʻzlashgan soʻzlar. Arab soʻzlari oʻzbek tiliga VII—VIII asrlardan boshlab kiradi. Bu hol arablarning shu davrda Oʻrta Osiyoni zabt etishlari bilan bogʻliq. Hozirgi oʻzbek tilida arab tilidan kirgan quyidagi kabi soʻzlar mavjud: kasb, mehnat, hayvon, ittifoq, millat… Arab soʻzlari birinchidan kitob, madrasa, din, davlat tuzimi orqali kirgan. Ikkinchidan Eroniy tillar orqali kirgan. Uni masalan arab soʻzlariga tojikcha morfemalar qoʻshib yasalgan. Masalan: darxaqiqat, mansabdor, mulkdor, baquvvat… kabi soʻzlardan bilsa boʻladi.
Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə