O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi


Plektomitsetlar tartib guruhiga kiruvchi zamburug‘lar qo‘zg‘atuvchi kasalliklarga qarshi kurash choralari va uyg‘ulashgan himoya tizimi



Yüklə 293 Kb.
səhifə15/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
sarvinoz

Plektomitsetlar tartib guruhiga kiruvchi zamburug‘lar qo‘zg‘atuvchi kasalliklarga qarshi kurash choralari va uyg‘ulashgan himoya tizimi.


Seratosystis ulmi (Buism.) Mor. qayrag‘och daraxtida so‘lish kasalligida barglar yoki butun o‘simlikda uchraydi. Zamburug‘larning tanasi yoki ularning moddalari o‘simlikning o‘tkazish naychalarini bekilib qolishiga olib kelishi natijasida suv va boshqa oziqa moddalari o‘simliklarning yuqori qismlariga yetib bora olmaydi va o‘simlik hujayralarini zararlaydi. Natijada so‘lish kasalligi paydo bo‘ladi va o‘simlik nobud bo‘ladi.
Zamburug‘ shuningdek eman va zarang daraxti ko‘chatlarida so‘lish kasalligini qo‘zg‘atadi. Bundan tashqari, eman daraxtining so‘liyotgan shoxlarida parazitlik qiladi.
O‘rmon xo‘jaligini tiklash va rivojlantirish uchun yiliga ko‘p miqdorda sifatli ko‘chat yetishtirish talab etiladi. Ammo bunga erishishda har xil yuqumli va yuqumsiz kasalliklar muammo tug‘diradi. Ko‘chatzorlarda o‘sayotgan yosh ko‘chatlar, daraxtlari kesib olingan joylarda yoki uning nishablarida o‘sayotgan yosh daraxtlar noqulay ob-havo sharoitlariga va kasallik infeksiyalariga juda ta’sirchan bo‘ladi. Kichik miqdordagi shikastlanish ham ularni so‘lish yoki boshqa kasalliklar bilan kasallanishiga olib keladi. Ko‘chatzor nihollaridagi kasalliklar juda keng tarqalib, o‘rmon xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi. Ular daraxtlarning nobud bo‘lishiga, o‘sish jarayonining pasayishiga, ko‘chatlarning zararkunanda va yuqumsiz kasalliklarga chidamsiz bo‘lib qolishiga olib keladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilar ko‘chatlarning ilidizi, novdalari, tanasi, urug‘pallalari, barg va ignabarglarini zararlaydi.
Daraxtlar kesilgan maydonlarda kasalliklarning tarqalishini oldini olish uchun tegishli choralarni to‘g‘ri qo‘llash kerak (daraxtlarni to‘g‘ri kesish, o‘sayotgan yosh daraxtlarni qoldirish, kesilgan yog‘ochlarni o‘rmonzorlardan vaqtida olib chiqib ketish va boshqalar).

Urug‘larning mog‘orlashi


Donli ekinlar nam ob-xavo sharoitida yig‘ib olinganda donda mog‘or zamburug‘larining rivojlanishi kuzatiladi, bu esa urug‘ unuvchanligining pasayishi va xatto butunlay yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
Donning mog‘or zaburug‘lari bilan zararlanganligini nam-langan filtr qog‘ozida 18-200S xaroratda termostatda undirib ko‘rish yo‘li bilan aniqlash mumkin. Don undirishga qo‘yilgandan so‘ng yettinchi kundan boshlab taxlil o‘tkaziladi.
Mog‘or zamburug‘larining asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
Penicillium glaucum Fr. – yashil-ko‘kimtir g‘ubor xosil qiladi; konidiyabandlarining uchki qismi shoxlangan, ularda zanjir bo‘lib mayda, dumaloq,
rangsiz, 2-4 mkm diametrli sporalar joy-lashadi;

Yüklə 293 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə