O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi



Yüklə 293 Kb.
səhifə1/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
sarvinoz

O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI




ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI

O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH, TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO FAKULTETI


«O‘SIMLIKLARNI HIMOYA QILISH» KAFEDRASI


“UMUMIY FITOPATOLOGIYA VA MIKROBIOLOGIYA ”


fanidan







Mavzu: Plektomitsetlar tartib guruhiga kiruvchi zamburug‘larning xarakteristikasi va sistematikasi.
Bajardi: O‘simliklar himoya qilish ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 33-guruh talabasi Sobirova Farzona

Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana “ 20 y




Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana “ 20 y

Kurs ishi himoya qilingan sana “ 201 y




KOMISSIYA A’ZOLARI:

(imzo)

ANDIJON – 2022 y


MUNDARIJA






Kirish

3

.

Adabiyotlar sharxi

5

II.

Asosiy qisim

9

2.1.

Kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning tuzilishi va
xarakteristikalari

8

2.2.

Askomitsetlar sinfiga kiruvchi zamburug‘lar klassifikatsiyasi,
morfologiyasi va tarqalishi

11

2.3.

Plektomitsetlar tartib guruhiga kiruvchi zamburug‘larning
xarakteristikasi va sistematikasi.

18

2.4.


Plektomitsetlar tartib guruhiga kiruvchi zamburug‘lar
qo‘zg‘atuvchi kasalliklarga qarshi kurash choralari va uyg‘ulashgan himoya tizimi

24

III.

Eksperimental qismi

27

3.1.

Tadqiqotni maqsad va vazifasi

27

3.2.

Tadqiqot olib borish usullari (metod) va joylari

27

3.3.

Tadqiqot natijalari

28




Xulosa.

29




Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

31

KIRISH


Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida, kambag‘allikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini ko‘paytirishda eng tez natija beradigan omil bu – qishloq xo‘jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Bu jarayonda har gektar yerdan olinadigan daromadni hozirgi o‘rtacha 2 ming dollardan kamida 5 ming dollargacha yetkazish ustuvor vazifa qilib qo‘yildi va qishloq xo‘jaligiga eng ilg‘or texnologiyalar, suvni tejaydigan va biotexnologiyalarni, urug‘chilik, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etishimiz lozimligi belgilab berildi.
O‘simliklarni himoya qilishda maxsus chora-tadbirlarni zararli organizmlar sonini boshqarib va cheklab qo‘yadigan tabiiy kuch va omillarga bog‘lab qo‘llash yuqori samara beradi. Barcha hollarda o‘simliklarni himoya qilish chora-tadbirlari zararli organizmlarning biologiyasini puxta o‘rganish va ular sonining belgilangan iqtisodiy xavfli chegarasini hisobga olib amalga oshirish lozim.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oldida paxtachilikni va boshqa texnik ekinlar yetishtirishini yanada rivojlantirish, aholini o‘zimizda yetishtirilgan don, sabzavot, kartoshka, meva, uzum, sitrus va poliz ekinlari mahsulotlari bilan to‘la ta’minlash vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, bu sohada mustaqillik yillari davomida muayyan muvaffaqiyatlarga erishildi. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish va hosildorlikni keskin oshirish uchun imkoniyatlar mavjud. Buni amalga oshirish uchun o‘simlikshunoslikning zamonaviy intensiv texnologiyalarini qo‘llash, jumladan ekinlarni o‘suv davrida va yig‘ilgan hosilni omborxonalarda saqlash paytida zararli hasharotlar va kasalliklardan ishonchli himoya qilish lozim.
Kasallikning paydo bo‘lish xususiyatini tavsiflash uchun fitopatogen organizmning biologiyasi va morfologiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur bo‘ladi. Fitopatologik tadqiqotlar esa tabiiy biotsenozlarda kasalliklarning tarqalish xususiyatlari bilan tanishish imkonini beradi. Kasalliklarni chuqur o‘rganishda muhitning muayyan sharoitidagi kasallik qo‘zg‘atuvchi va o‘simlik o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir batafsil aniqlanadi.
Mikrobiologiya biologiyaning nisbatan yosh tarmog‘i bo‘lib, u kun sayin rivoj topmoqda. Bioximiya, molekular biologiya, biotexnologiya, agroximiya, fitopatologiya, veterinariya, tibbiyot, epidemiologiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat, dengiz, geologiya, genetika, kosmik biologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Mazkur fanlarning yutuqlari o‘z navbatida ikkinchi fanga, jumladan, mikrobiologining rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Mikroorganizmlar olami g‘oyat boy va turli - tuman. Eng keng tarqalgan prokariotlarga bakteriyalar, aktinomitsetlar, sianobakteriyalar (ko‘k-yashil suvo‘tlari) mansub bo‘lib, ular eng sodda va mayda organizmlardir. Ular boshqa tirik organizmlardan farqli bo‘lib, ular alohida olam - Rgosariotae olamiga kiritiladi.
Mikrobiologiyaning o‘rganish doirasiga ba’zi eukariotlar ham kiradi, masalan, mitsella hosil qiladigan mikroskopik zamburug‘lar (bir hujayrali va ko‘p hujayrali) kiradi. Ularning ko‘p qismini xaltali zamburug‘larga kiruvchi bir hujayrali achitqi zamburug‘lari tashkil qiladi. Ularni mikologiya chuqur va har tomonlama o‘rganadi.
Mishustinning fikricha, mikroskopik tuzilishga ega bo‘lgan sodda hayvonlar (protozoalar), suvo‘tlaridan yashil suvo‘tlari ba’zan mikrobiologiya kursida o‘rganiladi. Odatda, sodda hayvonlarni protozoologiya, mikroskopik suvo‘tlarini algologiya o‘rganadi.
Ayrim guruhni hujayrasiz, kimyoviy tuzilishi bilan boshqa mikroorganizmlardan tubdan farq qiladigan viruslar tashkil qiladi. Ular odam va hayvonlarda, o‘simliklarda, hasharotlarda, bakteriyalarda, aktinomitsetlarda, sianobakteriyalarda turli tuman kasalliklarni qo‘zg‘atadi. Ular tuzilishining o‘ziga xosligi va ahamiyatining kattaligi yangi va maxsus fan - virusologiyani paydo qildi.
Mikrobiologiya biologiyaning nisbatan yosh tarmog‘i bo‘lib, u kun sayin rivoj topmoqda. Bioximiya, molekulyar biologiya, biotexnologiya, agroximiya, fitopatologiya, veterinariya, tibbiyot, epidemiologiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat, dengiz, geologiya, genetika, kosmik biologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Mazkur fanlarning yutuqlari o‘z navbatida ikkinchi fanga, jumladan, mikrobiologining rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Mikroorganizmlar nihoyatda mayda bo‘lishidan qat’iy nazar, tabiatda va
jamiyatda muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 293 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə