O„zbekiston fuqarosi Yusupov Toshkent davlat yuridik universitetida



Yüklə 480,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix07.08.2023
ölçüsü480,29 Kb.
#120411
1   2   3   4   5   6   7   8
1-kazus O\'zbekistonda dronlardan foydalanish tartibi

 
Jahon tajribasi misollarda 
BIRLASHGAN ARAB AMIRLIGI 
 

Foto: Hoversurf 


Abu-Dabi. Ushbu davlatda turli amirliklarda qonunchilik turlicha hisoblanadi. 
Bu farq uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishda ham mavjud. Misol 
tariqasida, poytaxt Abu-Dabida maxsus ruxsatsiz va savdo litsenziyasiga ega 
bo„lmasdan drondan foydalanish taqiqlanadi. Agar siz ko„chada ruxsatsiz uchirsangiz 
va politsiya qo„liga tushsangiz, turistligingizni ham inobatga olishmaydi. Droningizni 
tortib olishadi, bir necha ming AQSh dollariga teng jarima solishadi va qamoqqa 
tashlashadi. 
Dubay. 2018 yil may oyidan boshlab turistlarga dron olib kirishga ruxsat berildi. 
Ammo, buning uchun majburiy registratsiya belgilandi. Registratsiya 
mazkur 
saytda
 o„tkaziladi. 
Yana bir yo„li ham bor. Vaqtincha foydalanish uchun ariza va boshqa hujjatlar 
topshirish kerak bo„ladi. 2 hafta uchun topshirish eng ma'qul variant. Registratsiya 
uchun quyidagilar ko„rsatilishi lozim: pasportning skanerlangan varianti, fotosuratlar, 
chiptalar, yashash joyi, telefon, dron modeli, dron foydalanganda xavfsizlik texnikasi 
qoidalari bo„yicha bilimingizni tasdiqlovchi sertifikat (agar bu sertifikat bo„lmasa, 
Dubayda maxsus kurslar mavjud, 1-2 soatda o„rgatib, sertifikat bilan chiqarib 
yuborishadi). 
 
GERMANIYA 
Dronlardan foydalanish avval hamma uchun erkin edi. Ammo Germaniya 
kansleri Angela Merkel nutq so„zlayotgan vaqtda dron juda yaqin masofada kelgani 
sababli, bu qurilmaning harakati qonunchilik bo„yicha tartibga solindi. 
Video Player (screen) 
Germaniya qonunchiligi bu bo„yicha ajoyib qarorga kelgan. Dronlar vazni va 
hajmiga qarab turlarga bo„lingan. Turlarga qarab hujjatlashtirish ham farqlanadi. 
250 grammdan og„ir dronlarda egasining shaxsi va yashash joyi haqida 
ma'lumotlar bo„lishi lozim. 


5 kilogrammgacha og„irlikdagi dronlar uchun litsenziya olinishi kerak bo„ladi. 
Buning uchun maxsus aviamaktablar mavjud. Bu maktablar Federal fuqaro aviatsiya 
idorasi tomonidan tan olingan bo„lishi lozim (Luftfahrt Bundesamt). 
5 kilogrammdan yuqori dronlarga qo„shimcha «parvoz uchun ruxsatnoma» 
(Aufstiegserlaubnis) olinishi lozim. 
ROSSIYA 
Rossiya qonunchiligida dronlar amaliyoti bo„yicha asosiy manba 
Federatsiyaning Havo kodeksi hisoblanadi. Ushbu kodeksning 33-moddasiga ko„ra, 
250 grammdan 30 kilogrammgacha bo„lgan qurilmalar davlat registratsiyasidan 
o„tishi lozim. 2017 yil 5 iyuldan boshlab og„irligi 250 grammgacha bo„lgan 
qurilmalar Federal xavfsizlik xizmati va Federal havo transporti agentligidan 
(Rosaviatsiya) ro„yxatdan o„tishi lozim. Qurilma operatorlari Transport vazirligidan 
malaka litsenziyasini olishi lozim. Bizning tartib-qoidalar singari uchishdan oldin 
mutasaddi tashkilotdan ruxsat olishi va parvoz rejasi taqdim etilishi lozim. Hozircha 
rus huquqshunoslari bu tizim ustida ishlashmoqda. Bu masalada hali amaliyot mavjud 
emas. 

Yüklə 480,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə