O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari


Foydalanilgan Adabiyotlar



Yüklə 97,19 Kb.
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü97,19 Kb.
#158723
1   2   3   4   5   6
Elektron sxema simulyatori. Elektr kattaliklar va ularni tadqiq etish.

Foydalanilgan Adabiyotlar:


1. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy xususiyatlari, falsafiy va tarixiy ildizlari. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent 2001 y.
2. G’oya va mafkura. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent
2001 y.
3. Milliy istiqlol g’oyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent 2001 y.
4. Markaziy Osiyo: g’oyaviy jarayonlar va mafkuraviy tahdid. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent — 2001 y.
5. Milliy istiqlol g’oyasining amal qilish tamoyillari. Toshkent 2001 y.
6. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent — 2001 y.
7. Milliy g’oya inson va zamon. mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent — 2001 y.
8. Milliy istiqlol g’oyasi: nazariya va amaliyot. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent — 2001 y.
9. O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti va mafkuraviy jarayonlar. mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent 2001 y.
10. Insoniyat tarixi g’oya va mafkuralar tarixidir. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent — 2001 y.

Elektr zanjirlarning asosiy elementlari. Elektr sxemalari Kirxgof qununlari asosida hisoblash va tahlil qilish
Reja:

  1. Elektr zanjirlarning asosiy elementlari.

  2. Elektr sxemalari Kirxgof qununlari.

  3. Elektr sxemalari Kirxgof qununlari asosida hisoblash va tahlil qilish.

  • Xulosa.

  • Foydalanilgan adabiyotlar.

Elektromagnit energiya manbalari, elektromagnit energiyasini o’zgartiruvchi va uzatuvchi qurilmalar shu energiyani qabul (iste’mol) qiluvchi obyektlari elektr zanjirlarning asosiy elementlari hisoblanadi.
Issiqlik, kimyoviy, yadroviy, mexanik, daryo suvlari va quyosh energiyalarini elektromagnit energiyasiga aylantirib beruvchi generatorlar elektromagnit energiya manbalari sifatida xizmat qiladi (lotincha: “generator” - ishlab chiqaruvchi).
Masalan, issiqlik energiyasidan foydalanganda, dastavval suv isitilib bug’ga aylantiriladi, bug’ esa bug’ turbinasini katta tezlikda aylantiradi. Undan olingan mexanik energiya esa elektr generatori orqali elektr energiyasiga aylanadi. Bunday elektr generatori turbogenerator deb ataladi. Yadroviy va quyosh energiyalari ham asosan suv bug’i vositasida turbogeneratorlar orqali elektr energiyasiga aylanadi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, dunyo miqyosida ishlab chiqariladigan barcha elektr energiyaning 85% dan ziyodi issiqlik energiyasidan olinadi.
Kimyoviy elektr manbalariga har xil galvanik, ya’ni kimyoviy reaksiyalar hisobiga tok hosil qiluvchi elementlar kiradi. Bu qatorga elektr energiyasini vaqtincha jamgarib qo’yuvchi elektr akkumulyatorlari ham kiradi.
Umuman olganda, mexanik energiyani suv turbinalari, shamol parraklari, kuchli dengiz to’lqinlari va shu kabi kuchlar hisobiga olish mumkin. Har bir holda ham mexanik energiya baribir elektr energiyasiga aylanadi.
Elektr tokini uzatuvchi liniyalarni, elektr tarmoqlar va ulagichuzgichlar elektromagnit yoki soddaroq qilib aytganda, elektr energiyasini uzatuvchi elementlar (qurilmalar) deb ataladi. Elektr energiyasini o’zgartirishda esa har xil transformator, invertor, tok to’grilagich, chastota o’zgartirgich hamda shu kabi apparat va asboblar qatnashadi. Bular ichida, masalan, eng ko’p tarqalgan transformatorlar yordamida o’zgaruvchi tok va kuchlanishlarning amplitudalarini ixtiyoriy miqyosda o’zgartirish mumkin. Yarim o’tkazgichli to’grilagich o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirsa, invertor shunga teskari vazifani bajaradi va h.k.
Va nihoyat, elektr energiyasini iste‟mol qiluvchi elementlarga o’tadigan bo’lsak, birinchi navbatda metall simlardan yasalgan aktiv qarshiliklarni olishimiz kerak. Bu qarshiliklarda (yoki rezistorlarda) elektr energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi: elektr lampalari, elektr pechlar (o’choqlar), elektr dazmollari va suv qaynatgichlari bunga yaqqol misol bo’la oladi. Elektr iste’molchilaridan yana biri elektr yuritgichlar (motorlar, dvigatellar) dir. Ular elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi. Elektr energiyasi iste’molchilar yordamida energiyaning yana boshqa turlariga (radio orqali – tovush energiyasiga, akkumulyatorda – kimyoviy energiyaga va h.k.) aylanishi mumkin.
Umuman olganda, elektr zanjir elementlari ko’p funksional (ya’ni ko’p vazifa bajaradigan) bo’lgani sababli, ular zimmasiga turli talablar (energiyani aniq miqdorda o’zgartirish (yoki uzatish), uni sifatini saqlash, yuqori foydali ish koeffitsiyentiga va davomli ish bajarish qobiliyatiga ega bo’lish, ishonchlilik garovi va h.k.) qo’yilgan bo’ladi. Har qanday murakkab elektr zanjir, o’z tarkibidagi elementlar soni va ulanish shaklidan qat’i nazar, asosan ikki turkumga bo’lingan bo’ladi. Agar zanjir (yoki uning biror qismi) o’z tarkibiga e.yu.k. yoki tok manbalarini olgan bo’lsa, bunday zanjir (yoki uning qismi) aktiv hisoblanadi. Agarda ularning tarkibida elektr manbalari bo’lmasa (yoki bo’la turib, bir-biriga qarama-qarshi va teng ta’sirli bo’lsa), zanjir (yoki uning qismi) passiv hisoblanadi.
Bunday zanjirlarni aktiv va passiv ikkiqutbliklar deb ham aytamiz.
1-rasm. 2-rasm.
1-rasmdagi zanjir aktiv va passiv qismlardan iborat. Ular tegishlicha A va P harflar bilan belgilangan.
Agar zanjirni 1-2 chiziq yordamida ikkiga ajratsak, ikkita mustaqil – aktiv va passiv zanjirlar chiqadi.
Ko’rinib turibdiki, qutblar (yoki tashqi zanjirga ulanuvchi simlar) ixtiyoriy bo’lishi mumkin. Masalan, 2-rasmda aktiv uchqutblik bilan passiv beshqutblik yagona murakkab zanjir tashkil qilganlar.

Yüklə 97,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə