O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi



Yüklə 293 Kb.
səhifə18/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
sarvinoz

Tadqiqot natijalari.


Olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Askomitsetlar sinfiga kiruvchi zamburug‘lar sababli o‘simliklarda kelib chiqadigan yuqumli kasalliklar taʼsirida qishloq xo‘jalik ekinlariga katta zarar etishi mumkin. Shu sababli ushbu tadqiqot oʻtkazildi va natijada yuqoridagi kasalliklarga qarshi kurashning samarali usullari haqida kerakli xulosalarga ega bo‘ldik. Natijalar shuni koʻrsatadiki, Askomitsetlar sinfiga kiruvchi zamburug‘lar ta’siri xarakteriga qarab, o‘simlikning u yoki bu organi yoki butun o‘simlik shikastlanadi, hosildorligi pasayadi, ba’zan o‘simliklar nobud bo‘ladi.

III. XULOSA


O‘simliklarni kasalliklardan ishonchli himoya qilmasdan qishloq xo‘jalmk sohasi samarali bo‘lishini va yuqori hosil olishni ta’minlash mumkin emas. O‘simliklarni himoya qilishda profilaktik, yoki fitosanitar (kasalliklarning oldini olishga qaratilgan) va terapevtik (davolovchi) chora-tadbirlar qo‘llanadi. Fitosanitar tadbirlar o‘simliklarni himoya qilishning negizidir. Ularga selektsion-urug‘chilik va agrotexnik usullar, davolovchilarga esa fizik-mexanik, biologik va kimyoviy tadbirlar kiradi. Karantin alohida fan sifatida ajratiladi.
SHunday qilib, UHS, muayyan ekologik-geografik mintaqada muayyan ekin turini zararlaydigan kasalliklar (hamda begona o‘tlar va zararli hasharotlar) kompleksiga qarshi ishlatiladigan biologik, kimyoviy, fizik va boshqa usullarning eng maqbul yig‘indisidir. UHS ni qo‘llashdan maqsad – tabiatdagi foydali organizmlar sonini saqlagan holda, zararli organizmlar miqdorini iqtisodiy zarar yetkaza olmaydigan darajagacha kamaytirishdir.
UHS ning amaliyotdagi yutuqlari qishloq xo‘jalik ekinlari himoyasida agrotexnik va oldini oluvchi, birinchi navbatda kasalliklarga chidamli navlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lib, bu o‘tkaziladigan kimyoviy ishlovlar sonini kamaytirishga yoki ularni butunlay qo‘llamaslikka imkon yaratadi. CHidamli navlarni keng qo‘llash nafaqat kasalliklar tufayli hosil yo‘qotilishini kamaytiradi, balki agrobiotsenozlardagi ekologik sharoitni tubdan yaxshilaydi, atrof-muhit va qishloq xo‘jalik ekinlari mahsulotlari pestitsidlar qoldiqlari bilan ifloslanishini kamaytiradi. Almashlab ekish, ekish muddatlari, tuproqqa to‘g‘ri ishlov berish va o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llashga rioya qilish, kimyoviy usulni keng qo‘llamasdan ekinlarni kasalliklardan himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
Zararli organizmlar bilan faol kurashish usullari (biologik, kimyoviy, fizik va boshqa tadbirlar) UHS da zararli organizmlar rivojlanishining va hosil yo‘qotilishining ob’ektiv bashorati – iqtisodiy zararlilik mezonini aniqlash – asosida qo‘llaniladi.
Kasalliklarga qarshi qo‘llaniladigan tadbirlar tizimida yangi chidamli navlarni chiqarish va tadbiq etish, shuningdek almashlab ekishni to‘g‘ri tashkil etishga aloxida axamiyat beriladi. Urug‘lar sog‘lom maydonlardan yig‘iladi, kalibrlanadi va preparatlarning biri bilan dorilanadi. Urug‘larni namlab dorilash xam (10 kg suspenziya: 8 l suv + preparat) yaxshi natija beradi. Dorilash pirikulyarioz, ildiz chirishi, gelmintosporioz, bakterioz va boshqa kasalliklarga qarshi samaralidir. Ishlov berilgandan so‘ng urug‘lar brezent ostida 24 soat dimlanadi va yengil quritib olinadi.
Maysalarning qiyg‘os unib chiqishi va ularda ildiz chirish kasalliklari va kasallik tashuvchi zararkunandalarning rivoj-lanishini bartaraf etish maqsadida ekish
oldidan pollarni rejalash o‘tkaziladi. Rejalab bo‘lingan yerlarga respublikamiz qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan tegishlicha gerbitsidlarning birortasi bilan ishlov beriladi (6-12 l/ga). Ushbu tadbir begona o‘tlar – ko‘pgina patogenlarning rezer-vatorlarini yo‘qotishga qaratilgandir. Gerbitsid sepilgach yer boronalanadi.
Ekinlarni o‘z vaqtida ekish juda xam muximdir.
Har qanday o‘simliklar tuproqning agrokimyoviy ko‘rsatkichlariga ko‘ra o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash o‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini oshiradi.
Kasallik tashuvchilari – xasharotlar va patogen rezervator-lari – begona o‘tlarga qarshi tizimli kurashish xam juda muxim-dir. Ang‘iz qoldiqlarini yo‘qotish, yerni kuzda chuqur shudgorlash, urug‘larga o‘z vaqtida ishlov berish va ularni to‘g‘ri saqlash, shuningdek ekinlarda patogenlik belgilarini muntazam tekshi-rib turish ekinlarni yetishtirishdagi zaruriy tadbirlar xisoblanadi.
Urug‘lar juda chuqur (12 sm va undan ortiq) ekib yuborilganda xam ularning mog‘orlash extimoli kuchayadi. Tuproq aeratsiyasi-ning yomonlashishi mog‘orlarning rivojlanishini kuchaytiradi.
O‘rmon xo‘jaligini tiklash va rivojlantirish uchun yiliga ko‘p miqdorda sifatli ko‘chat yetishtirish talab etiladi. Ammo bunga erishishda har xil yuqumli va yuqumsiz kasalliklar muammo tug‘diradi. Ko‘chatzorlarda o‘sayotgan yosh ko‘chatlar, daraxtlari kesib olingan joylarda yoki uning nishablarida o‘sayotgan yosh daraxtlar noqulay ob-havo sharoitlariga va kasallik infeksiyalariga juda ta’sirchan bo‘ladi. Kichik miqdordagi shikastlanish ham ularni so‘lish yoki boshqa kasalliklar bilan kasallanishiga olib keladi. Ko‘chatzor nihollaridagi kasalliklar juda keng tarqalib, o‘rmon xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi. Ular daraxtlarning nobud bo‘lishiga, o‘sish jarayonining pasayishiga, ko‘chatlarning zararkunanda va yuqumsiz kasalliklarga chidamsiz bo‘lib qolishiga olib keladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilar ko‘chatlarning ilidizi, novdalari, tanasi, urug‘pallalari, barg va ignabarglarini zararlaydi.

Yüklə 293 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə