O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi


Tur: Koksidioides immitis (



Yüklə 293 Kb.
səhifə11/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
sarvinoz

Tur: Koksidioides immitis (Coccidioides immitis). Bu turning jinsiy jarayoni va makrokonidiyalari yo‘q, ammo u artrokonidiyalar hosil qiladi. Ajellomyces turkumi turlari kabi bu zamburug‘ ham insonlarda chuqur mikoz (koksidiomikoz yoki «vodiy bezgaki» kasalligini) qo‘zg‘atadi. Bu tur Shimoliy va Janubiy Amerika uchun endemik hisoblanadi. AQSh da u Sonoran sahrosida (Arizona shtati), San Xoakin va Rio Grande vodiylarida (Kaliforniya shtati) uchraydi. Kasallik simptomlari grippnikiga o‘xshaydi va bemorlarning aksariyati sog‘ayib ketadi; ammo ulardan ba’zi, kasallikka moyilroq bo‘lganlarida kasallik kuchli rivojlanishi va infeksiya birlamchi boshlangan joyi (o‘pka) dan boshqa organlarga, jumladan miyaga va suyaklarga tarqalishi mumkin. Kasallikning bunday shakli immuniteti susaygan individlarda ko‘proq uchraydi.
Coccidioides immitis tabiatda tuproqda uchraydi va kasallik uchun endemik bo‘lgan mintaqalarda zamburug‘ bilan ko‘p sutemizuvchi organizmlar zararlanadi va ularning barchasi doimiy infeksiya manbaiga aylanadi. Inson organizmiga artrosporalar havo bilan tushadi. Shu sababdan koksidioz chang bo‘ronlari paytida, tuproq bilan ishlovchi individlarda (fermerlar, quruvchilar, arxeologlar va h.) va laboratoriyalarda zamburug‘ bilan ishlayotgan ilmiy xodimlarda uchrab turadi.
Oila: Artrodermatasea (Arthrodermataceae). Bu oila turlari ham keratin yemiruvchilar bo‘lib, Onygenaceae oilasi turlaridan askosporalarining qobiqlari silliqligi bilan farqlanadi. Undan tashqari bu oila turlari kleystotesiylarining devorchalari suyaksimon gifalardan yoki suyaksimon hujayralardan o‘sib chiqqan gifalardan tashkil topishi bilan ham xarakterlanadi. Suyaksimon hujayralarning shakli kichik suyaklarnikiga o‘xshash – har ikki uchlari kengaygan. Oilaga 2 ta – Arthroderma va Ctenomyces turkumlari kiradi. Ularning oralarida ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan dermatoz kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar ham mavjud.
Ctenomyces turkumi kleystotesiylarining tashqi peridiysida och-apelsin tusli, qalin qobiqli gifalarida taroq shaklli o‘smalari mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bu turkumga faqat bitta – tuproqda, go‘ngda va ayniqsa qushlarning parlarida saprotrof holda yashaydigan Ctenomyces serratus turi kiradi.

Yüklə 293 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə