O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi



Yüklə 293 Kb.
səhifə17/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
sarvinoz

Eksperimental qismi


    1. Tadqiqotni maqsad va vazifasi

Bizning tajribalarimiz Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti O‘simliklarni himoya qilish, tuproqshunoslik va agrokimyo fakulteti
«O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasiga qarashli 109-auditoriyada olib borildi.
Tajribaning maqsadi: Tajribani o‘tkazishdan maqsad Plektomitsetlar tartib guruhiga kiruvchi zamburug‘larning xarakteristikasi va sistematikasini o‘rganish, zamburug‘lar ta’sirida o‘simliklarda kelib chiqadigan yuqumli kasalliklar belgilarini o‘rganish hamda ushbu kasalliklarga qarshi kurash choralarini aniqlashdan iborat.
Tajribaning vazifasi quyidagilardan iborat:

  • Askomitsetlar sinfiga kiruvchi zamburug‘lar xarakteristikasi va sistematikasini o‘rganish;

  • Zamburug‘lar ta’sirida o‘simliklarda kelib chiqadigan yuqumli kasalliklarini tarqalishi, rivojlanishi va zararini monitoring qilish;

  • Plektomitsetlar tartib guruhiga kiruvchi zamburug‘lar sababli o‘simliklarda kelib chiqadigan yuqumli kasalliklar belgilarini, bioekologik xususiyatlarini o‘rganish;

  • Askomitsetlar sinfiga kiruvchi zamburug‘lar sababli o‘simliklarda kelib chiqadigan yuqumli kasalliklarga qarshi kurash choralarini aniqlash.
    1. Tadqiqot olib borish usullari va joylari


Tadqiqot uslublari. Tadqiqotlar mikologiya va qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasida umumqabul qilingan usullar asosida bajarilib, kasalliklar bilan zararlanish va kasallikning rivojlanishi I.I.Minkevich, Sokhi S.S, Meya A.I, Mabbett
T.H va A.Ye.Chumakov; kasalliklarga qarshi fungitsidlarni qo‘llash, biologik va iqtisodiy samaradorliklarini aniqlashda Sh.T.Xo‘jaev uslubiy qo‘llanmalaridan foydalanib, ma’lumotlar B.A.Dospexov uslubi bo‘yicha dispersion tahlil qilinadi.
Bizning tajribalarimiz Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti O‘simliklarni himoya qilish, tuproqshunoslik va agrokimyo fakulteti
«O‘simliklarni himoya qilish» kafedrasiga qarashli 109-auditoriyada olib borildi. Tajriba davomida laboratoriya sharoitida tuproqdagi, o‘simliklardagi Oomitsetlar sinfiga kiruvchi zamburug‘lar sababli o‘simliklarda kelib chiqadigan yuqumli kasalliklargni qaysi muddatda va o‘simliklarning qancha qismiga zarar keltirishini o‘rganishga aniqlik kiritdik.
O‘simliklarda kasallik keltirib chiqaradigan zamburug‘larni ajratib olishda, ularning turlarini aniqlashda, tuzilishi va taraqqiyotini o‘rganishda MBI-3, MBI- 6,MBI-15 mikroskoplaridan foydalanildi.
O‘rganilayotgan zamburug‘lardan vaqtincha yoki doimiy preparatlar tayyorlanib, mikrofotografiyasini olishda mikroskopda oddiy rasmga tushirish
usulidan, ayrim preparatlardagi tasvirlar chizig‘i yaxshi sezilmagan taqdirda RA-4 rusumdagi rasm chizish apparatidan foydalanildi. Rasm chizish apparatida zamburug‘larning katta, kichik konidiyalari, ularning mitseliysining shakli, egiluvchanligi, uchki hujayra va oyoqchasining hosil bo‘lishi aniq chizishda x 3 okulyar, x 10 ob’ektiv, kichik konidiyalarni chizishda x 10 yoki 15 okulyar, x 20 yoki 40 lik ob’ektivdan foydalanildi.
Vaqtinchalik preparatlar buyum oynasiga tomizilgan suv tomchisiga aralashtirilgan zamburug‘ konidiyalarini qoplag‘ich oyna bilan yopib tayyorlandi.
Doimiy preparatlar tayyorlash uchun glitserinli-jelotina aralashmasida tayyorlanadi. Buning uchun 17 g jelotina 100 ml suvda eritilib, bir necha soat tindirib qo‘yiladi. Shundan keyin eritmani alangada sekin qizdirib, 117 g glitserin va 0,1 g fenol aralashtiriladi. Aralshmani rangsizlantirish uchun bitta tuxum oqiga sovugan aralashmaning bir qismi tayoqcha bilan aralashtirib gletserinli-jelatinaning qolgan issiq qismi ham aralashtiriladi va qaynaguncha qizdiriladi. Qizdirilganda tuxum oqi quyiqlashib qota boshlaydi va eritma ichidagi loyqalarni shimib oladi. Eritmani voronkaga qo‘yilgan paxtali filter vositasida filterlangandan keyin, kolbachalarga quyilib idish og‘zi yaxshilab beki tiladi. Tayyorlangan aralashma foydalanishdan oldin suvli banyada qizirilib, preparat tayyorlashda foydalani ladi. Preparatning uzoq muddat saqlanishini ta’minlash uchun qoplag‘ich oyna qirralari lak yoki BF 2 kleyi bilan moylab qo‘yiladi.
Ba’zan qotib qolgan glitserinli- jelotinadan foydalanishda uning kichik bo‘lagi buyum oynasiga qo‘yi lib, spirtovka alangagasida qizdirib preparat tayyorlash da foydalanilishi mumkin.
Tayyor bo‘lgan preparatning yuzasiga plavmaster bilan ob’ektning nomi, tayyorlangan vaqti va kim tamonidan tayyorlanganligi yoziladi.
O‘rganilayotgan turlar konidiyasining kattaligini o‘lchashda okulyar mikrometr va ob’ektiv mikrometrdan foydalanildi. Zamburug‘ konidiyalarini bir marta o‘lchash uning haqiqiy o‘lchami to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bermaganligidan, bir nechta o‘lchash ishlari olib borilib, uning o‘rtacha o‘lchami varitsion statistika metodi asosida hisoblab chiqildi.

    1. Yüklə 293 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə