O'zbekiston Respiblikasi Xaliq Talimi vazirligi Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang'ch ta'lim fakulteti sirtqi ta'lim shakli jismoniy madaniyat yonalishi 2-kurs talabasi sindarova sharifa



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə1/3
tarix03.05.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#108142
  1   2   3
02.ABDURASHIDOV ABDUJALOL

O'zbekiston Respiblikasi MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI vazirligi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta'lim fakulteti sirtqi ta'lim shakli jismoniy madaniyat yo’nalishi 203-guruh talabasi ABDURASHIDOV ABDUJALOLNING JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

Jismoniy madaniyat tizimining g’oyaviy negizi, maqsadi va umumiy tamoyillari.

REJA:

  • Jismoniy madaniyat tizimining g’oyaviy negizi, maqsadi va umumiy tamoyillari.
  • Mamlakatda jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi.
  • Bolalar sportini rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan farmonlar va qarorlar.

Jismoniy madaniyat - muayyan tarixiy sharoit maxsuli. Xar bir ijtimoiyiqtisodiy tuzimida jamiyat a’zolari jismining madaniyati o’z davri uchun xarakterli bo’lib, jamiyat taraqqiyotining muayyan davridagi butun bir xalq boyligi, mulki tarzida shaxsning xar taraflama barkamolligini ta’minlovchi vosita yoki uning majburiy sharti bo’lib qolaveradi.
Jismoniy madaniyat - jamiyat a’zolarining jismoniy kamolotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, metodlar va sharoitlarni yaratish va ulardan ratsional foydalanish bo’yicha erishilgan yutuqlarning majmuidir.
Jismoniy madaniyat nazariyasining asosiy tushunchalari ichida jismoniy madaniyat keng, jamlovchi tushuncha. Jismoniy tarbiya, sport tushunchalari esa jismoniy madaniyat tushunchasining tarkibiy qismi sifatida o’zining yo’nalishlariga ega bo’lgan pedagogik jarayonlarni o’z ichiga mujassamlashtiradi.
Ularning jismoniy madaniyat va pedagogika institutlarining jismoniy tarbiya fakulьtetlari talabalari uchun yozilgan darsliklarida bu tushunchaning ta’rifini quyidagicha ifodalaydi: “Jismoniy madaniyat - jamiyat a’zolarini jismonan tayyorlash uchun kishilik jamiyati yaratgan va foydalanayotgan moddiy, ma’naviy boyliklar majmuidir”.
Moddiy boyliklar - mavjud jamiyatning xilma-xil sport inshootlari, maxsus anjomlar, uskunalar, mablag’lar, jamiyat a’zolarining jismoniy kamoloti darajasn (sport yutuqlari) demakdir.
Ma’naviy boyliklar - tarbiya tizimi yaratgan, shakllantirgan, g’oyaviy, ilmiynazariy, uslubiy, tashkiliy, amaliy sohada erishilgan maxsus ilmiy yutuqlar majmui bo’lib, u doimiy ravishda boyib, o’zgarib turadi.
Jismoniy tarbiya orqali har qanday inson o’ziga munosib jismoniy madaniyat mazmunini o’zlashtiradi, shu soha yutug’i uning shaxsiy mulkiga (boyligiga) aylanadi. Maktab o’quvchilarining jismoniy madaniyati ta’rifi jamiyat jismoniy madaniyati ta’rifidan kelib chiqadi.
Tadbiqiy (amaldagi) jismoniy madaniyat – kasbiy tadbiqiy va yutuq-tadbiqiy jismoniy madaniyatlarga bo’linadi.
Jismoniy madaniyat mavjud jamiyatning rivojlanishida ma’lum xizmatlarni bajaradi:
- inson harakat faoliyatining muvofiq me’yoriy normalarini belgilab beradi
(“Alpomish” va “Barchinoy’’ salomatlik testi normalari);
- jismoniy madaniyatga oid ma’lumotlar va axborotlarni tuplash (axboriylik) xizmati va uni avloddan avlodga uzatish va tarkatishga vositachilik kiladi;
- shaxslararo mulokot, uzaro aloka (kommunikativlik) munosabatlarini
shakllantiradi;
- shaxsning harakat estetikasi talabini kondirish bilan bog’liq estetik didni tarbiyalash xizmati;
- insonning doimiy harakat kilishga bo’lgan tabiiy extiyojini kondirish bilan bog’liq bo’lgan va uning kundalik turmushi uchun lozim darajadagi jisman yarokdilik xolatini ta’minlashdek (biologik) xizmati;
- jismoniy madaniyatni baza sifatidagi xizmati - sport, jismoniy madaniyati deb atalmish madaniyat tasnifining asosida yotadi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə