|
![](/i/favi32.png) O’zbekiston republikasi
|
səhifə | 56/67 | tarix | 24.12.2023 | ölçüsü | 0,64 Mb. | | #160075 |
| Yosh va pedagogik psixologiya ma\'ruzalar matniJekob Levi Moreno 1889 yilda 6 may tug`ilib, 1974 yilda vafot etgan. Amerikalik psixiatr, ijtimoiy psixolog. Moreno fikricha, shaxsning ijtimoiy (farovonligi) muvaffaqiyati uning emosional aloqalardagi o`zaro simpatiya, bir-biriga intilish va bir-biridan yiroqlashishi bilan bog`liq shaxslararo munosabatlar tizimida tutgan o`rni bilan belgilanadi. Moreno ushbu psixologik fenomenlarni aniqlashga imkon beruvchi sosiometriya metodini ishlab chiqdi. Nazariy sosiometriyaning asosida ijtimoiy xayotning iqtisodiy, siyosiy, va xokazo turli qirralarni –insonlar o`rtasidagi munosabatlar, ulardagi bir – biriga nisbatan simpatiya yoki antipatiyani namoyon etishi orqali o`rganish yotadi. Sosiogramma –sosiometrik test yordamida kichik guruxlardagi shaxslararo munosabatlarni tadqiq etib, erishiladigan natijalarni qayta ishlashda ularning chizma tarzida ifodalanishidir.Psixodrama – guruxiy psixoterapiyaning bir turi bo`lib, unda ishtirokchilar aktyor va tomoshabinlar rolini navbatma – navbat ijro etishadi. Psixodramadagi voqealar ishirokchilar uchun muxim bo`lgan xayotiy voqealr asosida tashkil etilib, noadekvat emosional reaksiyalarni tuzatish maqsadida qo`llaniladi.
Kurt Levin 1980 yili tug`ilib, 1947 yili vafot egan. Nemis psixologi , psixologiyada shaxs va guruh nazariy konsepsiyasining muallifi, 1926 yildan 1933 yilgacha Berlin universitetining psixologiya va falsafa professori, 1933 yildan AQSh da vishlaydi va yashaydi. Kurt Levin maktabida amalga oshirilgan – to`xtatib qolingan harakatlarni eslash va qayta ishga tushirish, o`rnini almashtirish, kuchaytirish, frustratsiya va qiziqishlar darajasi borasidagi tadqiqotlar shaxs eksperimenal psixologiyasini rivojlantirishda muhim davrni tashkil etdi.
Vilyam Mak-daygall 22 iyun 1871 yili Angliya, Lankashir, Chaddertonda tug`ilib, 1938 yili AQSh, yuqori korolinada vafot etgan. Ilmiy qiziqishlari: klinik psixologiya, eksperimental psixologiya, psixoanaliz, gipnoz, nazariy psixologiya va psixologiya falsafasi. Ma`lumoti: Kembrij va Oksford universitetlarining gumanitar fanlar magistri. Kasbiy faoliyati: Oksford universitetining mental falsafa o`qituvchisi. Dyuk universitetining psixologiya kafedrasi mudiri. Mak-Daugall tasavvuriga ko`ra, psixologiyaning eng muhim vazifasi inson tabiatini barcha murakkabliklari orqali tushunishdir, bu uchun esa eksperiment- qudratli metod bo`lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|