Oʻzbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/93
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#180584
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93
Тармоқ хавфсизлиги 16 шрифт

Topshiriq 

9.14-rasmda keltirilgan tarmoq topologiyasini Cisco Packet 
Tracer dasturida tuzing;

Qurilmalarga berilgan tarmoqlar bo’yicha manzil bering; 

SYSLOG serverini sozlashni amalg aoshiring; 

Qurilgan topologiyani testlab ko’ring. 
9.14-rasm. Tarmoq topologiyasi
 
Nazorat savollari 
1. SCP protokolining vazifasi nimadan iborat. 


132 
2. SCP protokolining ishlash tamoyillarini tushintiring. 
3. SNMP protokolining vazifasi nimadan iborat. 
4. SNMP protokolining ishlash tamoyillarini tushintiring. 
5. Loglar (logs) nima uchun ishlatiladi? 
6. Loglash darajalari haqida ma’lumot bering. 
10-LABORATORIYA ISHI 
AAA SERVERDA AUTENTIFIKATSIYA REJIMINI SOZLASH 
(RADIUS, TACACS+) 
Ishdan 
maqsad: 
Ma’lumot 
uzatish 
tarmoqlarida 
autentifikatsiya, avtorizatsiya va hisobga olish protokollarini sozlash
hamda amaliy koʻnikmaga ega boʻlish. 
Nazariy qism 
AAA (Authentication, Authorization, Accounting) mexanizmi 
ulanishni taqdim etish jarayonini tavsiflash va uning ustidan nazorat 
qilish uchun ishlatiladi. 
Autentifikatsiyalash (Authentication)
- bu soʻrovni xavfsizlik 
tizimidagi mavjud roʻyxatga olish yozuvi bilan taqqoslash 
hisoblanadi. Bu login, parol, sertifikat, smart-karta va boshqalar 
boʻyicha amalga oshiriladi. 
Avtorizatsiya (Authorization)
(vakolatlarni, ulanish darajasini 
tekshirish) 
– 
tizimdagi 
mavjud 
roʻyxatga 
olish 
yozuvi 
(autentifikatsiyalashdan oʻtgan shaxsni) va ma’lum vakolatlarni (yoki 
ulanishga ta’qiqlashni) taqqoslash hisoblanadi. 
Hisobga olish (Accounting)
- bu foydalanuvchi tomonidan 
tizimning resurslaridan foydalanilishi haqida ma’lumotlarni toʻplash 
hisoblanadi. 
Koʻp tizimlarga ega boʻlgan (serverlar, ATS, WI-FI, binolar va 
boshqalar) tashkilotni (masalan, universitet) misol qilib oladigan 
boʻlsak, har bir tizimda bir xil foydalanuvchini roʻyxatdan oʻtkazishi 
kerak boʻladi. Buni amalga oshirrmaslik uchun AAA-server 
oʻrnatilgan va barcha foydalanuvchilar faqat unda roʻyxatdan oʻtgan 
boʻlishi kerak. Tashkilotning barcha tizimlari AAA-serverga 
ulanishadi. 
Ishlash algoritmi: 


133 
1. foydalanuvchi tizimga autentifikatsiya qilish uchun soʻrov 
yuboradi (parol, kalit va boshqalar); 
2. tizim uni AAA-serverga uzatadi (chunki u tasdiqlay 
olmaydi); 
3. AAA-server tizimga javob yuboradi; 
4. foydalanuvchi kirish huquqini oladi yoki olmaydi. 
FTP
WWW
proxy
Ma lumotlar ba zasi
AAA
Autentifikatsiya
Avtorizatsiya
Ma murlash
Tijorat
Pochta
Nusxalash
WI-FI
ATS
10.1-rasm. AAA protokolini ishlash prinsipi 
AAA serverining asosiy protokollari. 

RADIUS, DIAMETER 

TACACS, TACACS+ (Cisco kompaniyasiniki) 
RADIUS protokoli
(
Remote Authentication in Dial-In User 
Service
) serverga kirish va hisobga olish uchun autentifikatsiya 
protokoli sifatida Livingston Enterprises, Inc. kompaniyasi tomonidan 
ishlab chiqilgan. Hozirda RADIUS spesifikatsiyasi (RFC 2058) va 
RADIUS ma’murlash standarti (RFC 2059) IETF tomonidan umumiy 
qabul qilingan standartlar sifatida tasdiqlash uchun taklif qilinmoqda. 
RADIUS 
protokoli 
haqiqiylikni, 
avtorizatsiyalashni 
va 
roʻyxatga olishni tekshirishni amalga oshirish uchun ishlatiladi. 
RADIUS-mijoz (odatda masofadan ulanish serveri, VPN-server, 
simsiz tarmoqqa ulanish nuqtasi va h.k.) foydalanuvchining roʻyxatga 
olish ma’lumotlarini va RADIUS xabar shaklidagi ulanish 


134 
parametrlarini RADIUS -serverga joʻnatadi. Server haqiqiylikni 
tekshiradi va mijozning soʻrovini avtorizatsiyalaydi, keyin esa teskari 
javob xabarini joʻnatadi. Mijozlar serverlarga roʻyxatga olish 
xabarlarni ham joʻnatadi. Bundan tashqari, RADIUS standarti proksi-
serverlardan foydalanishni qoʻllaydi. RADIUSning proksi-serveri bu 
RADIUS protokolini qoʻllaydigan tugunlar orasida RADIUS-
xabarlarni qayta uzatadigan kompyuter hisoblanadi.
RADIUS - xabarlarni uzatilishi uchun UDP (User Datagram 
Protocol - Foydalanuvchi deytagramm protokoli) protokoli ishlatiladi. 
RADIUS haqiqiylikni tekshirish xabarlari uchun 1812 UDP-port, 
roʻyxatga olish xabarlari uchun esa 1813 UDP-port ishlatiladi. 
Tarmoqqa ayrim ulanish serverlari RADIUS haqiqiylikni tekshirish 
xabarlari uchun 1645 UDP-portni va RADIUS hisobga olish xabarlari 
uchun esa 1646 UDP-portni ishlatishi mumkin. 
NAS va RADIUS serverlari oʻrtasidagi aloqa UDP protokoli 
asosida amalga oshiriladi. Umuman olganda, RADIUS ulanish uchun 
ahamiyatsiz hisoblanadi. Serverning mavjudligi, qayta uzatish va vaqt 
tugashi bilan bogʻliq barcha muammolar RADIUS qurilmalari 
tomonidan boshqariladi, lekin uzatish protokoli oʻzi tomonidan emas. 
RADIUS protokoli “mijoz-server” texnologiyasiga asoslangan 
(10.2-rasm). RADIUS mijozi odatda NAS, RADIUS serveri esa 
UNIX yoki NT mashinasida ishlaydi. Mijoz ma'lum bir RADIUS 
serverlariga foydalanuvchi ma'lumotlarini yuboradi va keyin 
serverdan olingan koʻrsatmalar asosida ishlaydi. RADIUS serverlari 
foydalanuvchiga 
ulanish 
soʻrovlarini 
qabul 
qiladi, 
foydalanuvchilarning autentifikatsiyasini tasdiqlaydi va keyin mijoz 
foydalanuvchiga xizmat qilishi uchun kerak boʻlgan barcha 
konfiguratsiya ma'lumotlarini yuboradi. Boshqa RADIUS serverlari 
yoki identifikatorning boshqa turlari uchun RADIUS server proksi-
klient vazifasini bajarishi mumkin. 
TACACS protokoli (Terminal Access Controller Access Control 
System)- 
bu User Datagram Protocol (UDP) standartlariga asoslangan 
kirishni boshqarish boʻyicha oddiy protokol. 
TACACS + bu “mijoz-server” texnologiyasi asosida 
ishlaydigan protokol boʻlib, bu yerda TACACS + mijozi odatda NAS 
deb ataladi va TACACS + server odatda "demon" deb nomlanadi (bu 
jarayon UNIX yoki NT mashinasida ishlaydi). TACACS + 
protokolining asosiy tarkibiy qismi bu autentifikatsiya, avtorizatsiya 


135 
va ma’murlash (AAA - Authentication, Authorization, Accounting). 
Bu har qanday uzunlik va tarkibdagi autentifikatsiya xabarlarini 
almashtirishga imkon beradi va shuning uchun PPAC PAP, PPP 
CHAP, apparat kartalari va Kerberos kabi TACACS + mijozlari uchun 
har qanday autentifikatsiya mexanizmidan foydalanadi. 
Autentifikatsiya majburiy amalga oshirilmaydi. Ba'zi joylarda 
bu umuman talab qilinmaydi, boshqalarda u faqat cheklangan 
xizmatlar toʻplami uchun ishlatilishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə