O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi



Yüklə 293 Kb.
səhifə7/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
sarvinoz

Tartiblar guruhi: Diskomitsetlar – Diskomitsetes (Discomycetes). Guruhning barcha turlarining jinsiy xaltachali meva tanachalari ochiq – apotesiy. Odatda apotesiylar likopcha yoki yassiroq piyola shaklli, sariq, apelsin, qizil yoki jigarrang tusli. Anamorfa bosqichida diskomitsetlar konidial sporalash organlarini va/yoki sklerotsiylarni hosil qiladi.
Tartib: Fatsidiales (Phacidiales). Apotesiylari uzoq vaqt davomida mitseliy to‘dasi ichida qoladi. Oila: Eufatsidiasea (Euphacidiaceae). Turkum: Ritizma (Rhytisma). R. acerinum har xil zarang daraxti turlarining barglarida qora dog‘lanish qo‘zg‘atadi.Dog‘lar zamburug‘ning sklerotsial stromalari bo‘lib, stromalarda apotesiylar to‘kilgan barglarida bahorda yetiladi. Askosporalar ipsimon shaklli. Turkum: Kokkomitses (Coccomyces). Apotesiylari mayda, dumaloq, qora tusli, qisman o‘simlik to‘qimalari ichida rivojlanadi. C. hiemalis konidial bosqichi (Cylindrosporium hiemale) da danakli mevali daraxtlar barglarida kokkomikoz dog‘lanish qo‘zg‘atadi. Turkum: Lofodermium (Lophodermium). Ko‘chatzorlarda
L. pinastri qarag‘ay ko‘chatlari va nihollari yalpi nobud bo‘lishi (shyutte kasalligi) ni qo‘zg‘atadi. Zararlangan ninabarglarda uzunchoq shaklli, qora tusli apotesiylar hosil bo‘ladi.
Tartib: Leotiales (Leotiales, sin. Helotiales). Oila: Sklerotiniasea (Sclerotiniaceae). Apotesiylari uzun oyoqchali, qishlagan sklerotsiylardan o‘sib chiqadi. Turkum: Sklerotiniya (Sclerotinia). Bu turkumga mansub turlar, masalan, tabiatda keng tarqalgan tur – S. sclerotiorum har xil o‘simliklar va ularning mevalarida oq chirish qo‘zg‘atadi. Sklerotsiylar zamburug‘ noqulay sharoitlarda hayotchanligini uzoq muddat davomida saqlash uchun xizmat qiladi. Konidial bosqichi yo‘q. Turkum: Moniliniya (Monilinia). Turlari (M. cydoniae, M. fructigena, M. fructicola, M. mali, M. laxa, M. cinerea) konidial (Monilia) bosqichida mevali daraxtlarda parazitlik qiladi. Masalan, M. fructigena va b. turlar olma va nok mevalari chirishini qo‘zg‘atadi. Sklerotsiylarining ichi bo‘sh. Apotesiylari kam uchraydi.
Oila: Dermatasea (Dermataceae). Turkum: Psevdopesitsa (Pseudopeziza). Turlari beda (P. medicaginis, anamorfasi Phoma medicaginis) va qorag‘at (P. ribis, anamorfasi Gloeosporium ribis) da qo‘ng‘ir dog‘lanish qo‘zg‘atadi.
Tartiblar guruhi:: Lokuloaskomitsetlar – Lokuloaskomitsetes (Loculoascomycetes). Bu guruhga mansub turlar asklarini haqiqiy meva tanachalarida emas, balki mitselial stromalarning maxsus bo‘shliqlari – lokullarda – hosil qiladi. Ularning stromalari askostroma, yoki psevdotesiy, deb ataladi. Asklari bitunikat tipida, askosporalari faol otiladi.
Tartib: Miriangiales (Myriangiales). Psevdotesiylari va lokullari yirik, ular stromada tartibsiz joylashgan. Har bir lokulda bitta ask mavjud bo‘ladi. Psevdotesiylar qisman o‘simlik to‘qimasi ichida yoki butunlay to‘qima ustida joylashadi. Anamorfalari Melankoniylarga xos. Turlari o‘simlik barglarida dog‘lar, poya va mevalarida yaralar hosil qiladi.
Oila: Miriangiasea (Myriangeaceae). Turkum: Elsinoe (Elsinoë). Muhim turlari qatoriga tokda konidial bosqichi (Sphaceloma ampelinum, sin. Gloeosporium ampelophagum) da antraknoz qo‘zg‘atuvchi E. ampelina, sitrus ekinlarida konidial bosqichlari (S. australis, S. fawcettii) da kalmaraz qo‘zg‘atuvchi E. australis, E. fawcettii va b. turlar kiradi.
Tartib: Dotideales (Dothideales). Psevdotesiylari qisman xo‘jayin o‘simlik to‘qimalari ichida joylashadi, shar yoki nok shaklli, bir yoki bir necha lokullari mavjud bo‘ladi. Asklar lokul ichida dasta shaklida joylashadi. Oila: Dotidiasea (Dothideaceae). Turkum: Mikosferella (Mycosphaerella). Turlari o‘simlik barglarida oq dog‘lanish qo‘zg‘atadi. Masalan, qulupnayda bu kasallikni M. fragariae (konidial bosqichi Ramularia tulasnei) qo‘zg‘atadi. Turkumning boshqa turi – M. linorum – anamorfa (Septoria linicola) bosqichida zig‘irda pasmo (septorioz) qo‘zg‘atadi (teleomorfasi MDH da topilmagan). Turkum: Didimella (Didymella). Bu turkumga poliz ekinlarida anamorfa bosqichi (Ascochyta
cucumeris) da askoxitoz kasalligini qo‘zg‘atuvchi D. bryoniae yoki D. melonis va ba’zi b. turlar mansub.
Tartib: Pleosporales (Pleosporales). Psevdotesiylari shar yoki biroz yassi shar shaklli, qora tusli.
Oila: Pleosporasea (Pleosporaceae). Turkum: Pleospora (Pleospora).
Anamorfalari:
Stemfilium – Stemphylium spp., Foma – Phoma spp. Pleospora betae anamorfa bosqichi (Phoma betae) da qand lavlagisida fomoz qo‘zg‘atadi. Turkum: Pirenofora (Pyrenophora). Muhim turlari qatoriga bug‘doyda sariq dog‘lanish qo‘zg‘atuvchi P. tritici-repentis (anamorfasi Drechslera tritici-repentis), arpada to‘rsimon (P. teres, anamorfasi D. teres) va tasma shaklli (P. graminea, anamorfasi D. graminea) dog‘lanish qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar kiradi. Turkum: Koxliobolyus (Cochliobolus). Eng muhim turlari qatoriga g‘alla ekinlari va boshqa boshoqli o‘simliklarda anamorfa bosqichi (Bipolaris sorokiniana) da barglari to‘q-qo‘ng‘ir dog‘lanishi, ildizlari chirishi, boshoq va donlari dog‘lanishi kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi C. sativus, makkajo‘xorida anamorfa bosqichi (Bipolaris maydis) da janubiy dog‘lanish qo‘zg‘atuvchi C. heterostophus va b. kiradi. Turkum: Setosferiya (Setosphaeria). Muhim turi – makkajo‘xorida anamorfa bosqichi (Exserohilum turcicum) da shimoliy dog‘lanish qo‘zg‘atuvchi S. turcica.
Oila: Venturiasea (Venturiaceae). Turkum: Venturiya (Venturia). Bu turkumga olma (V. inaequalis) va nok (V. pirina) da kalmaraz qo‘zg‘atuvchi muhim fakultativ saprotrof turlar kiradi. Ular mavsum davomida anamorfa bosqichlari (tegishli ravishda, Spilocaea pomi va Fusicladium pyrorum) da parazitlik qiladi. Psevdotesiylari to‘kilgan barglarda hosil bo‘ladi, askosporalar bahorda yetilib, daraxtlarni zararlaydi.

    1. Haqiqiy askomitsetlar – Euaskomitsetes (Euascomycetes) sinfi

Bu sinfga barcha askomitsetlarning taxminan 90 foizi (~27 000 tur) mansub. Ularning rivojlanishida jinsiy meva tanacha (kleystotesiy, peritesiy, apotesiy) lari va nojinsiy konidial sporalashi mavjud. Nojinsiy ko‘payishi jinsiy ko‘payishidan ko‘proq uchraydi. Euaskomitsetlar tarkibida to‘rtta tartiblar guruhi ajratiladi: Plektomitsetlar (meva tanachalari kleystotesiylar), Pirenomitsetlar (meva tanachalari peritesiylar), Diskomitsetlar (meva tanachalari apotesiylar) va Lokuloaskomitsetlar (meva tanachalari askostromalar, yoki psevdotesiylar).
Tartiblar guruhi: Plektomitsetlar – Plektomitsetes (Plectomycetes). Guruhga meva tanasi kleystotesiy, ba’zan peritesiy bo‘lgan zamburug‘lar kiradi. Asklari prototunikat tipda, meva tanachalarida tartibsiz ravishda joylashadi. Askosporalarining tarqalishi passiv.

    1. Yüklə 293 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə