O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi



Yüklə 293 Kb.
səhifə3/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
sarvinoz

II. Asosiy qisim


    1. Kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning tuzilishi va xarakteristikalari

Zamburug‘larning vegetativ tanasi mitseliydan iborat. Mitseliy odatda eni 1- 10 mkm, ba’zan 20 mkm yoki kengroq bo‘lgan, shoxlangan uzun iplar – gifalardan tashkil topgan. Gifalar hujayralarga bo‘linmagan yoki to‘siqchalar (septalar) vositasida bo‘lingan. Ba’zi tuzilishi oddiy bo‘lgan soxta va tuban haqiqiy zamburug‘larning vegetativ tanasi yalang‘och (qobiqsiz) sitoplazmadan iborat va u plazmodiy deb ataladi. An’anaviy ravishda, vegetativ tanasi plazmodiy yoki hujayralarga bo‘linmagan gifalardan tashkil topgan turlar tuban zamburug‘lar, hujayralarga bo‘linganlari esa yuksak zamburug‘lar guruhlariga kiritiladi. Hujayra bo‘linishi jarayonida septalar gifa devorchasidan o‘rtasiga qarab o‘sib, hosil bo‘ladi. Hujayra o‘rtasiga yetgan septaning qismlari qo‘shilib ketmaydi va hujayra o‘rtasida bir yoki bir necha teshik qoladi. Bu teshik orqali ozuqa moddalar va organellalar gifaning bir hujayrasidan boshqalariga o‘tadi.
Gifalar doim apikal qismi bilan uzunasiga o‘sadi va ularning o‘sishi cheklanmagan. O‘sish tezligi ozuqa moddalar gifa uchiga yetkazib berilishi bilan bog‘liq va odatda soatiga 0,1-6,0 mm ga teng.
Mitseliy rivojlanishi muayyan harorat va namlikda spora (konidiya) o‘sishidan boshlanadi. Oldin spora atrof-muhitdan namlik shimib, shishadi, keyin uning qobig‘i yoriladi, bitta yoki bir nechta murtak (nish naycha) chiqaradi va ular o‘sib, mitseliy hosil qiladi. Gifa o‘sishi oldin spora ichidagi zahira moddalar hisobiga amalga oshadi, keyinchalik ozuqa substratdan so‘riladi.
Ko‘p bazidiomitset turlar gifalarining septalari ustida kichik, yassi hujayracha
– “to‘qa” – lari bor. Odatda bitta (4-rasm, A), ammo ba’zan (misol uchun yog‘och yemiruvchi Coniophora cerebrella turida) 10 tagacha to‘qa hosil bo‘lishi mumkin (4-rasm, B). Ba’zan (Serpula va b. turlarda) to‘qalar murtak hosil qiladi va o‘sadi. To‘qalar bazidiya rivojlanishi jarayonida hosil bo‘ladi. Ularning roli – bazidiya ajralgan hujayrada ikki yadrolilik holatini tiklashdan iboratdir.




4-rasm. Serpula va (A) Coniophora (B) turkumiga mansub zamburug‘larning gifalaridagi to‘qalari (Ilichyov i dr., 1987).

Ko‘pchilik zamburug‘lar hujayralari dag‘al qobiq bilan qoplangan. Bu qobiq hujayra devorchasi va hujayradan ajralib chiqadigan moddalardan tashkil topgan. Hujayra devorchasi qobiqning asosiy struktura yaratuvchi qismidir. U protoplastni o‘rab turadi va vegetativ gifalar hamda sporalar hujayralariga o‘ziga xos shakl


beradi, hujayrani tashqi faktorlardan himoya qiladi va hujayra bilan substrat orasida modda almashinuvini ta’minlaydi.
Hujayra qobig‘ining tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari zamburug‘ turiga va hujayraning funksiyasiga bog‘liq. Odatda yosh hujayralarning qobig‘i yupqa, rangsiz, tarkibi esa bir xil. Vaqt o‘tishi bilan ular qalinlashishi, shilimshiq hosil qilishi yoki (pigmentlar qo‘shilishi natijasida) rangini o‘zgartirishi mumkin. Hujayra, ayniqsa sporalar hujayrasi qobig‘ining tashqi qatlamlari ko‘p zamburug‘ turlarida kutinlashgan, ya’ni ularning tarkibi mum va moy bilan boyitilgan, bu esa atrof-muhitning noqulay sharoitlariga hujayralarning chidamliligini oshiradi.
Hujayra devorchasi polimer tuzilishga va uning tarkibi taksonomik ahamiyatga ega. Zamburug‘lar aksariyatining (xitridio-, asko-, bazidio- va deyteromitsetlar) hujayra devorchalari tarkibida xitin va glyukan, zigomitsetlarnikida – xitin va xitozan, oomitsetlarnikida esa sellyuloza va glyukan mavjud.
Ba’zi to‘q tusli zamburug‘lar hujayra devorchasining tashqi qatlamlarida melanin pigmentlari mavjud. Ular nurlanish ekstremal sharoitiga va nam yetishmasligiga o‘ta chidamli.
Membrana tuzilmalari. Hujayra devorchasining ichki qismiga, hujayra ichki qismi (protoplast) ni o‘rab turuvchi, sitoplazmatik membrana (plazmalemma) tutashadi. Plazmalemma uch qatli, qalinligi 8 nm. U yarim o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, moddalar hujayraga kiritilishi va hujayradan chiqarilishini tartibga soluvchi osmotik to‘siq bo‘lib xizmat qiladi.
Hujayraning barcha ichki a’zolari ham yarim o‘tkazuvchan membranalar bilan o‘ralgan. Hujayra ichidagi suyuq muhit (sitoplazma) da fermentlar, aminokislotalar, karbonsuvlar, nuklein kislotalar va zahira moddalar (glikogen, moy va volyutin), kuchli rivojlangan ichki membranalar majmuasi (jumladan endoplazmatik retikulyum), ribosomalar, Goldji apparati, lizosomalar, mitoxondriylar va 1-30 ta yadro mavjud. Reproduktiv organlardagi yadrolar vegetativ hujayradagilardan kattaroq. Odatda yadroning diametri 2-3 mkm. Vegetativ gifalarda yadro asosan mitoz, jinsiy ko‘payishda meyoz usuli bilan bo‘linadi.
Zararlangan o‘simlik va boshqa substratlar ustida joylashgan mitseliy havo mitseliysi (ekzogen mitseliy), substrat ichiga qarab o‘sgan mitseliy esa substrat mitseliysi (endogen mitseliy) deb ataladi. Zamburug‘ning ko‘payish organlari odatda havo mitseliysida hosil bo‘ladi. Zararlangan o‘simlik organlari ustida havo mitseliysi gifalar va ko‘payish organlaridan tashkil topgan har xil g‘ubor, momiq qatlam, yupqa parda va hokazolarni paydo qiladi. Mitseliysi ekzogen bo‘lgan parazit zamburug‘lar ektoparazitlar deb ataladi. Ularning tipik misollari – haqiqiy un- shudring zamburug‘laridir. Mitseliysi endogen bo‘lgan parazit zamburug‘lar endoparazitlar deb ataladi. O‘z navbatida, endogen mitseliy hujayra ichida rivojlanadigan intrasellyular mitseliy va hujayralararo bo‘shliqlarda rivojlanadigan

Yüklə 293 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə