O'zbek tilshunosligida lingvokulturologiyaning o'rganilishi topildiyeva Feruza Raximjonovna



Yüklə 35,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü35,85 Kb.
#164808
  1   2   3
1994-1998 (3)



WWW.HUMOSCIENCE.COM
1994 
O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LINGVOKULTUROLOGIYANING 
O'RGANILISHI 
 
Topildiyeva Feruza Raximjonovna 
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti 
Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi o'qituvchisi 
topildievaferuza@gmail.com
  
Annotatsiya:
Mazkur 
maqolada 
o`zbek 
va 
chet 
el 
olimlarining 
lingvokulturologiya sohasiga olib borgan ishlariga tayangan holda o'zbek 
tilshunosligida lingvokulturologiyaning o'rni, ahamiyati va ishlatilishi borasida gap 
boradi.
 
Kalit so`zlari:
lingvokulturologiya, til, madaniyat, xalq, mentalitet, semantika
ottenka, integral belgi, differntsial belgi, oppozitsiya, transformatsiya, komponent
metod, shakl, munosabat, lingvokulturema. 
KIRISH 
Bugungi kunda matn taxlilida tadqiqotchilar grammatika, semantika, 
kognitologiya, psixolingvistika, lingvokulturologiya kabi qator yo`nalishlar qo`lga 
kiritgan yutuqlarga tayanib ish ko`rmoqdalar. Bundan maqsad - nutq yaratuvchi va uni 
idrok etuvchi shaxs omilining lisoniy faoliyatda qanday o`rin tutishini aniqlash bo`lsa, 
ikkinchi tomondan, matnning semantik, lingvokulturologik xususiyatlarini yanada 
chuqurroq o`rganishdir. Shunday masala sifatida hozirgi kunda tilshunoslik ilmida 
barchaning e’tiborini tortayotgan til va madaniyat tushunchasi bilan bog`lik bo`lgan 
lingvokulturologiya masalalari ko`pchilik tilshunos olimlar tomonidan tadqiq 
etilayotgan bulsada, biroq to`laqonli o`z yechimini topgan emas. Mazkur ishimiz ayni 
mana shu masala - tilshunoslikning yangi soxasi lingvokulturologiyaga qaratilganligi 
bilan e’tiborlidir. 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
1995 
Lingvokulturologiya tilshunoslik ilmiga xos bo`lgan qator yangi soxalardan biri 
bo`lmish kommunikativ tilshunoslik va matn lingvistikasi, matnni o`rganishdagi 
antropotsentrik yondashuv, kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, psixolingvistika, 
sotsiolingvistika, lingvoo`lkashunoslik, etnolingvistika soxalariga oid masalalarni 
tahlil qilish yo`nalishidagi tadqiqot ishlari bilan chambarchas bog`lik.
1

Yüklə 35,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə