O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


Baliqning qon aylanish sistemasi (tartibi)



Yüklə 9,61 Mb.
səhifə15/218
tarix17.02.2022
ölçüsü9,61 Mb.
#83825
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   218
Baliqcilik

Baliqning qon aylanish sistemasi (tartibi) yopiq (tutash)dir. U yurak va tomirlardan iborat. Yurakdan chiqadigan tomirlar arteriya, yurakka qon olib keladigan tomirlar vena deb ataladi. Qon yagona qon aylanish doirasi bo‘lib harakatlanadi. Baliq- ning yuragi ikki kamerali. U yurak bo‘lmasi va qorinchasidan ibo- rat, ularning mushaklari devori navbat bilan qisqarib turadi. Yurak bo‘lmasidan qon yurak qorinchasiga, undan esa yirik arteriyaga — qorin aortasiga itariladi. Qonning orqaga qaytishiga klapanlar yo‘l qo‘ymaydi. Qorin aortasi jabralarga boradi, undan o‘ngga va chapga juda mayda tomirlar ketadi. Ularda oqadigan qon to‘q rangli, karbonat angidridga to‘yingan bo‘lib, vena qoni deb ataladi. Jab- ralarda tomirlar kapillarlarga tarmoqlanadi. Ulardan oqadigan qon karbonat angidriddan tozalanib, kislorodga to‘yinadi.

Jabralardan chiqadigan tomirlardan, endi kislorodga to‘yin- gan qip-qizil arteriya qoni oqadi. U umurtqa pog‘onasi ostida tana bo‘ylab joylashgan orqa aortaga yig‘iladi. Orqa aorta dum bo‘limida umurtqalarning pastki yoyi ichidan o‘tadi.

Orqa aortadan birmuncha mayda arteriyalar chiqadi, ular turli organlarda kapillargacha tarmoqlanadi. Bu kapillarlarning devori orqali to‘qimalarga kislorod va oziq moddalar, ulardan esa qonga karbonat angidrid va hayot faoliyatining boshqa mahsulotlari o‘tadi.

Gavda organlariga qon tashuvchi orqa aorta
Jabra tomirlari

Yurak

bo‘lmasi Venasi

Qorin aortasi

Yuragi

Qorin

aortasi Yurak qorinchasi



5-rasm. Baliqning tana organlarida qon aylanish sistemasi (tartibi) va sxemasi (shakli).
Qip-qizil arteriya qoni asta-sekin to‘q rangga kiradi, ya’ni tarkibida karbonat angidrid ko‘p, kislorod kam bo‘lgan vena qo- niga aylanadi. Vena qoni venalarda to‘planib, ulardan yurak bo‘l- masiga tushadi.


    1. Yüklə 9,61 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə