O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi



Yüklə 293 Kb.
səhifə2/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
sarvinoz

Ⅰ. Adabiyotlar sharxi


Mikrobiologiya ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan mayda tirik mavjudodning shaklini, katta-kichikligini, o‘sishini hayot kechirish jarayonlarini turli xil usullar yordamida o‘rganadigan fandir. (Micros - kichik, bios – hayot, logia – fan). Mikroorganizmlarda yuqori va tuban organizmlarning hayotida muhim rol o‘ynovchi biologik faol moddalarning (antibiotiklar, vitaminlar, garmonlar, aminokislotalar, fermentlar va boshqalar) aniqlanishi tuproq mikrobiologiyasidagi katta yutuq hisoblanadi. Mikroblar tomonidan ushbu moddalarning sintezi to‘g‘risidagi ta’limot mikrobiologiyaning alohida bo‘limini tashkil etadi.
Mayda ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan organizmlarga –zamburug‘lar, bakteriyalar, mikoplazmalar va viruslar kiradi. Bular o‘simliklarda kasalliklarni keltirib chiqaradi, o‘simlik kasalliklarini o‘rgatuvchi fan fitopatologiya deb nomlanadi. (Phyton – o‘simlik, pathos – kasallik, logia – fan). [6,11].
Kasallikning paydo bo‘lish xususiyatini tavsiflash uchun fitopatogen organizmning biologiyasi va morfologiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur bo‘ladi. Fitopatologik tadqiqotlar esa tabiiy biotsenozlarda kasalliklarning tarqalish xususiyatlari bilan tanishish imkonini beradi. Kasalliklarni chuqur o‘rganishda muhitning muayyan sharoitidagi kasallik qo‘zg‘atuvchi va o‘simlik o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir batafsil aniqlanadi.
Mikrobiologiya juda mayda oddiy ko‘z bilan ko‘rinmaydigan faqat optik asboblar yordamida yoki elektron mikroskoplar vositasida ko‘rinadigan mikroorganizmlarning morfologiyasi, sitologiyasi, sistematikasi, fiziologiyasi va boshqa xususiyatlarini o‘rganadigan fandir.
Yorug‘lik mikroskopining kattalashtirishi 3000 martagacha bo‘ladi. U 0,1 - 0,2 mkm bo‘lgan zarralarni ko‘rish imkoniyatini beradi (1mkm(mikrometr) = 10-
3mm).
Zamonaviy elektron mikroskoplarning ko‘rsatish qobiliyati 0,15 nm (1nm (nanometr) = 10-3mkm = 10-6mm) gacha bo‘lib, bunday elektron mikroskoplar ko‘rilayotgan namunalar (bakteriyalar, viruslar) va ularning tashkil qiluvchi nozik qismlarini ham ko‘rish imkoniyatini beradi. Bunday mikroskoplar o‘rganiladigan ob’ektni 750000 martagacha kattalashtiradi. Odatda mikroorganizmlarni optik mikroskopda 1000 - 1500, elektron mikroskopda esa 30000 - 100000 marta kattalashtirib ko‘riladi (Mishustin, Yemsev, 1987). Elektron mikroskop yordamida bakteriya hujayrasining nozik strukturalari – xivchinlar, fimbriylar, pililar, hujayra devori, sitoplazmatik membrana, sitoplazmada joylashgan ribosoma, nukleoid, har xil zahira moddalarning shakllari haqida to‘liq axborot olishga erishiladi.
Mikrobiologiya - grekcha so‘z bo‘lib, mikros - mayda, bios - hayot va logos - fan demakdir. Mikrobiologiya mikroorganizmlar - mikroskopik zamburug‘lar, suvo‘tlari, bakteriyalar, rikketsiyalar, mikoplazma, virus, viroid va prionlarning
morfologiyasi, fiziologiyasi, bioximiyasi, genetikasi, ekologiyasi va sistematikasini o‘rganadigan fan. [14,20].
Shuningdek, mikrobiologiya mikroorganizmlarning inson, hayvon va o‘simliklar hayotidagi ahamiyatini, tabiatda moddalarning aylanishi, turli yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atishi, tarqalishi haqida ham ma’lumot beradi.
Mikroorganizmlar olami g‘oyat boy va turli - tuman. Eng keng tarqalgan prokariotlarga bakteriyalar, aktinomitsetlar, sianobakteriyalar (ko‘k-yashil suvo‘tlari) mansub bo‘lib, ular eng sodda va mayda organizmlardir. Ular boshqa tirik organizmlardan farqli bo‘lib, ular alohida olam - Rgosariotae olamiga kiritiladi.
Mikrobiologiyaning o‘rganish doirasiga ba’zi eukariotlar ham kiradi, masalan, mitsella hosil qiladigan mikroskopik zamburug‘lar (bir hujayrali va ko‘p hujayrali) kiradi. Ularning ko‘p qismini xaltali zamburug‘larga kiruvchi bir hujayrali achitqi zamburug‘lari tashkil qiladi. Ularni mikologiya chuqur va har tomonlama o‘rganadi.
Mishustinning fikricha, mikroskopik tuzilishga ega bo‘lgan sodda hayvonlar (protozoalar), suvo‘tlaridan yashil suvo‘tlari ba’zan mikrobiologiya kursida o‘rganiladi. Odatda, sodda hayvonlarni protozoologiya, mikroskopik suvo‘tlarini algologiya o‘rganadi. [15].
Ayrim guruhni hujayrasiz, kimyoviy tuzilishi bilan boshqa mikroorganizmlardan tubdan farq qiladigan viruslar tashkil qiladi. Ular odam va hayvonlarda, o‘simliklarda, hasharotlarda, bakteriyalarda, aktinomitsetlarda, sianobakteriyalarda turli tuman kasalliklarni qo‘zg‘atadi. Ular tuzilishining o‘ziga xosligi va ahamiyatining kattaligi yangi va maxsus fan - virusologiyani paydo qildi.
Mikrobiologiya biologiyaning nisbatan yosh tarmog‘i bo‘lib, u kun sayin rivoj topmoqda. Bioximiya, molekular biologiya, biotexnologiya, agroximiya, fitopatologiya, veterinariya, tibbiyot, epidemiologiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat, dengiz, geologiya, genetika, kosmik biologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Mazkur fanlarning yutuqlari o‘z navbatida ikkinchi fanga, jumladan, mikrobiologining rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. [16,21].
Umumiy fitopatologiya kasalliklar paydo bo‘lishining sabablarini, kasalliklar rivojlanishining xususiyatlarini, qo‘zg‘atuvchilarni va himoya metodlarini o‘rganadi. Mikroorganizmlar nihoyatda mayda bo‘lishidan qat’iy nazar, tabiatda va jamiyatda muhim ahamiyatga ega. [9,13].
Fitopatologiya rivojlanishida A. de Bari zang zamburug‘lar biologiyasini tadqiq qilish bo‘yicha o‘tkazgan tajribalari ham muhim rol o‘ynadi. Yana o‘simliklarni sun’iy zararlash metodini qo‘llab, olim Tyulyanning zang zamburug‘lari ikki guruhga bo‘linishi haqidagi nazariyasi noto‘g‘ri ekanligini, haqiqatda esa esio-, uredinio- va teliosporalash bosqichlari ayni bir tur zamburug‘ga
mansubligini isbotladi. A. de Bari o‘simlik dunyosida har xil xo‘jayinlilik hodisasi mavjudligini, poya zangi kasalligi qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ning ayrim rivojlanish bosqichlari boshoqli o‘simliklarda, boshqalari esa zirkda o‘tishini isbotladi.
Fitopatologiyada amaliy yo‘nalish XIX asrning boshlarida rivojla boshladi. Birinchi marta kasallik qo‘zg‘atuvchisining zararini samarali kamaytirishga 1802 yilda ingliz qiroli Georg III ning bog‘boni Uilyam Forsayt erishdi; u mevali bog‘ni un-shudringdan himoyalash uchun oltingugurt-ohak qaynatmasini qo‘llagan. Misning zamburug‘larga ta’sirini baholashda eng katta xizmat, 1885 yilda tokning soxta un-shudring kasalligiga qarshi Bordo suyuqligini kashf etgan va ishlatgan fransuz olimi A. Millyardega tegishli. Bundan keyin Bordo suyuqligining samarasi tezda ekinlarni boshqa kasalliklardan himoyalashda tasdiqlandi. Ushbu preparatni o‘simliklarning zamburug‘ kasalliklariga qarshi qo‘llanishidan o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish davri boshlandi. Asta-sekin himoya vositalarining arsenali kengaydi va u mis birikmalari, ko‘p organik fungitsidlar va boshqa moddalarni o‘z ichiga oldi. [5,11].
Shu bilan birga olimlar o‘simliklar himoyasi muammosini yechishda faqat kimyoviy vositalarni qo‘llash bilan chegaralanmadi. Madaniy ekinlarning har xil tur va navlarining kasallik qo‘zg‘atuvchilariga sezuvchanligi bir xil emasligi dehqonlarga ilgaridan ma’lum edi. O‘simliklarning bu xususiyatini seleksionerlar kasalliklarga chidamli navlar yaratish uchun qo‘lladilar va hozirgacha yangi duragaylar yaratishda qo‘llamoqdalar.
XVII asr o‘rtalarida Robert Guk va Marchello Malpigi birinchi bo‘lib atirgulda zang qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ning kattalashtirilgan tasvirini ko‘rishdi. Ammo ular zamburug‘ni mustaqil organizm deb qabul qilmadi, balki o‘simlik hayot kechirishida paydo bo‘lgan mahsulot, deb o‘ylashdi. Zamburug‘lar tabiati olimlar uchun noma’lumligicha qolaverdi.
Fransuz botanigi M. Tillet 1775 yilda bug‘doyning qorakuya kasalligi urug‘larning qorakuya changi bilan zararlanishining natijasi ekanligi, ushbu chang esa “yuqumli zahar”ni bug‘doyga yuqtiradigan faol agentligi haqida xabar qildi.
Boshqa franzuz botanigi – Benedikt Prevo – 1807 yilda qorakuya rivojlanishining sababi parazit zamburug‘ ekanligini tadqiqotlarda isbotladi. U bug‘doy urug‘ini mis sulfat va mis karbonat bilan dorilab, ular qorakuyaga qarshi samara berishini aniqladi va aslida bug‘doyni qattiq qorakuyadan himoya qilish masalasini hal qildi.
Vaqt o‘tishi bilan kasallik qo‘zg‘atuvchilarini faqat bir tomonlama o‘rganish o‘rniga kasal o‘simlikni kasallik qo‘zg‘atuvchisi va atrof-muhit sharoitlari bilan bog‘liq holda tadqiq qilishga o‘tildi. Asta-sekin kasalliklarni o‘simlik – parazit – muhit oralaridagi murakkab munosabatlar natijasida yuz beradigan hodisa sifatida qabul qilish ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda asosiy usulga aylandi. Xulosa qilib aytish mumkinki, mikrobiologiya va fitopatologiya fanlari bir-
biri bilan chambarchas bog‘liqdir. [17,21,22].

Yüklə 293 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə