O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi


Askomitsetlar sinfiga kiruvchi zamburug‘lar klassifikatsiyasi, morfologiyasi va tarqalishi



Yüklə 293 Kb.
səhifə5/19
tarix04.06.2023
ölçüsü293 Kb.
#115441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
sarvinoz

Askomitsetlar sinfiga kiruvchi zamburug‘lar klassifikatsiyasi, morfologiyasi va tarqalishi


Askomitsetlar (Ascomycota) filumiga taxminan 30 000 ta tur kiradi. Ularning mitseliysi ko‘p hujayrali va hujayralar asosan monokariotik (bir yadroli). Askomitsetlarning asosiy belgisi – jinsiy jarayonda, ichida odatda 8 ta askosporali ask (xaltacha) hosil qilishidir.
Askomitsetlar (va bazidiomitsetlar) ning jinsiy ko‘payish bosqichini teleomorfa, jinssiz ko‘payish bosqichini anamorfa, to‘la organizmni esa golomorfa deb atashadi.
Askomitsetlarning rivojlanish siklida konidiyalar vositasida amalga oshadigan nojinsiy ko‘payish katta ahamiyatga ega. Konidiyalar gaploid mitseliydagi tuzilishi har xil bo‘lgan konidioforalarda ekzogen usulda hosil bo‘ladi. Konidioforalar mitseliyda yakka-yakka yoki dasta (koremiya) lar, yostiqcha (sporodoxiy) lar, bir- biriga chirmashib, tutashib o‘sgan gifalar ustida zich qatlam (loje) lar ustida yoxud shar yoki nok shaklli, ustida teshikchali tuzilma (piknida) larning ichida joylashishi
mumkin. Odatda konidiyalar tirik o‘simliklarda, askosporalar esa ko‘pincha nobud bo‘lgan o‘simliklarda yoki ularning ayrim qismlarida o‘suv davri oxirida yoki zamburug‘ qishlashidan keyin hosil bo‘ladi. Ba’zi askomitsetlarda konidial bosqich topilmagan bo‘lishi yoki butunlay rivojlanmasligi, boshqalarida esa asosiy o‘rin egallashi, askomitset bosqichi kam hollarda rivojlanishi mumkin. Bu filumning ayrim guruhlarida jinsiy jarayon juda kam uchraydi, bunday turlar tabiatda ko‘pincha konidial bosqichda uchraydi. Ayni shu sababdan BNXK askomitsetlarning askomitset bosqich (teleomorfa) larining nomlari bilan bir qatorda ularning konidial bosqichlari (anamorfalari) uchun ham mustaqil nomlar berishga ruxsat qilgan. Askomitset bosqichi hali topilmagan va faqat konidiyalari bilan ko‘payadigan zamburug‘lar anamorf zamburug‘lar (deyteromitsetlar) guruhiga kiritiladi. Bir qator anamorf nomlar teleomorf nomlardan ko‘proq ishlatiladi. Ba’zi askomitset zamburug‘larning 2 xil konidial bosqichi va ikkita konidial (anamorf) nomi mavjud. Anamorf nomlar Bazidiomikota filumiga mansub turlarning konidial bosqichlari uchun ham qo‘llaniladi.
Askomitsetlar klassifikatsiyasi keyingi paytlarda qaytadan ko‘rilmoqda va ularning sistematikasining barcha qismlari munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ularning filogenetik yoki unga yaqin bo‘lgan sistematikasini yaratish uchun ma’lumotlar, ayniqsa molekular-genetik analizlarning natijalari yetarli emas, deb hisoblanadi (Hawksworth, 1995). Shu sababdan, molekular-genetik tadqiqotlar faol davom ettirilmoqda. Askomitsetlar sistematikasi hali to‘la shakllanmaganligi sababli, bu zamburug‘lar bilan ishlashni osonlashtirish uchun, vaqtinchalik (“ishchi”) sistematikalardan foydalaniladi. Shunday sistemalardan keng tarqalganlariga ko‘ra Askomikota filumi quyidagi taksonlarga bo‘linadi (tarkibida fitopatogenlar bo‘lgan asosiy taksonlar keltiriladi).

  1. Yüklə 293 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə