O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi



Yüklə 293 Kb.
səhifə13/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
sarvinoz

Oila: Gimnoaskasea (Gymnoascaceae). Bu oilaga turlarining filogenezi bir xil bo‘lmagan uchta – Gimnoaskus, Gimnasella va Araxniotis (Gymnoascus, Gymnascella, Arachniotis) turkumlari kiradi. Ko‘p turlarining anamorf bosqichi
topilmagan, ba’zi anamorfalari artrokonidiyalar hosil qiladi. Barcha turlarining gifal kleystotesiylari mavjud. Ayrim turlarining askosporalari yassi, ichki qismi o‘yiq shar shaklli. Turlarining aksariyati tuproqda, yirtqich hayvonlar go‘ngida va reptiliyalarning ekskrementlarida saprotroflardir.
Tartib: Eurotsiales (Eurotiales). Bu tartib turlarining kleystotesiy devorchasi tuzilishi bo‘yicha Onygenales tartibi turlari bilan ko‘p o‘xshash belgilari mavjud. Tartibning xarakterli belgilari quyidagilardir: 1) asklari gifalarda erkin holda yoki askokarp ichida o‘troq yoki oyoqchali; gifalari katakchalar yoki qattiq devorcha hosil qiluvchi; 2) jinsiy qo‘shilishda odatda trixogina va differensiyalashmagan gifa ishtirok etadi; 3) asklari sfera-tuxum shaklli, yemiriluvchan (eruvchan); 4) askosporalari bir hujayrali, yassi, ichki qismi o‘yiq sfera, shar shaklli, qobiqlari silliq yoki to‘rsimon, tikanchali yoki ular ustida qalinlashgan doiralari mavjud; ba’zan o‘smalari bor; 5) quruq, odatda fialidik konidiyalari konidioforalardan shizolitik usulda ajraladi; 6) har xil, ko‘pincha tarkibida kraxmal, moy yoki sellyuloza bo‘lgan substratlarda ko‘p uchraydi.
Tartibning ba’zi turlari yalang‘och asklarini mitseliyda hosil qiladi, boshqalarining askogon sistemasi va ularni o‘rovchi gifa to‘qimalari mavjud. Ko‘p turlarning peridiylari soxta parenximadan tashkil topgan bo‘lib, u ba’zan (masalan, Monascus turkumida) mikroskopik (1 yoki 2 hujayra qatlami), boshqalari (masalan, Cephalotheca turkumi) da ko‘p qatlamli sferalar shaklida bo‘lishi mumkin. Bu tartib Onygenales va Ascosphaeriales tartiblaridan, konidiyalari mavjud bo‘lganida, ular konidioforalardan reksolitik usulda emas, balki shizolitik usulda ajralishi bilan farqlanadi. Ushbu tartibga ikkita – Trichocomaceae va Pseudeurotiaceae – oilalari mansub.

Yüklə 293 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə