O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi


Arxiaskomitsetlar – Arxiaskomitsetes (Archiascomycetes) sinfi



Yüklə 293 Kb.
səhifə6/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
sarvinoz

Arxiaskomitsetlar – Arxiaskomitsetes (Archiascomycetes) sinfi


Tarkibiga taxminan 100 ta tur kiradi. Eng qadimiy turlar, ulardan barcha boshqa askomitsetlar kelib chiqqan. Ba’zi turlarining bir hujayrali, boshqalarining ham bir, ham ko‘p hujayrali gifalari mavjud. Meva tanachalari yo‘q. Tartib: Tafrinales – Taphrinales. Turkum: Tafrina – Taphrina. Yuksak o‘simliklarning obligat parazitlari. Asklari zararlangan o‘simlik a’zolari kutikulasi ostida, bevosita mitseliyda zich qatlam hosil qiladi. Nojinsiy ko‘payishi mavjud emas. Misollari: shaftoli barglari buralishi, “shishgan olxo‘ri”, olchaning “jodugar supurgisi” kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilari va b.
  1. Haqiqiy askomitsetlar – Euaskomitsetes (Euascomycetes) sinfi


Bu sinfga barcha askomitsetlarning taxminan 90 foizi (~27 000 tur) mansub. Ularning rivojlanishida jinsiy meva tanacha (kleystotesiy, peritesiy, apotesiy) lari va nojinsiy konidial sporalashi mavjud. Nojinsiy ko‘payishi jinsiy ko‘payishidan ko‘proq uchraydi. Euaskomitsetlar tarkibida to‘rtta tartiblar guruhi ajratiladi:
Plektomitsetlar (meva tanachalari kleystotesiylar), Pirenomitsetlar (meva tanachalari peritesiylar), Diskomitsetlar (meva tanachalari apotesiylar) va Lokuloaskomitsetlar (meva tanachalari askostromalar, yoki psevdotesiylar).
Tartiblar guruhi: Plektomitsetlar – Plektomitsetes (Plectomycetes). Guruhga meva tanasi kleystotesiy, ba’zan peritesiy bo‘lgan zamburug‘lar kiradi. Asklari prototunikat tipda, meva tanachalarida tartibsiz ravishda joylashadi. Askosporalarining tarqalishi passiv.
Tartib: Eurotsiylar – Eurotsiales – Eurotiales. Oila: Eurotsiasea – Eurotiaceae. Bu oila turlari anamorfa bosqichida juda keng tarqalgan. Anamorfalari – penitsill (Penicillium) va aspergill (Aspergillus) turkumlari. Ba’zi penitsillar omborda saqlanayotgan urug‘li va sitrus mevalarini zararlaydi.
Tartiblar guruhi: Pirenomitsetlar – Pirenomitsetes (Pyrenomycetes). Guruhga meva tanachalari peritesiy, ba’zan kleystotesiy bo‘lgan zamburug‘lar kiradi. Meva tanachalari qisman substrat ichida guruhlarda stromalarda (zich joylashgan gifa tuzilmasi ichida) yoki substrat ustida yakka-yakka bo‘lib erkin joylashishi mumkin. Asklari unitunikat tipda, dumaloq yoki tuxumsimon. Askosporalari bir hujayrali, faol tarqaluvchi.
Tartib: Mikroaskales (Microascales). Stromalari yo‘q. Substrat ustida yoki qisman ichida joylashgan meva tanachalari to‘q tusli peritesiylar (ba’zan kleystotesiylar). Askosporalar peritesiylardan passiv usulda, shilimshiq tomchilariga aralashib chiqadi. Turkum: seratotsistis – Ceratocystis. Yevropa va Shimoliy Amerikada C. ulmi qayrag‘ochning golland kasalligini qo‘zg‘atadi.
Tartib: Erizifales (Erysiphales). Oila: Erizifasea (Erysiphaceae). Bular – yuksak o‘simliklarda un-shudring qo‘zg‘atuvchi obligat parazit zamburug‘lardir. Stromalari yo‘q. Mitseliy, konidiyalari va kleystotesiylari substrat (xo‘jayin o‘simliklar) ustida joylashadi. Bu tartibga mansub zamburug‘lar turkumlarini aniqlash uchun ularning meva tanachalari ustida joylashgan o‘smalarining tuzilishi va ichida nechta dona xaltacha mavjudligi hisobga olinadi. Sferoteka (Sphaerotheca) turkumi turlarining kleystotesiylari ichida bitta xaltacha bo‘ladi, ustidagi o‘smalari oddiy, gifasimon. Erizife (Erysiphe) turkumining kleystotesiylari Sferotekanikiga o‘xshash, ammo ichidagi xaltachalari bir nechta. E. graminis g‘alla ekinlariga katta zarar yetkazadigan un-shudring kasalligini qo‘zg‘atadi. Podosfera (Podosphaera) turkumi turlarining meva tanachalari ustidagi o‘smalarining uchki qismlari dixotomik shoxlangan, kleystotesiy ichida bitta ask bo‘ladi. P. leucotricha turi olma va nokning xavfli un-shudring kasalligini qo‘zg‘atadi. Leveyyula (Leveillula) turlari kleystotesiylari ancha yassi shaklga ega, o‘smalari oddiy, meva tanachalari bir necha xaltachali. Mikrosfera (Microsphaera) turkumi turlarining meva tanachalari Podosferanikiga o‘xshash, ammo ichida bir necha xaltacha bo‘ladi. Eman daraxtiga, ayniqsa ko‘chatzorlardagi nihollariga M. alphitoides katta zarar
yetkazadi. Unsinula (Uncinula) turkumi namoyandalarining meva tanachalari sal yassilashgan, o‘smalari oddiy, ammo ularning uchki qismi ilmoqqa o‘xshab ichiga bukilgan, kleystotesiylari bir necha xaltachali. Bu turkumga tokning eng ashaddiy – un-shudring (oidium, kul) kasalligini qo‘zg‘atuvchi U. necator turi kiradi. Fillaktiniya (Phyllactinia) turkumining meva tanachalari ustida 2 xil o‘smalari mavjud: tepa qismida ular ingichka, shilimshiq chiqaruvchi shoxlangan gifalar qatlamini hosil qiladi, o‘rta qismlarida esa pastki qismi shishgan tikon shaklli. Meva tanachasida bir necha ask mavjud bo‘ladi. Bu turkumga tut, o‘rmon yong‘og‘i, qayin va boshqa daraxlarda un-shudring qo‘zg‘atuvchi P. suffulta turi mansub. Bu yerda keltirilgan bir necha misollardan tashqari har xil turkumlarga kiruvchi un-shudring zamburug‘lari bilan bir necha o‘nlab o‘tsimon, daraxtsimon ekinlar, manzarali o‘simliklar, gullar va b. zararlanadi.
Tartib: Hipokreales (Hypocreales). Stromalari yumshoq, seret, och tusli yoki ravshan ko‘k, to‘q-qizil va boshqa rangga ega. Asklari tuxum yoki silindr shaklli, uchki qismida teshikchasi bor. Askosporalari dumaloq yoki ninasimon, bir yoki bir necha hujayrali, odatda askdan kuch bilan otiladi. Aksariyat turlarning rivojlanish siklida anamorfa bosqichi asosiy o‘rinni egallaydi va bu turlar anamorfa shaklida parazitlik qiladi, jinsiy bosqichi kam uchraydi yoki uning zamburug‘ hayotidagi ahamiyati kam. Konidiyalari fialidalarda hosil bo‘ladi.
Oila: Hipokreasea (Hypocreaceae). Turkum: Hipokrea (Hypocrea). Turlari har xil o‘simlik qoldiqlari va b. o‘simlik substratlarida saprotroflardir.
Oila: Nektriasea (Nectriaceae). Turkumlar: Nektriya (Nectria), Kalonektriya (Calonectria), Gibberella (Gibberella). Namoyandalari: mevali va o‘rmon daraxtlari poya va novdalarida oddiy rak qo‘zg‘atuvchi N. galligena, g‘alla maysalari qor ostida chirishini qo‘zg‘atuvchi C. graminicola (anamorfasi Fusarium nivale), har xil ekinlarda ildiz va urug‘ chirishini qo‘zg‘atuvchi G. fujikuroi (anamorfasi Fusarium moniliforme), g‘alla ekinlari maysalari, ildizi, poyasi va boshoqlarni zararlovchi G. saubinettii (anamorfasi Fusarium graminearum).
Tartib: Sferiales (Sphaeriales). Peritesiylari ko‘zasimon shaklli, to‘q tusli, mitseliyda yakka-yakka hosil bo‘ladi. Asklari to‘qmoq yoki silindr shaklli, oralarida rangsiz parafizalari mavjud bo‘ladi. Turkum: Polistigma (Polystigma). P. rubrum olxo‘ri barglarida polistigmoz (qizil dog‘lanish) qo‘zg‘atadi. Peritesiylari qisman barg ichida joylashgan stromalarda hosil bo‘ladi. Bu turning nojinsiy ko‘payish organ (konidiya) lari yo‘q.
Tartib: Fillaxorales (Phyllachorales). Turkum: Fillaxora (Phyllachora). Turlari yo‘ng‘ichqa, arpa va o‘tloq boshoqli o‘tlarida dog‘lanishlar qo‘zg‘atadi.
Tartib: Diaportales (Diaportales). Peritesiylari Sferiales tartibi turlarinikiga o‘xshaydi.
Oila: Gnomoniasea (Gnomoniaceae). Peritesiylari mavsum oxirida o‘simlik qoldiqlari to‘qimalarida hosil bo‘ladi, ular yakka-yakka yoki stromalarda joylashadi. Bir qator turlari konidial bosqichida o‘simliklarning xavfli kasalliklarini qo‘zg‘atadi. Turkum: Gnomoniya (Gnomonia). G. leptostyla (anamorfasi Marssonina juglandis) yong‘oqda antraknoz (marssoninoz) qo‘zg‘atadi.
Oila: Valsasea (Valsaceae). Turkumlar: Valsa (Valsa), Leukostoma (Leucostoma); bu turkumlarning turlari anamorfa (Cytospora, Leucocytospora) bosqichlarida ko‘p mevali, yong‘oq va o‘rmon daraxtlarida rak va sitosporoz qurish qo‘zg‘atadi.
Oila: Diaportasea (Diaportaceae). Turkum: Glomerella (Glomerella). Turlarining anamorfalari o‘simliklarda, masalan, G. cingulata konidial bosqichi (Colletotrichum gloeosporioides) da sitrus va olma daraxtlarida antraknoz qo‘zg‘atadi. Turkum: Magnaporte (Magnaporthe). M. grisea konidial bosqichi (Pyricularia oryzae) da sholida pirikulyarioz kasalligini qo‘zg‘atadi.
Oila: Klavitsipitasea, yoki O‘roqkuyalar (Clavicipitaceae). Peritesiylari oq yoki och, kam hollarda to‘q, ravshan tusli, yumshoq yoki seret stromalarda joylashgan. Askosporalari ipsimon, askdan kuch bilan otiladi. Turkum: Klavitseps, yoki O‘roqkuya (Claviceps). C. purpurea g‘alla ekinlari va yovvoyi holda o‘suvchi boshoqli o‘tlarda o‘roqkuya kasalligini qo‘zg‘atadi. Zararlangan o‘simliklarning boshoqlarida binafsha-qora tusli, qattiq sklerotsiylar hosil bo‘ladi. Qishlagan sklerotsiylardan boshchasi va oyoqchasi bo‘lgan stromalar o‘sib chiqadi.

Yüklə 293 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə