Oʻzbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/93
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#180584
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93
Тармоқ хавфсизлиги 16 шрифт

 
Nazorat savollari 
1.
Manzillarni translatsiya qilish (NAT) usullarini keltiring? 
2.
Statik NAT Dinamik NAT dan qanday farqlanadi? 
3.
PAT ning ishlash prinsipini tushuntirib bering. 
4.
Tarmoqda qanday turdagi manzillar mavjud. 
9-LABORATORIYA ISHI 
TARMOQNI HIMOYALASH PROTOKOLLARI SCP, SNMP 
NI SOZLASH VA LOG FAYLLARNI TADQIQ ETISH 
Ishdan maqsad: 
SCP va SNMP tarmoqlarini himoya qilish 
protokollari, log fayllari va Syslog serverining sozlash koʻnikmalarini 
hosil qilish. 


113 
Nazariy qism 
Tarmoqni himoyalash protokollari SCP va SNMP 
Telnet protokolida barcha ma’lumotlar ochiq koʻrinishda 
uzatiladi va buzgʻunchi ularni osonlik bilan egallab olishi mumkin. 
Telnetga alternativ sifatida SHH protokoli taklif qilingan boʻlib, unda 
barcha ma’lumotlar shifrlanadi. HTTP va HTTPS protokollarida ham 
shunga oʻxshash holat. 
Biroq, tarmoq qurilmalari bilan ishlashda yuqorida keltirilgan 
protokollarga kamdan-kam murojat qilinadi. Quyida biz ularning 
koʻproq himoyalangan versiyalari hisoblangan yana bir nechta 
mashhur protokollarni koʻrib chiqamiz. 
SCP.
Tizim 
administratorlari 
oldida 
qurilmalarning 
proshivkalarini qayta yuklash boʻyicha vazifalar judayam tez-tez 
yuzaga keladi. Buning uchun qurilmaga yangi proshivkani “tashlash” 
kerak boʻladi, bu odatda TFTP yoki FTP-server yordamida qilinadi. 
Texnologiya juda eski hisoblanadi, ammo bunday serverlar bir nechta 
harakat bilan kuchaytirilishi mumkin.(9.1-rasm) 
SCP secure copy
Local
Masofadagi qurilma
9.1-rasm. SCP protokolini ishlash prinsipi 
Ushbu protokollar 
(TFTP va FTP) 
yana 
qurilmalar 
konfiguratsiyalarini Zahira nusxalash uchun koʻp ishlatiladi. 
Shubhasiz koʻpchilik quyidagiga oʻxshash buyruqlar bilan tanish: 
Router#copy running-config tftp: 
Ushbu buyruq bilan joriy konfiguratsiyani masofviy TFTP-
serverga nusxalaydi. 


114 
Yoki teskari holat, TFTP yoki FTP-server konfiguratsiyani 
qayta tiklash uchun ishlatiladi: 
Router#copy tftp: running-config 
Ammo 
ahamiyatli 
konfiguratsiya 
bilan 
ishlashda 
himoyalanmagan TFTP yoki FTP-serverlardan foydalanish umuman 
mumkin emas. Telnet protokoliga oʻxshab, ushbu protokollar barcha 
ma’lumotlarni ochiq koʻrinishda uzatadi, bu buzgʻunchiga juda 
qimmatli axborotni – sizning qurilmangizning konfiguratsiyasini 
egallab olish imkonini beradi. Bunday muammoni yechish uchun SCP 
singari yaxshiroq himoyalangan protokol mavjud. 
SCP (secure copy)
– fayllarni nusxalash protokoli, u transport 
sifatida SHH ni ishlatadi (ya’ni, barcha uzatiluvchi fayllar shifrlanadi). 
Ushbu protokol ishlashi uchun SCP-server za’rur. SSH-server xizmati 
yoqilgan istalgan Linux distributivi SCP-server hisoblanadi. Windows 
uchun SCP-server sifatida maxsus dasturiy ta’minotlar mavjud, 
masalan Solarwinds SFTP/SCP server (bepul versiyalari mavjud). 
Zahira nusxalash jaroyonining oʻzi quyidagicha amalga oshiriladi: 
Router#copy 
running-config 
scp://user:password@192.168.1.100/ 
Cisco-Conf/Router1.config 
Ushbu buyruq bilan biz 192.168.1.100 ip-adresli SCP-
serverning 
Cisco-Conf 
deb 
nomlangan 
papkasiga 
joriy 
konfiguratsiyani nusxalaymiz, fayl esa Router1.config degan nom 
oladi. SCP-serverga ulanish uchun serverda oldindan yaratilgan login 
va parol ishlatiladi. Bunda barcha uzatiluvchi axborot shifrlanadi. 
SNMP. SNMP – Simple Network Management Protocol.
Agar 
soʻzma-soʻz tarjima qilsak, “oddiy tarmoqni boshqarish protokoli” 
jumlasi kelib chiqadi. Bunday nomlanishiga qaramasdan, ushbu 
protokol aynan boshqarish uchun juda kamdan-kam ishlatiladi. SNMP 
koʻpincha monitoring (protsessor temperaturasi, kanal yuklanishi, 
boʻsh operativ xotira va boshqalar) uchun ishlatiladi. 
SNMP - UDP / TCP arxitekturasi asosida IP-tarmoqlarda 
qurilmani boshqarish uchun standart Internet protokoli. SNMP 
yoqilgan qurilmalar tarkibiga marshrutizatorlar, komutatorlar, 
serverlar, ishchi stansiyalari, printerlar, modemlar va boshqalar kiradi. 
Protokol odatda tarmoqni boshqarish tizimlarida administrator 


115 
e'tiborini talab qiladigan sharoitlarda tarmoq qurilmalarini kuzatishda 
ishlatiladi. SNMP Internet Engineering Task Force (IETF) tomonidan 
TCP / IP tarkibiy qismi sifatida kiritildi. U dasturni boshqarish 
protokoli, ma'lumotlar bazasi sxemasi va ma'lumotlar ob'ektlari 
toʻplamini oʻz ichiga olgan tarmoqni boshqarish standartlari 
toʻplamidan iborat. 
SNMP 
boshqariladigan 
tizimning 
konfiguratsiyasini 
tavsiflovchi oʻzgaruvchilar shaklida boshqaruv ma'lumotlarini taqdim 
etadi. Ushbu oʻzgaruvchilarni boshqarish dasturlari soʻrashi mumkin 
(va ba'zida oʻrnatilishi mumkin). 
Protokolning uch versiyasi mavjud: SNMPv1, SNMPv2c va 
SNMPv3. Batafsil tahlil qilmasdan shu xulosani keltirish mumkinki, 
SNMPv3 paydo boʻlgangacha SNMP ning asosiy muammosi aynan 
xavfsizlik boʻlgan. Protokolning dastlabki ikkita versiyasi juda 
kuchsiz autentifikatsiya mexanizmiga ega, mohiyatan u ochiq 
koʻrinishda uzatiladigan faqatgina bitta parol (birikmalar qatori) dan 
tashkil topgan. Bu juda jiddiy zaiflik, buzgʻunchi ushbu parolni qoʻlga 
kiritish imkoniyatiga ega boʻladi, undan keyin u SNMP ishga 
tushirilgan qurilmadan barcha zaruriy axborotlarni olishi mumkin. 
Agar siz SNMP ni boshqarish uchun ishlatsangiz, unda xavfsizlik 
bilan bogʻliq vaziyat yana ham koʻproq diqqat talab qiladi. 
Ushbu xavfsizlik muammosini yechish uchun SNMPv3 
protokoli yaratilgan, u uchta variantda ishlatilishi mumkin: 
1. noAuthNoPriv – parollar ochiq koʻrinishda uzatiladi, 
ma’lumotlar konfidensialligi mavjud emas; 
2. authNoPriv – konfidensialliksiz autentifikatsiya; 
3. authPriv – autentifikatsiya va shifrlash. 
Asosiy tushunchalar tahlili. 
SNMPdan foydalanishda bir yoki 
bir nechta ma'muriy kompyuterlar (menejerlar deb ataladigan dasturlar 
ishlaydigan) xostlar guruhini nazorat qiladi yoki boshqaradi hamda 
kompyuter tarmogʻidagi har bir boshqariladigan tizimda menejerga 
SNMP orqali ma'lumot yetkazib beradigan agent deb nomlangan 
doimiy ishlaydigan dastur mavjud boʻladi. 
SNMP 
menejerlari 
boshqariladigan 
tizimlarning 
konfiguratsiyasi va ishlashi toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni qayta ishlaydi 
va ularni SNMP-ni qoʻllab-quvvatlash uchun qulay boʻlgan ichki 
formatga aylantiradi. Protokol shuningdek, ushbu oʻzgaruvchilarni 
masofadan oʻzgartirish orqali yangi konfiguratsiyani oʻzgartirish va 


116 
qoʻllash kabi faol boshqaruv vazifalariga ruxsat beradi. SNMP orqali 
mavjud boʻlgan oʻzgaruvchilar ierarxiyada tashkil etiladi. Ushbu 
ierarxiyalar, 
boshqa 
metama'lumotlar 
singari 
(masalan, 
oʻzgaruvchining turi va tavsifi) boshqaruv ma'lumot bazalari (MIB - 
Management information base) tomonidan tavsiflanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə