O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi


Plektomitsetlar tartib guruhiga kiruvchi zamburug‘larning xarakteristikasi va sistematikasi



Yüklə 293 Kb.
səhifə8/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
sarvinoz

Plektomitsetlar tartib guruhiga kiruvchi zamburug‘larning xarakteristikasi va sistematikasi.


Plektomitsetlarni boshqa gifali askomitsetlardan ajratib turuvchi belgilari quyidagilardir:

  1. asklari odatda yupqa qobiqli;

  2. asklari askokarp ichida tartibsiz ravishda joylashadi va gimenial qatlam hosil qilmaydi; ular har xil darajada shoxlangan askogen gifalarda hosil bo‘ladi;

  3. askosporalari bir hujayrali;

  4. askokarp mavjud bo‘lgan turlarida u odatda yopiq meva tanachasi (kleystotesiy);

  5. kleystotesiylarning peridiysi tuzilishi har xil – asklar ustida o‘rgimchak iniga o‘xshash tarqoq gifalar qatlami; gifalardan tashkil topgan, to‘rsimon kataklar; soxta perenxima yoki stroma tuzilishiga ega bo‘lishi mumkin;

  6. muayyan oilalariga xos bo‘lgan anamorfalari va konidiya shakllari mavjud.

Plektomitsetlar guruhiga uchta – Ascosphaerales, Onygenales va Eurotiales
tartiblari kiradi.
Tartib: Askosferales (Ascosphaerales). Oilalarga bo‘linmagan. Tarkibiga 3 ta – Ascosphaera, Eremascus va Bettsia turkumlari kiradi.
Turkum: Askosfera (Ascosphaera). Turlari asalarilar to‘plagan gul changi va nektarda saprotrof sifatida oziqlanadi, ammo bir turi – Ascosphaera apis – asalari lichinkalarining keng ommaga ma’lum parazitidir. Turkum turlarining ko‘pchiligi (A. apis turi misolida) geterotallik bo‘lib, ularning «onalik» individlari askogon va trixogina hosil qiladi; «otalik» individ jinsiy organ hosil qilmaydi va anteridiy vazifasini uning gifasi bajaradi. Ular orasida plazmogamiya jarayoni bo‘lib, keyin trixogina o‘sib, sista ichiga kiradi va u yerda shoxlanib o‘sadi hamda ilmoq usulida askosporalar hosil bo‘ladi. Alohida askosporalarning qobiqlari yemirilib ketadi va asklar sista ichida koptok shaklli to‘plam hosil qiladi. sista qobig‘i bu yerda kleystotesiy faoliyatini bajaradi. Turkumning boshqa turi (A. atra) gomotallik va uning sistalari bitta mitseliyda hosil bo‘ladi. Ushbu turkumga yaqin bo‘lgan Besiya (Bettsia) turkumi turlari ham asalari uyalarida ularning zahiralari bilan oziqlanadi, ammo uning asalarilarga patogenlik xususiyatlari yo‘q.

Yüklə 293 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə