O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari


Mujassam (yig’iq) va tarqoq parametrli zanjirlar to’g’risida tushunchalar



Yüklə 97,19 Kb.
səhifə5/6
tarix24.12.2023
ölçüsü97,19 Kb.
#158723
1   2   3   4   5   6
Elektron sxema simulyatori. Elektr kattaliklar va ularni tadqiq etish.

Mujassam (yig’iq) va tarqoq parametrli zanjirlar to’g’risida tushunchalar
Yuqorida uch xil aniq (R, L, va C) parametrlarga ega bo’lgan elektr zanjir qurilgan edi (3-rasm). Bu zanjir mujassam (yoki yig’iq) parametrli zanjir hisoblanadi, ya’ni uning har bir elementi yagona xususiyatga ega deb qabul qilingan. Qarshilik R ga sig’im yoki induktivlik xos emas, induktivlik L ga esa sig’im va aktiv qarshilik xos emas va h.k. Amalda esa elementlarni bunday ideal (mukammal) qilib ko’rsatish haqiqatni nazariya nuqtayi nazaridan buzishga olib keladi. Chunki aslida yakka xususiyatli element, aniqrog’i, ko’rsatilgan parametrli buyum (reostat, induktiv g’altak yoki kondensator) tayyorlab bo’lmaydi.
Masalan, reostatni olaylik. U faqat aktiv qarshilikka ega deb hisoblab bo’lmaydi. Chunki uning simlari silindrik yuzada g’altaksimon joylashgan bo’ladi. Demak, reostat atrofida kuchsiz bo’lsa-da magnit maydoni hosil bo’ladi. Bu – reostat LR induktivlikka ega deganidir. Endi har bir o’ram yondosh o’ramdan o’tkazgich bo’lmagan vosita yordamida ajratilganini (izolatsialanganini) hisobga olsak, ular o’rtasida elementar (juda kichik bo’lgan) sig’im CR paydo bo’lishini inkor eta o’lmaydi. Bundan chiqadiki, oddiy reostat uchala parametrga ham ega ekan. Ammo maxsus materialdan yasalgani tufayli, aktiv qarshilik shunchalik R-parametrga boy bo’ladiki, uning oldida LR va CR parametrlari hisobga olib bo’lmaydigan darajada kichrayib ketadi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, reostatning LR va CR parametrlari asosan katta (bir necha yuz kilo gersli) chastotalarda seziladi xolos.
Xulosa:induktiv g’altak simdan yasalgani uchun, u Rl aktiv qarshiligiga ega bo’lmasdan iloji yo’q. Reostat kabi o’ramlararo CL - sig’imdan ham ozod emas. Va nihoyat, dielektrikdan iborat kondensator ideal sig’im bo’la olmaydi. Chunki unda biroz bo’lsa-da o’tkazgich toki (erkin elektronlar hisobiga) bo’ladi. Demak, unda RC qarshilik yoki to’g’rirog’i, gc o’tkazuvchanlik yo’q emas. Lekin RL, CL va gc parametrlar o’ta kichik miqdorda bo’lgani sababli, ular hisoblashilmaydi.



Yüklə 97,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə