O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi



Yüklə 293 Kb.
səhifə14/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
sarvinoz

Oila: Trixokomasea (Trichocomaceae). Oilaning eski nomlari – Eurotiaceae va Aspergillaceae. Bu oila turlari tabiatda eng keng tarqalgan zamburug‘lar qatoriga kiradi. Ularning asklari ustida xilma-xil qoplovchi tuzilmalari mavjud: soxta parenximatik kleystotesiylar, ichida kleystotesiylar mavjud bo‘lgan yoki bo‘lmagan stromalar yoxud ba’zi turlarda, Onygenales tartibinikiga o‘xshash gifalardan tashkil topgan to‘qimalar mavjud bo‘lishi mumkin. Teleomorfalaridan tashqari, bu tartib turlarining konidiyalari fialidalarda hosil bo‘ladigan, Aspergillus, Penicillium va Paecilomyces nomli anamorf bosqichlari mavjud. Ularning yana bitta, konidiyalari fialidalarda hosil bo‘lmaydigan turkumi (Monascus) bor.
Bu oila turlari haqiqatan ajoyib turlardir. Ularning ba’zilari sovutgichdagi mahsulotlar mog‘orlashi va chirishiga olib kelsa, boshqalari asrlar davomida tansiq oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarga xushbo‘y hid berish uchun qo‘llanilgan va qo‘llanilmoqda. Ayrim patogen turlari inson tanasini zararlaydi, don va mahsulotlarni qovurish uchun ishlatiladigan moylarni o‘zlarining mikotoksinlari bilan zaharlaydi, ularga filogenetik yaqin bo‘lgan boshqa turlar esa antibiotiklari
bilan insonlarning hayotini saqlashga imkon yaratadi. Bu guruh inson hayotida juda katta ahamiyatga ega bo‘lishi tufayli, uning turlari konidiya bosqichida ancha chuqur o‘rganilgan.
Dunyoda, ayniqsa Osiyo qit’asida har xil oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda Penicillium va Aspergillus turkumlari turlarining ahamiyati katta. Ba’zi drojjalar, bakteriyalar va ba’zan zigomitset zamburug‘lar bilan majmuada Aspergillus turkumi turlari miso va soya sousini hamda guruchdan sakè deb ataladigan yapon arag‘ini tayyorlashda qo‘llaniladi. Chiroyli qizil tusli pigmentlarni sintez qiluvchi Monascus turkumining bir necha turlari o‘tkir spirtli ichimliklar, tort va keks tayyorlashda ularga rang berish uchun xomashyo bo‘lgan guruchni fermentatsiyalashda ishlatiladi. Bu zamburug‘lar nafaqat (Shimoliy Amerikadagi kabi) oziq-ovqatga rang berish uchun tabiiy va xavfsiz bo‘yoq sifatida (ayniqsa sintetik rang beruvchilarga nisbatan) ishlatiladi, balki Xitoyda Min sulolasi mavjud bo‘lgan zamondan beri (ya’ni 3-6 asrdan buyon) ularning antiseptik xususiyatlaridan foydalanishadi. Ishlov berilgan qizil tusli guruch Xitoyda dizenteriya kasalligini davolovchi dori sifatida ishlatiladi. Bu zamburug‘ sekin o‘sishi va o‘sishi uchun talab qilinadigan sharoitlarni hisobga olsak, ko‘p yillar davomida uning sof kulturalarini saqlay olgan qadimgi mikrobiologlarga qoyil qolmasdan bo‘lmaydi.
Dunyoning g‘arbiy qismida Penicillium turkumi turlari qo‘llaniladigan asosiy soha – zamburug‘ tufayli rang oladigan ko‘k pishloqlar yetilishi sohasidir. Jumladan, rokfor pishloqlarini yetishtirishda ularga ajoyib hidni Penicillium roqueforti, kamamber pishloqlarini yetishtirishda esa P. camamberti turi beradi. Daniyaliklarning ko‘k va italiyaliklarning gorgonzola pishloqlari yetilishi uchun ham Penicillium turlari ishlatiladi. Bu jarayonda ko‘p boshqa drojjalar va bakteriyalar ham ishtirok etadi, ammo pishloqlar yetilishini va ularning o‘ziga xos ta’mi va hidini ushbu zamburug‘ turlari ta’minlaydi.
Penicillium zamburug‘i nomini butun dunyoga mashhur qilgan narsa – bu penitsillin antibiotigidir. Bu turkum turlari oddiy yashil va ko‘k tusli mog‘orlar bo‘lib, biz ularning sporalari bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini tez-tez uchratamiz. Ular ilmiy laboratoriyalarda ham har xil mikroorganizmlarning sof kulturalarini ko‘p ifloslantiradi; shunday bir holda 1928 yilda ingliz mikrobiologi Aleksandr Fleming o‘stirgan Staphylacoccus bakteriyasining sof kulturasi Penicillium zamburug‘i bilan ifloslangan bo‘lishi penitsillin antibiotigi kashf etilishiga sabab bo‘ldi. Keyinchalik Angliyaning Oksford universiteti xodimlari (Chain va Florey) tomonidan penitsillinni sanoat ko‘lamida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi va bu jaryon 1940 yilda 2-jahon urushi boshlanishi tufayli tezlashib ketdi. Penitsillinni Penicillium turkumining bir necha turlari sintez qilsa ham, P. chrysogenum turining tanlab olingan shtammlari eng samarali produsentlar ekanligi aniqlangan va ular antibiotikni keng ko‘lamda ishlab chiqarishda qo‘llanilgan.

    1. Yüklə 293 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə