O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi



Yüklə 293 Kb.
səhifə4/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
sarvinoz

intersellyular mitseliylarga bo‘linadi. Kartoshkada rak qo‘zg‘atuvchi obligat parazit Synchytrium endobioticum, Botrytis va Cladosporium turlari kabi fakultativ parazitlar hamda boshqa ko‘p anamorf zamburug‘lar hujayra ichi parazitlaridir. Hujayralar orasida rivojlanuvchi mitseliy yuqori darajada ixtisoslashgan obligat parazitlar, masalan, zang, soxta un-shudring kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilariga xosdir.
Har ikki xil mitseliy ham o‘simlik hujayralariga teshib kiradigan va undan ozuqa moddalarni so‘rish uchun xizmat qiladigan maxsus a’zo – gaustoriy hosil qiladi. Gaustoriylar har xil shaklga, ayrim sistematik guruhlar turlari uchun esa bir xil va turg‘un shaklga ega bo‘lib, bu holda ular diagnostik belgilardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Askomitsetlarda gaustoriy quyidagi usulda hosil bo‘ladi. Gifa o‘simlik epidermisi ustida zich joylashib, yassi palla – apressoriy hosil qiladi va u bilan epidermal hujayraga yopishadi. Apressoriy chiqargan fermentlari ta’sirida hujayra qrbig‘i shishadi va yumshaydi. Apressoriydan nozik gifa o‘sib chiqadi va u xo‘jayin o‘simlikning yumshagan qobig‘ini oson teshib, hujayra ichiga kiradi, u yerda pufak yoki murakkab va shoxlangan shaklga ega bo‘lgan tuzilma – gaustoriy hosil qiladi. Gaustoriy endogen mitseliydan ham shu usulda rivojlanadi, ammo bu jarayonda apressoriy qatnashmaydi.
Parazit zamburug‘larning aksariyati o‘simliklarda zararlanish nuqtasidan bori- yo‘g‘i bir necha sm yoki hatto mm masofaga tarqaladigan lokal mitseliy hosil qiladi. Shu bilan birga ayrim endoparazitlar, masalan, qorakuya zamburug‘lari, o‘simlikning bitta a’zosiga yoki barcha a’zolariga tarqaluvchi diffuz mitseliy hosil qiladi.
Noqulay atrof-muhit sharoitlarida zamburug‘ tinim davrida saqlanishi va/yoki u substratni tez egallab olishi uchun xizmat qiluvchi mitseliyning o‘zgargan shakllari – sklerotsiylar, mitselial stromalar, mitselial “arqoncha” (tyaj, shnur) lar, rizomorf va mitselial pardalar hosil bo‘ladi.
Sklerotsiylar ozuqa moddalariga boy va tarkibida suv kam bo‘lgan gifalar bir- biriga zich yopishib hosil qilgan soxta to‘qima (plektenxima) dan iborat bo‘lib, zamburug‘ noqulay sharoitda hayotchanligini saqlash funksiyasini bajaradi. Ularning gifalari differensiatsiyalashgan: tashqi qatlami (qobig‘i) qalin po‘stli, ichki qismi yupqa qobiqli, och tusli hujayralardan tashkil topgan. Tinim davridan o‘tgan sklerotsiydan mitseliy yoki spora hosil qiluvchi organlar o‘sib chiqadi. Agar sklerotsiy faqat gifalardan iborat bo‘lib, zararlangan o‘simlik to‘qimasidan oson ajraladigan bo‘lsa, u differensiatsiyalashgan sklerotsiy, agar paydo bo‘lishida gifalardan tashqari zararlangan o‘simlik to‘qimalari ham qatnashsa, sklerotsial stromalar, yoki mumiyalar deb ataladi. Ko‘p sabzavot, poliz ekinlari va kartoshka kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari (Sclerotinia spp., Botrytis spp., Verticillium spp. va b.)
differensiatsiyalashgan sklerotsiylar hosil qiladi. O‘lchami kichik sklerotsiylar
mikrosklerotsiylar deb ataladi.
Mitselial stromalar substrat ichiga singib o‘sib kirgan yirik va seret gifalar qatlami bo‘lib, uning ichida yoki ustida zamburug‘ning meva tanachalari yoki spora hosil qiluvchi organlari paydo bo‘ladi. Stromalar yumshoq yoki yog‘ochsimon qattiq, har xil tusli va shaklli bo‘ladi.
Arqonchalar hosil bo‘lishi yuksak zamburug‘larga xos xususiyat. Oddiy arqoncha bir qancha bir-biriga tashqi shilimshiq qobig‘i yoki kalta anastomozlar yordamida yopishgan bir xil gifalardan tashkil topadi. Oddiy arqonchalarni faqat mikroskopda ko‘rish mumkin. Funksional differensiatsiyalashgan arqonchalar muayyan funksiyani bajarish uchun xizmat qiladi. Misol uchun uy zamburug‘ining arqonchalari uch xil: 1) oddiy vegetativ; 2) arqonchalarga mexanik mustahkamlik beruvchi qobig‘i qalin va ichki qismi tor gifalardan tashkil topganlari; 3) ichki qismi keng va hujayri devorchalari har xil darajada qalinlashgan tomir gifalardan tuzilganlari bo‘lishi mumkin. Tomir gifalari ozuqa moddalar harakatini ta’minlaydi, demak ular o‘tkazuvchi to‘qima funksiyasini bajaradi.
Rizomorflar funksional differensiatsiyalashgan arqonchalarning yaxshi rivojlangan yana bir turi bo‘lib, eni bir necha mm, uzunligi esa bir necha metrga yetishi mumkin.
Mitselial pardalar substrat ustida yoki ichida gifalar zich joylashishi natijasida hosil bo‘ladi. Ular teriday mustahkam bo‘lishi va qalinligi 10-15 mm ga yetishi mumkin. Pardadan mitseliy va arqonchalar o‘sishi yoki ustida zamburug‘ning meva tanachalari rivojlanishi mumkin.

    1. Yüklə 293 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə