O’zbekiston republikasi


Mavzu: Ta’lim psixologiyasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə33/67
tarix24.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#160075
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67
Yosh va pedagogik psixologiya ma\'ruzalar matni

Mavzu: Ta’lim psixologiyasi
Reja:
1. O’quv faoliyatining psixologik mohiyati.
2. O’qish motivlari.
3.Bilimlarni o’zlashtirish jarayoni va uning psixologik komponentlari.
4. Ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
5. O’quv faoliyatini boshqarish.
Mavzuning dolzarbligi: O’quv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosiy yangi faoliyatlar yuzaga keladi.
O’quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo’luvchi uzluksiz jarayondir. O’quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o’quvchida o’zgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida, ko’rilgan bo’lishi darkor. Bu motivlar bevosita o’quvchi shaxsining o’sishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lishi kerak.
Muammoli masala

  • O`quvchi matematika faniga qiziqadi. Maktabda uchta matematika o`qituvchisi bor. Biri darsni juda yaxshi o`tadi. o`ta talabchan, qattiqqo`l, baxoni bilimga nisbatan pastroq qo`yadi. Ikkinchi o`qituvchi darsni o`rtacha o`qitadi. Juda ochiqko`ngil, xushfe’l, o`quvchining ko`ngliga qaraydi. Baxoni bilimdan yuqori qo`yaveradi. O`quvchini ortiqcha tergab o`tirmaydi. Uchinchi o`qituvchi darsni yaxshi o`qitadi. O`quvchi bilan yaxshi munosabatda bo`ladi. Yaxshi baxo uchun ta’magirlik qiladi.

  • O`quvchini qaysi o`qituvchi o`qitishini xoxlar edingiz. Ochiq muloqot asosida xulosangizni izoxlang.

  • O`qituvchi o`quvchi bilan chiqisholmay qoldi. Ayb ikki tomonda ham bor. Siz qanday yo`l tutasiz. Fikringizni yozma bayon eting.


1997 yilda qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da shaxs kamoloti asosiy masala sifatida e’tirof etilgan. Prezidentimiz I.A.Karimov; «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohatlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg’onish g’oyasini ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi», degan edilar.


Maktab jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri. Maktab jamiyatining buguni emas, balki kelajakka yo’naltirilgan rivojini belgilaydi. Maktabning maqsadi ta’lim va tarbiyadir.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə