O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi



Yüklə 293 Kb.
səhifə16/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
sarvinoz

Kulrang-yashil mog‘or. U eng ko‘p uchraydigan mog‘orlash turi bo‘lib, asosan Penicillium Link va Aspergillus Micheli, qisman Botrytis Micheli, Mucor Micheli va boshqa turkum zamburug‘lari tomonidan qo‘zg‘atiladi. Mazkur zamburug‘larning aksariyat qismi 80S xaro-ratda rivojlanadi. Penicillium esa xatto 2-50S da xam rivoj-lanib, so‘ta va dondagi boshqa turlarni siqib chiqaradi.
Yashil-sariq mog‘or urug‘ning Penicillium Link va Aspergillus Mi-cheli et Fr. turkumiga mansub takomillashmagan zamburug‘lar bilan zararlanganligidan dalolat beradi. Penicillium zamburug‘ining mitseliysi yashil yoki sarg‘ish, konidiyabandlari oddiy yoki cho‘tka-simon shoxlangan, uchida zanjir ko‘rinishidagi konidiyali sterig-ma dastasi mavjud. Konidiyalari tuxumsimon yoki dumaloq, yashil yoki rangsiz, qobig‘i silliq yoki so‘galli, o‘lchami 3,5-8x2-6 mkm.
Aspergillus zamburug‘ining mitseliysi sarg‘ish, konidiyaband-lari oddiy, ba’zan shoxlangan, uchi sharsimon yoki noksimon. Konidiyalari sharsimon yoki tuxumsimon, qobig‘i silliq yoki mayda tikanli, och qo‘ng‘ir, sterigmada radial joylashadi, o‘lchami 2,5-8x2-5 mkm (20-rasm). Mog‘orlagan sholini faqatgina yorma uchun emas, xatto uni chorva oziqasiga xam qo‘shib bo‘lmaydi, u zaxarlanishni keltirib chiqaradi.








  1. rasm. Sholi urug‘ida mog‘orlashni qo‘zg‘atuvchilarning konidiya va konidiyabandlari: 1-pushti mog‘orniki; 2-kulrang mog‘orniki; 3-yashil-sariq

mog‘orniki (a-Penicillium, b-Aspergillus).


Plektomitsetlar tartib guruhiga kiruvchi zamburug‘lar qo‘zg‘atuvchi kasalliklarga qarshi kurash choralari. Kasalliklarga qarshi qo‘llaniladigan tadbirlar tizimida yangi chidamli navlarni chiqarish va tadbiq etish, shuningdek almashlab ekishni to‘g‘ri tashkil etishga aloxida axamiyat beriladi. Urug‘lar sog‘lom maydonlardan yig‘iladi, kalibrlanadi va preparatlarning biri bilan dorilanadi.
Urug‘larni namlab dorilash xam (10 kg suspenziya: 8 l suv + preparat) yaxshi natija beradi. Dorilash pirikulyarioz, ildiz chirishi, gelmintosporioz, bakterioz va boshqa kasalliklarga qarshi samaralidir. Ishlov berilgandan so‘ng urug‘lar brezent ostida 24 soat dimlanadi va yengil quritib olinadi.
Maysalarning qiyg‘os unib chiqishi va ularda ildiz chirish kasalliklari va kasallik tashuvchi zararkunandalarning rivoj-lanishini bartaraf etish maqsadida ekish oldidan pollarni rejalash o‘tkaziladi. Rejalab bo‘lingan yerlarga respublikamiz qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan tegishlicha gerbitsidlarning birortasi bilan ishlov beriladi (6-12 l/ga). Ushbu tadbir begona o‘tlar – ko‘pgina patogenlarning rezer-vatorlarini yo‘qotishga qaratilgandir. Gerbitsid sepilgach yer boronalanadi.
Ekinlarni o‘z vaqtida ekish juda xam muximdir.
Har qanday o‘simliklar tuproqning agrokimyoviy ko‘rsatkichlariga ko‘ra o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llash o‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini oshiradi.
Kasallik tashuvchilari – xasharotlar va patogen rezervator-lari – begona o‘tlarga qarshi tizimli kurashish xam juda muxim-dir. Ang‘iz qoldiqlarini yo‘qotish, yerni kuzda chuqur shudgorlash, urug‘larga o‘z vaqtida ishlov berish va ularni to‘g‘ri saqlash, shuningdek ekinlarda patogenlik belgilarini muntazam tekshi-rib turish ekinlarni yetishtirishdagi zaruriy tadbirlar xisoblanadi.
Urug‘lar juda chuqur (12 sm va undan ortiq) ekib yuborilganda xam ularning mog‘orlash extimoli kuchayadi. Tuproq aeratsiyasi-ning yomonlashishi mog‘orlarning rivojlanishini kuchaytiradi.

    1. Yüklə 293 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə