O„zbekiston fuqarosi Yusupov Toshkent davlat yuridik universitetida


Foto: Samarqand IIB matbuot xizmati



Yüklə 480,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix07.08.2023
ölçüsü480,29 Kb.
#120411
1   2   3   4   5   6   7   8
1-kazus O\'zbekistonda dronlardan foydalanish tartibi

Foto: Samarqand IIB matbuot xizmati 
Soha bo‘yicha mutasaddi tashkilot 
Unga ko„ra, maxsus vakolatli organ – O„zbekiston Respublikasi Parvozlarning 
xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hisoblanadi. Kun.uz muxbiri ushbu masala 
yuzasidan inspeksiyaning mas'ul xodimi Sattarov Sattor bilan suhbatlashdi. 
Mutaxassisning so„zlariga ko„ra, tashkilot Vazirlar Mahkamasidan ruxsat olgandan 
so„ng, qurilmaga buyurtma olinadi. Shu joyiga ham e'tibor qaratish lozimki, 
qonunchilik asosida qurilma ishlab chiqarilgan korxona yoki vositachi tashkilot bilan 
shartnoma tuzilib olib kelinishi lozim. Bundan tashqari, qurilma sotilgan joyda 
operatorlar o„qitilishi va ularga maxsus bilim berilishi shart. 
Shundan so„ng inspeksiyaga qurilmadan foydalanishga ruxsat olish uchun ariza 
va dronga bo„lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (yuqorida keltirilgan 
shartnomalar) topshirilishi lozim. Inspektsiya arizani 10 kun ichida ko„rib chiqishi 
lozim. Bu muddat ichida inspeksiya xulosasi beriladi. Qo„lingizga tasdiqnoma yoki 
rad etilgani to„g„risidagi asoslar beriladi. 
Ushbu inspeksiya ruxsatnomasini olgandan so„ng, yuridik shaxs O„zbekiston 
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligining (Mininfokom) ham ruxsatnomasini olishi talab etiladi. 
Ruxsatnomani oldik, endi uchirsak bo„lar. Aslo!.. 
Shundan so„ng, buyurtmachi O„zbekiston Respublikasi havo hududidan 
foydalanish uchun Havo hududidan foydalanishni boshqarish yagona tizimidan ham 
ruxsat olishi kerak bo„ladi. Vazirlar Mahkamasining 287-sonli 2016 yil 31 
avgustdagi qarorining 7-ilovasiga asosan ariza topshiriladi. Arizada parvoz vaqti


qurilmaning modeli va belgilari, arizachining nomi, parvoz balandligi hamda boshqa 
ma'lumotlar keltiriladi. 
Bundan tashqari, qaror ilovasida keltirilgan Nizomning 2-qismiga asosan 
uchuvchisiz uchish qurilmalari bir necha talablarga javob berishi lozim. Bular: 

Qurilma sanoat ishlab chiqarish mahsuloti bo„lishi; 

Ishlab chiqaruvchi zavod pasporti yoki sertifikatga ega bo„lishi; 

Maksimal uchish massasi 25 kilogrammdan kam bo„lishi; 
Hujjatlar to„planganidan so„ng, mudofaa vazirligining tegishli ruxsati olinadi. 
Ruxsatnomalarni olgandan so„ng, dronlarni olib kelib foydalanish mumkin. 
Qurilmani bojxonadan olib o„tayotganda ruxsat berilganini tasdiqlovchi hujjat 
bo„lishi shart. Agar bu hujjatlar mavjud bo„lmasa, qimmatbaho qurilmani olib o„tib 
bo„lmaydi. 

Yüklə 480,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə