O’zbekiston respubilkasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 127 Kb.
səhifə2/3
tarix25.03.2023
ölçüsü127 Kb.
#103191
1   2   3
kurs ishi PP

Kurs ishining obyekti: Oliy o`quv yurtlarining pedagogika sohasida tahsil oluvchi talabalr
Kurs ishining maqsadi: Pedagogika oliy ta’limida bo‘lajak o‘qituvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, moddiy bazaning elementlari va boshqa ko‘plab vositalar yordamida ta’limga moslashtirish jarayoni amalga oshirish


Kurs ishining vazifalari: Pedagogik mahoratga berilgan ta’riflar shuncha ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir jihatlari albatta ifodalanadi. Pedagoglik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon etiladi, yosh individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktabgacha ta’lim hayoti kichik pedagogik jarayon bo‘lib juda xilma -xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa pedagogdan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab qiladi
Kurs ishining metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning nutq va ma'ruzalarida ta’limni rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir fikrlari hamda yondashuvlari, O`zbеkiston Rеspublikasi Hukumati, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ta'limni sifat va samaradorligini ta'minlashga qaratilgan mе'yoriy Hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, mavzuga oid ilmiy-­pеdagogik, psixologik, mеtodik manbalari
Kurs ishining metodlari:
-Pedagogik kuzatuv
-Suhbat va test

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATGA EGA BO’LISHINING MAZMUNI



Pedagog juda yuksak darajadagi madaniyatga ega bo‘lgan shaxs. U juda ko‘p narsani bilishi kerak. Hozirgi zamonda o‘zi o‘qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo‘lishi kerak. Tarbiyalanuvchilarni har kuni mashg‘ulotlarni o‘rgatib borish uchun o‘zi muntazam o‘qib, o‘rganib, o‘z bilimini to‘ldirib, chuqurlashtirib borishi kerak. Demak, pedagog, pedagogik mahoratining asosiysi o‘z ustida mustaqil o‘qishidir. O‘zbekiston mustaqillika erishgandan keyin ta’lim-tarbiya sohasida, milliy ahloq–odobni qayta tiklash borasida, milliy urf–odatlar ana’nalarni joy-joyiga qo‘yish milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish xususida buyuk burilishlar bo‘lgani barchaga ayon. Davlatning buyuk kelajagi, albatta, yoshlarni chuqur bilim va pokiza odob-ahloqli qalb egasi ekanligini yoddan chiqarmaslik lozim. Pedagogik mahorat – tug‘ma yoki nasldan–naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Bu ko‘p qirrali pedagogik faoliyat zamirida ijodiy mehnat yotadi. Agar pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qarasa, u holda birinchi o‘ringa uning integral sifati – mahoratidan iborat. Pedagogika oliy ta’limida bo‘lajak o‘qituvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, moddiy bazaning elementlari va boshqa ko‘plab vositalar yordamida ta’limga moslashtirish jarayoni amalga oshiriladi. Mukammal pedagogik sistemani Yan Amos Komenskiy yaratdi. U o‘z davrining ilg‘or g‘oyalariga tayangan holda “hammaning hamma narsaga o‘rgatish" to‘g‘risida da’vat bilan chiqdi. Uning “Buyuk didaktika” degan katta risolasi nazariy pedagogikaning ilk asarlaridan hisoblanadi. Pedagogikaning ilmiy asoslarini tuzishga J.J.Russo (1712-1858), (I.G.Pestolotsiy, A.Destervenrg, R.OUEN (17711-1858), A.N.Radiщev (1749-1802), V.G.Belinskiy, A.Gersen, I.I.Pirogov, N.G.Chernishevskiy (1822-1899), N.D.Dobrolyubov ko‘p yordam qildilar. Pedagogika nazariyasining rivojlanishiga K.D.Ushinskiy buyuk hissa qo‘shdi. Uni rus pedagogikasining otasi deb atashadi. Har qanday fanning ajralib turishi va normal faoliyat ko‘rsatishi uchun uning o‘zida muqarrar shart bo‘lib hisoblanadi.
Pedagogika ta’lim tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatadi. Tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beradi. Shu asosda ta’lim tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Bugun mustaqillik davrida istiqlol g‘oyalari ruhida qadimgi xalq an’anasini tiklash, ta’minlash tarbiyada boy rang-barang xalq pedagogikasidan foydalanish davri keldi. Zamonaviy tarbiya ishida o‘zining mohiyatini yo‘qotmagan xalq pedagogikasining g‘oyaviy xazinasi va buyuk yutuqlari sifatida epos, ertak, lapar, maqol, tez aytish, topishmoq kabi janrlar mustaqillik davrida yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishida o‘zini tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi. O‘zini o‘zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o‘z amaliy harakatlari mohiyatining o‘rganilishidir. O‘zini o‘zi tahlil qilish orqali pedagog o‘zini o‘zi ob’ektiv baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zero, pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishida ularning o‘z-o‘zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir. O‘zini o‘zi baholash (O‘O‘B) – shaxsning o‘z-o‘zini tahlil qilishi orqali o‘ziga baho berishi. O‘zini o‘zi baholash sub’ekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga ob’ektiv baho berish, o‘zidan qoniqishni ta’minlaydi. O‘z-o‘zini baholash shaxsning qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi pedagogning ham o‘zini o‘zi samarali baholay olishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi.
MUHOKAMA
Pedagoglik kasbi o‘z mohiyatiga ko‘ra individualdir. Har bir pedagogning hayotiy o‘rni o‘z ishining ustasi bo‘lishi, usta (master) juda ilg‘or, bilimdon yoki o‘z ishini mohirlik bilan bajaruvchi deb ifodalanadi. Pedagoglik mahorati uning faoliyatida ko‘rinadi. Pedagog eng avvalo, pedagogik jarayon qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo‘lishi lozim. Shu ma’noda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga ega . Mahorat – bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada usta bo‘lish mumkin emas. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chog‘idagina go‘zaldir. Pedagogik mahoratga erishish pedagogning muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak darajada pedagogik faoliyatining taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek,pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqorolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi. Pedagogik mahorat kategoriya sifatida o‘zining ilmiy asoslariga ega. So‘nggi yillardagi ilmiy yondashuvlar bu holatga nisbatan quydagicha xulosa qilishga imkon berdi: pedagogik mahorat kasbiy faoliyatdagi induviduallikning yorqin ko‘rinishi sifatida tushuniladi.
2. PEDAGOG SHAXSI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
O‘z davrlarida Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Yan Amos Komenskiy, Lev Tolstoy, Abdulla Avloniy va boshqalar o‘z asarlarida o‘qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o‘qituvchi shaxsida aks etishi zarur bo‘lgan sifatlar xususidagi qarashlarni yoritish orqali o‘zlari ham pedagogik madaniyatga ega ekanliklarini namoyon etganlar. Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo‘lmagan shaxs taʼlim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini taʼminlovchi fikrga ega bo‘lmasligi xususida atroflicha mulohazalar yuritilgan Pedagoglik kasbi, uning paydo bo‘lishi va ravnaq topishining tarixiy jihatlariga nazar solar ekanmiz, pedagoglik kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog‘liqligini anglaymiz. Terib-termalab kun kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o‘zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o‘simliklarning ildizini kavlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni o‘rgatganlar. Bunday harakatlar qabila va urug‘ning tajribali kishilari
yoki keksalar tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo‘lida olib borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar orqali maʼlumotlar berib, ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirganlar. Turli tovushlarni chiqarish yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida o‘zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo‘lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo‘lishi, shuningdek, urug‘ jamoasi tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan munosabatning ilg‘or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi.
O‘z davrining mashhur pedagog-gumanisti, chexlik yozuvchi Yan Amos Komenskiy o‘qituvchining bola dunyoqarashini rivojlantirishdagi roliga katta baho berib, o‘qituvchilik “yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb” ekanligini yozib qoldiradi. Muallifning fikricha, pedagog o‘z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o‘z qadr-qimmatini to‘la baholay bilishi zarur. Yan Komenskiy o‘qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o‘z ishini sevuvchi, o‘quvchilarga otalardek muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘otuvchi, o‘quvchilarni o‘z ortidan ergashtiruvchi va diniy eʼtiqod fazilatlarining namoyon bo‘lishi maqsadga muvofiq ekanligiga urg‘u beradi. Taniqli rus pedagogi va adabiyotshunosi Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy o‘qituvchi maʼnaviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish zarurligi to‘g‘risida o‘z g‘oyalarini fikrlarida ilgari suradi. Mazkur g‘oyaning ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi jarayon – o‘qituvchilarni tayyorlovchi tizimni ilk bor asoslaydi. Bugungi kunda esa mamlakatimizda 2020-yil 24-sentabrda qabul qilingan “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun va unda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarni amaliyotda yangicha uslublar asosida qo‘llash Respublika maktabgacha taʼlim, oliy va o‘rta maxsus taʼlim hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining maʼnaviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog‘liqdir. Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilish mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Biror bir inson pedagoglik kasbini tanladimi, demak, u albatta, pedagog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablarga ham har tomonlama mos bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning maʼnaviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur? O‘qituvchi (pedagog)
pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus maʼlumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda taʼlim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs sanaladi. Bizning nazarimizda, zamonaviy o‘qituvchi-bakalavr qiyofasida ijobiy fazilatlar namoyon bo‘la olishi kerak. So‘z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o‘qituvchi-bakalavr tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifa, burch va masʼuliyatlarni o‘zida umumlashtiradi. Demak, o‘qituvchi-bakalavr jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli maʼlumotlarni bera olishi, zamonaviy o‘qituvchi sifatida ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan doimo xabardor bo‘lishi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega, o‘z ustida tinimsiz izlanishi, pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, taʼlim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi, taʼlim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga hamda ijodkorlik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi, yuksak darajadagi pedagogik mahorat, jumladan, kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika – nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest kabi jarayon qoidalarini chuqur o‘zlashtirib olgan bo‘lishi, nutq madaniyatiga amal qilishi, yaʼni uning nutqida jozibadorlik, aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik va turli dialektal so‘zlardan holilik aks etgan bo‘lishi, shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi lozim. O‘qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o‘zida bir qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. U eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni barataraf etishning uddasidan chiqa olishi darkor. O‘quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrini aniq va to‘la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o‘quvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini eʼtirof etishi, ularning yana-da boyishiga ishonch bildirishi u bilan ijobiy munosabat o‘rnatishga imkon beradi. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do‘stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi kasb etikasi nuqtayi nazaridan talab va qoidalarga kiradi. O‘qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-eʼtibor qozonishini taʼminlaydi. O‘qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat maʼnaviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini namoyon eta olishi, yetuk pedagog sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishni o‘zining kasbiy burchi, deb bilishi kerak. Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, taʼlim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, yangiliklardan xabardor bo‘lish, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish asosida rivojlanib boradi. Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufidagi Bosh ilmiy-metodik markaz qoshida tashkil etilgan Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq hamda mintaqaviy markazlarida kasbiy malakalarini oshirish, xalq taʼlimi tizimi bo‘yicha esa Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufida bo‘lgan Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti hamda Respublika taʼlim markazlarida o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirib borish, doimiy ravishda ilmiy anjumanlar – nazariy va amaliy konferensiya va seminarlar, pedagogik o‘qish hamda treninglarda faol ishtirok etish, O‘zbekiston va rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida ularning ish tajribalarini o‘rganish yoki stajirovka o‘tash orqali amalga oshiriladi. Yuqoridagi kabi talablar asosida pedagogik mahoratga ega bo‘lish taʼlim-tarbiya samaradorligini taʼminlash garovi bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda o‘qituvchining jamoadagi obro‘-eʼtiborini ham oshiradi, o‘quvchilarda unga nisbatan hurmat hissi shakllanib boradi. Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish – pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
3
Yüklə 127 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə