O’zbekiston republikasi


Birinchi bosqich-tayyorgarlik bosqichi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə9/67
tarix24.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#160075
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67
Yosh va pedagogik psixologiya ma\'ruzalar matni

Birinchi bosqich-tayyorgarlik bosqichi. Unda har xil vositalar yordamida material o`rganiladi, dastlabki ma’lumotlar to`planadi, Birinchi bosqich yakunida tadqiqotchi o`z taxminining to`g`ri yoki noto`g`rilgi haqida tasavvurga, nima qilingan, nimadan boshlash haqidagi gipotezaga ega bo`ladi.
Ikkinchi bosqich - eksprimental (tajriba) bosqichi bo`lib, bunda tadqiqotning konkret metodikasi amal qiladi va o`z navbatida bu bosqich birin-ketin qo`llaniladigan qator bo`g`inlarga – eksperiment seriyalariga bo`linadi. Tadqiqotning uchinchi bosqichi - tadqiqot ma’lumotlarini sifat jihatidan qayta ishlashdir. U psixologiyaning matematik appartini - dastlab ilgari surilgan gipotezaning tasdig`i tarzida olingan xulosalarning haqqoniyliligi haqida hukm chiqarish imkonini beradigan turli xildagi statistik usullarni va ehtimollik nazariyasining asosiy qoidalarini qo`llashning taqozo qiladi.
Tadqiqotning to`rtinchi bosqichi - olingan ma’lumotlarni izohlab berish, ularni psixologik nazariya asosida talqin qilingan, gipotezaning to`g`ri yoki noto`g`riligini uzil - kesil aniqlashdan, ularni sinab ko`rib, aniq xulosaga kelish bosqichi.



Muammoli savol: Pedagog psixologik tadqiqot metodlaridan qachon va qanday foydalanishi mumkin?



O`z - o`zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar:
Ilmiy-tadqiqot metodlari va uning ahamiyati.
Tadqiqot bosqichlari nimalardan iborat?
3.O`z guruhingizda test, anketa va sotsiometrik usulda tadqiqot o`tkazib, natijasini yozib chiqing.
4.Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasida tadqiqotlarni tashkil etish metodlari qanday?
5.Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasida emperik materiallarni to’plash metodlari haqida nima bilasiz?
KLASTER
1. Aqlingizga kelgan barchani yozing. G’oya sifatini muhokama qilmang:
Ularni odiy holda yozing.
2. Orfagirafiya va boshqa omillarga etibor bermang
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozuvni to’xtatmang. Agarda aqlingizda g’oyalar kelishi birdan to’xtasa, u holda qog’ozga rasm chizing, qachonkiy yangi g’oyalar paydo bo’lmaguncha.
4. Ko’proq aloqa bo’lishligiga harakat qiling. G’oyalar soni, ular oqimi o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikka chegaralanmang.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə