O’zbeкiston res



Yüklə 1,85 Mb.
səhifə14/81
tarix02.08.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#120245
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
ishlab chiqarishning metrologik asoslari

Davlat etaloni – davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha etalonlari bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o’lchamlarini aniqlash uchun asos sifatida xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan etalon.
Ikkilamchi etalon – birlikning o’lchamini mazkur birlikning birlamchi etalonidan oladigan etalon.
Nusha-etalon – birlikning o’lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun mo’ljallangan ikkilamchi etalon.
Ishchi etalon – birlikning o’lchamini ishchi o’lchash vositalariga uzatish uchun mo’ljallangan etalon.
Xalqaro etalon – milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan birliklar o’lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo’yicha xalqaro asos sifatida qabul qilingan etalon.
Milliy etalon – mamlakat uchun boshlang’ich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon.
Olchashlar birliligi – o’lchash natijalari rasmiylashtirilgan kattaliklar birliklarida ifodalangan va o’lchashlar xatoligi berilgan ehtimollik bilan belgilangan chegaralarda joylashgan o’lchashlar holati.
Olchashlar birliligini taminlash – O’BT Qonunlar, shuningdek o’lchashlarning birliligini ta’minlashga qaratilgan davlat standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq o’lchashlar birliligiga erishish va saqlashga qaratilgan metrologik xizmatlar faoliyati.
Metrologik xizmat – MX o’lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajarish va metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshirish uchun qonunga muvofiq tashkil etiladigan xizmat.

22
Davlat metrologik xizmati – Mamlakatda o’lchashlar birliligini ta’minlash bo’yicha ishlarni mintaqalararo va sohalararo darajada bajaruvchi va davlat metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat.



Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə