O’zbekiston respublikasi axborot texnalogiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi



Yüklə 267,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix23.12.2023
ölçüsü267,39 Kb.
#154851
1   2   3   4   5   6
fotelektron asboblar

2.27-
rasmda
fotoeffektli fotoelementlarning xarakteristikasi keltirilgan. 
 
 
II.ASOSIY QISM 
Fotoelektron ko‘paytirgichlar 
Fotoelektron ko‘paytirgich tashqi fotoeffektli elektrovakuum 
fotoelementlarning xili hisoblanadi. Fotoelektron ko‘paytirgichlar rus injeneri
L.A.Kubetskiy tomonidan 1930-yilda ixtiro qilingan. 
Fotoelektron ko‘paytirgich deb, shunday fotoeffektli fotoelementga aytiladiki, 
unda fototok kuchayishi ikkilamchi elektron emissiyadan foydalanish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi (
2.28-rasm
). Fotoelektron ko‘paytirgichlarning kamchiligi vaqt 
o‘tishi bilan sezgirligining pasayishi (qarishi) hisoblanadi, undan tashqari ularga 
katta kuchlanishli manba talab qilinadi (2300 V gacha). 
Fotorezistorlar 


Yorug‘lik ta’siri ostida elektr o‘tkazuvchanligi o‘zgaradigan asboblarga 
fotorezistorlar deyiladi. Fotorezistorlarda material sifatida selen, talliy, svines, 
vismut, kadmiy va boshqa yarimo‘tkazgichlar ishlatiladi. Yarimo‘tkazgichni 
yoritishda o‘tkazuvchi maydondan o‘tadigan elektronlar soni va elektr 
o‘tkazuvchanligi ortadi. 
Yorug‘lik tavsifi, volt-amper tavsifi, spektral tavsifi fotorezistorlarning asosiy 
tavsiflari hisoblanadi. Fotorezistorlar integral sezgirligining yuqoriligi sababli,
ular avtomatika va telemexanikaning ba’zi bir qurilmalarida keng ishlatiladi 
(2.29-
rasm) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Quyosh fotoelementlari va fotodiodlar, ularning ishlatiladigan sohasi 
Ventilli fotoelementlarda yorug‘lik energiyasi to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr
energiyasiga aylanadi, shuning uchun ularga begona tok manbalari kerak 
bo‘lmaydi. 1954-yildan boshlab ventil fotoelementlari quyosh batareyalarini 
yasashda ishlatilmoqda. Bunday quyosh batareyalarini Yerning sun’iy 
yo‘ldoshlarida muvaffaqiyatli ishlatilib kelinmoqda. O‘zbekistonda bunday 


batareya Тoshkent viloyatining Kumushkon qishlog‘ida joylashgan. Quyosh 
fotoelementining tuzilishi juda oddiydir. U n-tipidagi kremniy plastinkasidan iborat
bo‘lib, unga mishyak atomi aralashma sifatida kiritilgan. Plastinka yuzasiga
diffuziya orqali vakuumda bor elementi kirgiziladi, u teshikli elektr o‘tkazuvchi 
maydon hosil qiladi (
2.30-rasm
). p –elektr o‘tkazuvchanlikning qalinligi 2ч3 mkm 
dan 
oshmaydi, shuning uchun yorug‘lik energiyasi p-n o‘tish hududiga oson kiradi. 


Elektron-teshik o‘tishi teskari qarshiligining yorug‘lik ta’sirida o‘zgarishi 
xususiyatini ishlatadigan asbobga fotodiod deyiladi. Fotodiodlarning sezgirligi juda
yuqori bo‘lganligi ularni hisoblash va o‘lchov texnikasi avtomatikasi qurilmalarida 
ishlatishga imkon beradi 

Yüklə 267,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə