O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi



Yüklə 293 Kb.
səhifə12/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
sarvinoz

Turkum: Artroderma (Arthroderma). Anamorf bosqichlari septalangan mitseliyga ega bo‘lgan Trixofiton va Mikrosporum (Trichophyton, Microsporum) turkumlariga mansub va ularning bo‘rtiqlari bo‘lgan Chrysosporium tipidagi makrokonidiyalari ham mavjud. Turlarining aksariyati geterotallik. Ular kleystotesiylarining tashqi peridiysining gifalarida suyak shaklli hujayralari hamda peridiydan o‘sib chiquvchi spiral shaklida buralgan gifa o‘smalari mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Bu turkumga ham saprotrof, ham patogen turlar kiradi. Turkum turlarini uch guruhga bo‘lishadi: 1) geofil turlar asosan tuproqda saprotrof sifatida yashaydi, ammo ba’zi turlari insonlarda kasallik qo‘zg‘atadi; 2) zoofil turlar insonlarga ko‘ra hayvonlarni ko‘proq zararlaydi; 3) antropofil turlar faqat insonlarni zararlaydi. Turkumning ayrim turlari dermatoz (tinea va ringworm – temiratki va shunga o‘xshash) kasalliklarni qo‘zg‘atadi. Ringworm kasalligi tananing har xil joylarida uchrashi mumkin: bosh terisida (tinea capitis), badanda (tinea corporis), soqolda (tinea barbae), barmoqlardagi (tinea unguinum) va oyoqlardagi tirnoqlarda (tinea pedis). Zamburug‘ tananing muayyan a’zosini zararlashga ixtisoslashmagan, ammo uning ko‘p turlari odatda faqat muayyan a’zolarni zararlaydi. Masalan, antropofil zamburug‘ Trichophyton rubrum insonlarning oyoq qismini ko‘p zararlaydi, ammo badanda yoki tananing boshqa qismlarida ham kasallik qo‘zg‘atishi mumkin. Boshqa tur – zoofil Microsporum canis – odatda insonlarning bosh qismi va badanlarini zararlaydi (kasallik insonlarga odatda uy hayvonlari – mushuklar va itlardan yuqadi).
Oila: Miksotrixasea (Myxotrichaceae). Bu oilaga uchta – Bissoaskus, Miksotrixum va Psevdogimnoaskus (Byssoascus, Myxotrichum, Pseudogymnoascus) turkumlari mansub. Oila ellips yoki urchuq shaklli, qobig‘i silliq yoki ustida uzunasiga joylashgan chiziqchalari bo‘lgan askosporalari mavjudligi hamda kleystotesiy peridiysining gifa o‘smalarining tuzilishi bilan xarakterlanadi. Anamorfalari artrosporalar hosil qiluvchi Malbranxiya va Oidiodendron (Malbranchia, Oidiodendron) turkumlariga mansub. Oila turlarining boshqa o‘ziga xos belgilari – sellyuloza parchalashi va sovuqsevarligi bo‘lib, ular tarkibida sellyuloza bo‘lgan substratlarda saprotroflardir. Bir turi – Pseudogymnoascus rosea – o‘simliklarning rizosferasida topilgan.

Yüklə 293 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə