O'zbek tilshunosligida lingvokulturologiyaning o'rganilishi topildiyeva Feruza Raximjonovna


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 35,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü35,85 Kb.
#164808
1   2   3
1994-1998 (3)

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Til va madaniyatning bog`liqligi, madaniyatning tilda aks etish muammosi bilan 
bog`lik masalalarning metodologik asosi yaqin yillardangina boshlandi. Ularning asosi 
sifatida V.V.Vorobyov, V.M.Shaklein, V.N.Teliya, V.A.Maslovalarning ishlari xizmat 
qiladi. 
O`zbek tilshunoslik ilmida ham bu yo`nalishda qator ishlar olib borilmoqda. 
Xususan, o`zbek tilshunosligida 
lingvokulturologiyaning 
ilmiy asoslanishi, 
madaniyatning tilda aks etishi kabi qator masalalarga qaratilgan dastlabki ishlar sifatida 
A.Nurmonovning “O`zbek tilida lingvokulturologik yo`nalish”, N.Maxmudovning 
“Tilning mukammal tadqiqi yo`llarini izlab”, "Uxshatishlar - obrazli tafakkur 
mahsuli", N.Sayidraximovaning “Lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishiga doir 
ayrim muloxazalar”, “Lingvokulturologiyaning komponentlari” nomli maqolalarini, 
D.Xudoyberganovaning 
“Matnning 
antropotsentrik 
tadqiqi” 
mavzusidagi 
monografiyasi, «Uzbek tili o`xshatishlarining izohli lug`ati»ni belgilash mumkin. 
Mazkur ishlarda lingvokulturologiya fanining mohiyati, predmeti va ob’ekti masalalari 
o`rganilgan.
2
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Tilshunoslikning lingvokulturologiya sohasi O’zbek tilshunosligida hali tо‘la 
shakllangan emas. Shunga qaramay tilshunos olimlarimiz bu borada turli izlanishlar va 
tadqiqotlar olib borishmoqda. Bizda esa bu sohada xalqaro aloqalardagi terminlarning 
1
Mengliyev B., Sayfullayeva R. va boshq. Milliy tilshunoslik mustaqil rivojlanish yо‘lida // “Ma’rifat” gazetasi, 2017 yil 
21 may.
2
M.Saidova, U.Kuviev “lingvokulturologiya(uslubiy qo`llfnma) Namangan – 2017. 7-b. 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
1996 
til madaniyatiga ta’siri va ularning ko’chma ma’noda qo’llanilish holatlarini 
o’rganamiz. 
Lingvomadaniyatshunoslik til bilan bo’gliq barcha muammolarni- olam tasvirini 
tarixiy tilshunozlik orqali anglash, til yaratilishi, olamning ko’rinishi, tilni bilish 
jarayoni maydoni kabi masalalarning mabasi desak mubolag’a bo’lmaydi.Bugun 
lingvokulturologiya rus va boshq axorijiy tilshunoslikda alohida lingvistik yo’nalish 
sifatida shakillandi va rivojlanib bormoqda, o’quv fani sifatida filologik oliy 
ta’limtizimiga kirib ham bo’ldi. Mamlakatimizda ham antropolingvistik yo’nalishdagi 
tadqiqotlar, asosan, qiyosiy aspektda bo’lsada, boshlangan. Lingvokulturologiya o’quv 
fani sifatida filologik ta’limga olib kirish yurtimizda yetuk filolog mutaxasislar 
tayyorlash ishiga foyda keltirishini takidlash joizdir. 
Lingvomаdаniyat 
(lingvokulturologiya) 
– 
zаmоyаviy 
tilshunоslikning 
yo’nаlishlаridаn biri bo’lib, аntrоpоsеntrik pаrаdigmа doirаsidа o’rgаnilаdi. 
V.V.Vоrоbyovning 
tа’kidlаshichа, 
lingvоkulturоlоgik 
tаdqiqоtlаr 
“zаmоnаviylingvistikаning bаrchа tеndеnsiyalаribilаn mоslаshib, insоn, fikrlаsh, 
tаfаkkur, ruhiy аmаliy fаоliyatibilаn uzviy bоg’liqlikdа rivоjlаnibbоrаdi”.
3
Lingvomadaniy sohada siyosat so’zini konseptual tushuncha deb olganimizda 
albatta siyosiy maydondagi terminlar va so’z birikmalar tafakkurga jam bo’ladi. 
Xususan har bir davlatning siyosati turlicha bo’lib alohida qismlarda shakillanadi. 
Misol uchun ijtimoiy siyosat va tashqi siyosat. Ijtimoiy siyosatda shu davlatga tegishli 
siyosiy terminlar umumiste’molda bo’lsa, tashqi siyosatda esa aksincha barcha 
davlarlarga tegishli bo’lgan umumiy terminlar qo’llaniladi. 
Shu tariqa lingvokulturologiya dunyoning umumiy tasviridagi qolibida 
dunyoning madaniy tasvirini til nuqtai nazaridan ajratishni ko‘rsatadi. Shuni alohida 
ta’kidlab o‘tish kerakki, kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiya asosida ham qator 
yo‘nalishlar rivoj topmoqda. Masalan, o‘tgan asrning oxirgi o‘n yilligida kognitiv 
tilshunoslik va politologiyaning asosida siyosiy murakkab muloqot birliklar 
3
V.V.Vorob’ev. Lingvokulturologiya v sisteme gumanitarnogo znaniya. Tverst Davlat universiteti. 2019. S.101 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
1997 
mujassamlashgan diskursni o‘rganadigan siyosiy tilshunoslik yo‘nalishi vujudga keldi. 
Shu vaqtning o‘zida lingvokulturologiyada ham falsafiy nom bilan qadriyatlarni 
o‘rganuvchi aksiologik tilshunoslik yangi yo‘nalishi ravnaq topdi. 
1-rasmda berilgan lingvokulturologigik tahlilda kognitiv mapping uslubida 
politika (siyosat) so’zi semantik maydonida berilgan yuqoridagi terminlarni o’z ichiga 
olgan holatini ko’rishimiz mumkun. 

Yüklə 35,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə