Aql haqida ayrim olimlar va arboblarning fikrlari keltirilgan. «Ulug’ aql egalari o’z oldilariga maqsad qo’yadilar, qolgan odamlar o’z istaklari ortidan ergashadilar» (Vashington Irving).
«Aql – bu yaxshi tashkil etilgan bilimlar tizimidir» (K.D. Ushinskiy).
Yuqorida aytib o’tilgan barcha sifatlar yosh o’zgargan sari o’zgarib boradi. Ijodiy ishda fikrlashning mustaqilligi va tanqidiyligi zarur bo’lib, u aqliy faoliyatning produktivligini ta’minlaydi.
Ko’nikma – mashq qilish natijasida yuzaga kelgan xatti – harkatlarning avtomatlashgan usuli. Fiziologik jihatdan ko’nikma bosh miyaning katta yarim sharlari po’stlog’ida hosil bo’lib, vaqtinchalik nerv bog’lanishlarning barqaror tizimining funksiyasini ta’minlaydi. Dinamik–streotiplarni yaratish sharoitlari bir vaqtning o’zida avtomatlashgan akt bilan murakkab analitik – sintetik faoliyatni yuzaga keltiradi. Buning natijasida nafaqat ko’nikmalar, balki malakalar ham yuzaga keladi.
Malaka–oldinga qo’yilgan maqsad va xatti–harakat sharoitidan kelib chiqadigan muvaffaqiyatli harakatlar usulidir.
Malakalar xatti–harkatning maqsad va konkret shart– sharoitlariga tegishli bo’lgan holda doimo suyanadi. Odam ishni qanchalik yaxshi bilsa, uni shunchalik malakli amalga oshiradi va undan foydalanadi. Ko’nikma va malakalr xatti–harkat uslubi bo’la turib, ma’lum faoliyat turiga qarab ishlab chiqarish, o’quv, ijtimoiy, sport, tashkiliy, texnik faoliyat,ilmiy faoliyat, san’at sohasidagi ko’nikmalar va boshqalar bo’lishi mumkin. Lekin, barcha faoliyat turlarida qo’llaniladigan ko’nikma va malakalr mavjud: bular harkat, sensor, aqliy ko’nikma va malakalardir.
Dostları ilə paylaş: |