O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi



Yüklə 293 Kb.
səhifə9/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
sarvinoz

Turkum: Eremaskus (Eremascus). Askokarplari mavjud emasligi tufayli ilgari bu turkum turlari drojjalarga mansub, deb hisoblangan. Ammo keyin Eremascus turkumi turlarining septalari oddiy ekanligi va ular bilan assotsiatsiyada Voronin tanachalari mavjud ekanligi aniqlanishi tufayli ushbu turkum Saccharomycetales tartibidan chiqarildi. Eremascus fertilis turining jinsiy jarayonda ikkita gifa uchi gametangiyga aylanib, qo‘shiladi, plazmogamiya va kariogamiyadan keyin, zigotadan shar shaklli ask va uning ichida 8 ta askospora hosil bo‘ladi.
Tartib: Onigenales (Onygenales). Bu tartibga meditsina nuqtai-nazaridan
ko‘p muhim turlar kiradi. Tartibning xarakterli belgilari quyidagilardir: 1) asklari mitseliyda erkin joylashadi yoki oyoqchali, gifalar hosil qilgan xalta shaklli tuzilma yoki peridiy bilan o‘ralgan askokarplarda hosil bo‘ladi; 2) gametangiy sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi gifalari trixoginaga ega emas, ammo ba’zan buralib o‘suvchi askogonlari mavjud, ilmoqlari mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin; 3) asklari shar yoki tuxum shaklli va ularning qobiqlari yemirilib (erib) ketuvchi; 4) askosporalari bir hujayrali, dumaloq, yassilashgan, urchuq yoki boshqa shaklli, qobiqlari silliq yoki nuqtasimon, to‘rsimon yoxud qalinlashgan doiralar shaklli naqshli; 5) quruq konidiyalari konidioforadan reksolitik usulda (ya’ni konidiya septasining ostki qismidan) ajraladi; bu belgi ushbu tartibdan boshqa tartiblarda uchramaydi; 6) ko‘p turlari teri, soch va tirnoqlarning oqsil qismi bo‘lgan keratin birikmasini parchalay oladi (bu xususiyat zamburug‘larning faqat ushbu tartibida uchraydi) va shu sababdan ular hayvonlar va hayvon mahsulotlari va a’zolari (go‘ng, par, suyak) bilan assotsiatsiyada uchraydi. Bu tartib 4 ta oilaga bo‘lingan va ularning belgilari 7.1-jadvalda umumlashtirilgan.
Oila: Onigenasea (Onygenaceae). Askosporalari qobiqlarining sirtida o‘yiqlari bor. Ba’zi turlari keratinni parchalay oladi. Konidiyalari ikki xil (ba’zan bitta individda): oralarida steril hujayralar bo‘lgan artrokonidiyalar (Malbranchia va Sporendonema turkumlariga mansub anamorfalar) va yirik, terminal, silindr yoki shar shaklli, 1 hujayrali, qalin qobiqli konidiyalar
Ushbu oilaga Ajellomyces, Amauroascus, Aphanoascus, Coccidioides, Nannizziopsis, Onygena va Uncinocarpus turkumlari kiradi. Ushbu turkumlarning ko‘p turlari saprotroflar, masalan, Onygena equina turi yemirilayotgan mol tuyoqlari va shoxlarida, O. corvina ko‘proq qushlarning parlarida uchraydi. Ammo ayrim quyida keltirilgan turkumlarning turlari hayvonlarda parazitlik qiladi.

Yüklə 293 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə