O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi



Yüklə 293 Kb.
səhifə10/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
sarvinoz

Turkum: Adjellomitses (Ajellomyces). Ajellomyces dermatitidis va A. capsulatus turlari hayvonlarning muhim parazitlaridir va ular dimorfik bo‘lib, tana haroratida drojja shaklida, 37oS dan past haroratda mitseliy hosil qilib o‘sadi.
Tur: Adjellomitses dermatitidis (Ajellomyces dermatitidis). Bu zamburug‘ Shimoliy Amerika va Afrika qit’asi mamlakatlarining aksariyatida insonlarning blastomikoz kasalligini qo‘zg‘atadi (kasallik nomi zamburug‘ning drojja shaklida o‘sadigan anamorf bosqichi – Blastomitses dermatitidis - Blastomyces dermatitidis
– nomidan olingan).
Ajellomyces dermatitidis geterotallik tur bo‘lib, uning askokarplari ustidagi kulrang-qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish-qo‘ng‘ir, zich joylashgan va buralgan gifalari askokarp atrofiga radial nursimon shaklda o‘sib chiqadi. Asklari dumaloq yoki noto‘g‘ri dumaloq shaklli, ichida 8 ta subgialin, silliq qobiqli, dumaloq shaklli askosporalari mavjud. Zamburug‘ning ham drojja, ham mitseliy shakllari mavjud. Mitseliysida anamorfa bosqichi (Chrysosporium) ning silliq va qalin qobiqli, shar
shaklli makrokonidiyalari va mikrokonidiyalari hosil bo‘ladi.
Tur: Adjellomitses kapsulatus (Ajellomyces capsulatus). Bu turning drojja bosqichidagi nomi Histoplazma kapsulatum (Histoplasma capsulatum). U insonlarda gistoplazmoz kasalligini qo‘zg‘atadi. Kasallik ba’zi individlarda kuchsiz, boshqalarida kuchli rivojlanishi va o‘limga olib kelishi mumkin. Odatda bemorlarning o‘pkasi zararlanadi, ammo immuniteti pasaygan individlarda kasallik boshqa a’zolarga va suyakka o‘tishi mumkin. Zamburug‘ning drojja bosqichi qushlar (jumladan tovuqlar) va ko‘rshapalaklarning go‘ngi ko‘p bo‘lgan tuproqlarda ko‘p uchraydi. Inson organizmiga zamburug‘ havo bilan nafas yo‘llari orqali tushadi. Gistoplazmoz tovuqxona ishchilarida va/yoki g‘orlarda har xil faoliyat o‘tkazuvchi insonlarda ko‘p uchraydi.
Zamburug‘ rivojlanishining mitselial fazasida anamorf bosqichi (Chrysosporium) qobig‘ida xarakterli bo‘rtiqlari bo‘lgan makrokonidiyalarini hosil qiladi. Askokarplari Ajellomyces dermatitidis turinikiga o‘xshash.

Yüklə 293 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə