|
![](/i/favi32.png) O’zbekiston republikasiMavzu O’smir psixologiyasi
|
səhifə | 23/67 | tarix | 24.12.2023 | ölçüsü | 0,64 Mb. | | #160075 |
| Yosh va pedagogik psixologiya ma\'ruzalar matniMavzu O’smir psixologiyasi
Mavzu: O’smir psixologiyasi
Mavzuning dolzarbligi: O`smirlik – bolalikdan kattalikka o`tish davri bo`lib, fiziologik va psixologik jihatdan o`ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O`smirlik balog`atga yetish davri bo`lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo`lishi bilan ham xarakterlanadi.Talabalarga bu davrning o`ziga xos bo`lgan psixik qonuniyalar to`g`risida ilmiy bilimlarni kengaytirish va mustahkamlashlozim. Har bir pedagog o`tish davriga oid psixo-pedagogok bilimlarga ega bo`lsagina samarali faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo`ladi.
1-ilova.
Ma’ruza mashg’uloti taqdimot mavzulari.
1.O’tish davri inqirozi va uning sabablari.
2.O’smirdagi asosiy psixologik o’zgarishlar.
3.O’smirda bilish jarayonlarining o’sish va o’qish faoliyati.
4.Tarbiyasi qiyin o’smirlar..
2-ilova.
Xulosani shakllantirish uchun savollar
O`smirlik davrining asosiy xususiyatlari nimadan iborat?
O`smirlik yoshidagi jismoniy tarakkiyotning eng muxim farki nimadan iborat?
O`smirlarda kanday ijobiy va salbiy salbiy xislatlar bor?
O`smirlar bilan kattalar urtasidagi uzaro munosabat?
O`smirning psixologik xususiyatlarini tavsiflab bering?
3-ilova.
Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari
Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari (ballarda)
|
Ma’ruzachi (F.I.SH.)
|
Ma’ruzachi (F.I.SH.)
|
Ma’ruzachi
(F.I.SH.)
|
Ma’ruzaning mazmuni (2,5):
|
|
|
|
- mavzuga mos kelishi (1,5);
|
|
|
|
- mantiqiylik, aniqlik (0,5);
|
|
|
|
xulosalarni qisqaligi (0,5);
|
|
|
|
Informatsion texnologiyalardan foydalanganligi
|
|
|
|
(ko’rgazmalilik) – (0,9).
|
|
|
|
Reglament (0,6)
|
|
|
|
Jami (4,0)
|
|
|
|
Taqrizchilar (F.I.SH.)
|
|
|
|
Ma’ruzaning tavsifi (3,0)
|
|
|
|
- ma’ruzaning kuchli tomonlari aniqlash (1,2)
|
|
|
|
- ma’ruzaning zaif tomonlari aniqlash (1,2)
|
|
|
|
Reglament (0,6)
|
|
|
|
Jami (3,0)
|
|
|
|
Bular ta’sirida o`smirning xarakteri, atrofdagi kishilar bilan muomalasi, jamiyatda sodir bo`layotgan voqealarga munosabati tez o`zgarib boradi. Ba’zan ijtimoiy masalalar tug`risida noto`g`ri tasavvur va yanglish fikrlar hosil bo`lishi tufayli u muayan tartib-qoidalarga tanqidiy ko`z bilan qaraydi.
O`smirda psixik jarayonlarning keskin o`zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda, o`quvchi bilan o`qituvchi muloqotida, kattalar bilan O`smirlarning muomalasida qat’iy o`zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar paydo bo`ladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro`y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o`smirni qoniqtirmay qo`yadi.
Odobli, dilkash o`smir kutilmaganda qaysar, intisomsiz, qo`pol, serzarda bo`lib qoladi. O`smir xulqidagi bunday o`zgarishlar tajribasiz o`qituvchi va ota-onasini qattiq tashvishga soladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|