7
Tadqiqotning
asosiy
masalalari
va
farazlari.
Ma‘lumotlarni
intellektual tahlil etishning klasterizatsiya usullari, ularning qiyosiy tahlillari va
o‘qitish jarayoni uslubiyatini ilmiy-amaliy asoslash imkoniyatini beradi.
Muammoni o’rganganlik darajasi.
O‘qitish jarayonida ma‘lumotlarning
intellektual tahlilini qo‘llash, avtomatlashtirilgan shu sohada o‘qitishni tashkil
etish, qolaversa intellektual elementlarni o‘zida mujassamlashtirgan intellektual
o‘qitish tizimlarni tashkil etishining nazariy asoslari
hamda ularning amaliy
tadbig‘i borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ular usullar,
algoritmik vositalar ko‘rinishda o‘z aksini topgan. Ushbu ishlar Grigoriy
Piatetskiy, L.Zade, R.A.Fisher, A.A.Barsegyan, V.I.Vasilev, Ayvazyan S.A,
N.G.Zagoruyko, I.A.Chulkova, N.Paklin, Jan Jantzen va vatandoshlarimiz –
T.F.Bekmuratov,O.J.Bobomurodov,
Komarov
V.A,
M.M.Kamilov,
N.A.Ignatev, A.R.Axatov, O.N.Raximov izlanish natijalari hamda amaliy tadbiq
jarayonlarida o‘z aksini topgan.
O‘rganib chiqilgan ishlarda, intellektual tahlillar asosida o‘qitishni tashkil
etish elementlarining
modellari tadqiq qilingan, biroq intellektual tahlillar
asosida o‘qitish tizimini bilimlar bazasida ifodalash masalalari yetarlicha
o‘rganilmagan. Shu sababli, tadqiqot ishida intellektual o‘qitishni tashkil etishda
bilimlar bazasini
shakllantirish masalalari, shu orqali tizimning samarali ishini
yo‘lga qo‘yish vazifalarini chuqurroq tahlil etish va tadqiq qilishga asos bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: