Oʻzbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/93
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#180584
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93
Тармоқ хавфсизлиги 16 шрифт

Console Logging. 
Kommutatorga yoki marshrutizatorga konsol 
orqali ulanganingizdan soʻng, darhol loglarni koʻrasiz. Avtomatik 
tarzda loglashning 5-darajasi yoqilgan boʻladi. Agar qurilma yuklama 
ostida boʻlsa (ya'ni u orqali trafik oʻtayatgan boʻlsa), hech qanday 
holatda loglash darajasini oshirmasligingiz kerak, aks holda siz 
shunchaki konsolda ishlay olmaysiz, chunki doimiy ravishda loglar 
paydo boʻlishi buyruqlar yozishingizga toʻsqinlik qiladi. Bunga 
qoʻshimcha ravishda, agar siz oddiygina konsol kabelini tortib 


122 
olsangiz, u holda jurnallar konsolga yuborilishni davom ettiradi va 
qurilmadan muhim resurslarni iste'mol qiladi. 
Biroq, Console Logging eng qulay boʻlgan holatlar (odatda 
testlash bosqichida) mavjud, chunki qurilmani real vaqtda kuzatib 
borish imkoniyatini beradi. Loglash darajasini sozlash uchun quyidagi 
buyruqdan foydalaning: 
Router(config)#logging console 7 
yoki 
Router(config)#logging console debugging 
Agar loglar konsolda ishlashga xalaqit berishni boshlasa, unda 
loglash darajasini oʻzgartiring yoki ularni buyruq bilan oʻchirib 
qoʻying: 
R1(config)#no logging console 
Buffered Logging. 
Yuqorida aytib oʻtilganidek, loglar 
qurilmaning oʻzida, buferda – RAM xotirasida saqlanishi mumkin. 
Bunday holda siz ushbu bufer hajmini oʻzgartirishingiz va shu bilan 
loglash “chuqurligini” sozlashingiz mumkin. Bufer hajmini tanlashda 
siz juda ehtiyot boʻlishingiz kerak. Odatda u qurilmaning boʻsh 
operativ xotirasiga bogʻliq. Buferni juda kichik qilib oʻrnatib, boʻsh 
joy tugagandan soʻng ustiga yoziladigan muhim voqealarni oʻtkazib 
yuborish xavfi mavjud. Buferni juda katta tanlab, siz qurilmaning 
barcha boʻsh xotiralarini egallashingiz mumkin, bu esa noma'lum 
oqibatlarga olib keladi. 
Odatda, bufer hajmi 16 yoki 32 KB ga oʻrnatiladi. Soʻnggi 
zamonaviy qurilmalar loglar uchun bir necha megabayt operativ 
xotirani ajratishga imkon beradi. Oʻrnatish oddiy: 
Router(config)# logging on 
Router(config)# logging buffered 32768 
Router(config)# logging buffered informational 
Ushbu holatda biz oldin Buffered Logging ni yoqdik, soʻngra 
bufer hajmini 32 Kbayt qilib oʻrnatdik va loglash darajasini tanladik 


123 
(informational, ya’ni 6-chi). Loglarni koʻrish uchun imtiyozli 
rejimdan show log buyrugʻidan foydalaning. 
Hatto Syslog serveridan foydalansangiz ham, loglarni yigʻish 
usulini hech qachon e'tiborsiz qoldirmang. Syslog serveri ishlamay 
qolganda shunday holat boʻlishi mumkin, agar Buffered Logging 
ishlatmasangiz, jurnallar qaytarib boʻlmaydigan darajada yoʻqoladi. 
Terminal Logging. 
Avval aytib oʻtganimizdek, ba’zida Console 
Loggingdagi misolda boʻlgani kabi, loglarni real vaqtda koʻrishingiz 
kerak boʻlgan holatlar mavjud. Bunday holda, logni toʻgʻridan-toʻgʻri 
qurilma konsoliga chiqarish, buferdan xabarlarni koʻrsatish uchun 
show log buyrugʻini doimiy ravishda yozishdan koʻra ancha qulaydir. 
Ammo konsoldan foydalanish har doim ham mumkin emas. 
Masofaviy ulanish bilan nima qilish kerak (Telnet, SSH)? Ushbu 
muammoni hal qilish uchun terminal sessiyasida loglarni koʻrsatishga 
imkon beruvchi terminal monitor buyrugʻi mavjud. Bunday holda, siz 
loglash darajasini ham oʻrnatishingiz mumkin: 
Router(config)#logging monitor informational 
Router(config)#exit 
Router#terminal monitor 
Terminal monitor buyrugʻi global konfiguratsiya rejimidan 
emas, balki imtiyozli rejimdan kiritilganligini unutmang. Loglarni 
oʻchirish uchun terminal no monitor buyrugʻidan foydalaning. 
Terminal monitorni yoqayotganda, qurilmadagi yuklamaning 
koʻpayishi va loglash darajalarining ahamiyati haqida eslang. 
Shuningdek, siz ulangan kanalning oʻtkazuvchanligini hisobga olish 
kerak. Katta hajmdagi jurnallar bilan kanal toʻliq tiqilib qolishi 
mumkin, bu terminal sessiyasining tugashiga olib keladi (ya'ni siz 
boshqaruvni yoʻqotasiz). 
Juda kam hollarda Terminal Logging ishlatiladi. Uning oʻrniga, 
Syslog serveridan foydalanish ancha qulayroq. 
Syslog-server. 
Log-serverning asosiy vazifasi – barcha tarmoq 
qurilmalaridan loglarni markazlashkan yigʻish. 
Jurnallar ajratilgan log-serverda toʻplanadi, bunda diskda katta 
boʻsh joy boʻlishi mumkin, bu sizga hodisalarni ancha uzoq vaqt 
oraligʻida (6, 12 oy va undan ham koʻproq) saqlashga imkon beradi. 
Log-serverdan foydalanishda monitoring juda soddalashadi, chunki bu 


124 
holda voqealar jurnalini tekshirish uchun har bir qurilmaga ulanishga 
hojat yoʻq. Log-server har qanday jiddiy tarmoqning ajralmas 
elementidir(9.4-rasm). 
Jurnallarni yigʻish maxsus protokollar yordamida amalga 
oshiriladi. Syslog amalda standart hisoblanadi, shuning uchun Syslog 
serverini koʻpincha oddiygina Log Server deb atashadi. Ushbu 
protokol 514 (UDP) portidan foydalanadi va barcha ma'lumotlar ochiq 
koʻrinishda yuboriladi. Loglarni yigʻishning yana bir mashhur usuli – 
bu SNMP Traps hisoblanadi. Log-serverini tanlashda uning ushbu 
texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlashiga ishonch hosil qiling. 
9.4-rasm. Log-serverni ishlash prinsipi 
Log serverga Windows tizimlari uchun bepul versiyasiga ega 
boʻlgan Kiwi Syslog serverini misol qilib keltirish mumkin. Linux 
tizimlari uchun koʻproq tanlovlar mavjud. 
Shunisi e'tiborga loyiqki, loglarni saqlash zoʻr yechim emas. 
Tasavvur qiling, har kuni sizning tarmogʻingizda milliondan ortiq 
voqealar sodir boʻladi (bu oʻrta tarmoq uchun juda kamtar 
koʻrsatkich). Bundan tashqari, loglar nafaqat foydali ma'lumotlarni oʻz 
ichiga oladi. Ushbu tartibsizlik bilan qanday kurashish mumkin? 
Shuning uchun hozirgi kunda rivojlangan qidirish funksiyasi va 
voqealarni avtomatik tahlil qilish va oʻzaro bogʻliqligi boʻlgan Log 
serverlari juda mashhur boʻlib kelmoqda. Bu bizga katta miqdordagi 


125 
voqealar orasida eng muhimini ajratib olishga imkon beradi. Bunday 
log serverlari Log Management yoki SIEM tizimlari deb tasniflanadi.
Keling, loglarni maxsus log-serverga yuborish uchun Cisco 
qurilmalarini sozlashning boshlangʻich jarayonini koʻrib chiqamiz: 
Router(config)#logging host 192.168.1.100 \ Syslog-serveri adresi 
Router(config)#logging trap informational \6-darajali loglash 
Bundan tashqari, Syslog server barcha xabarlarni saralashiga 
asoslangan loglar toifalarini (facilities) sozlashingiz mumkin. Biroq, 
ushbu parametr tanlangan serverga bogʻliq, shuning uchun biz ushbu 
mavzuni koʻrib chiqmaymiz. 
SNMP Traps. 
SNMP Traps ning eng muhim ustunligi – ma’lum 
bir qurilma parametrlari bilan bogʻliq loglarni uzatish qobiliyatidir, 
masalan: protsessor harorati, tarmoq yuklamasi, konfiguratsiyadagi 
oʻzgarishlar va h.k. Bu loglar oddiygina toifalarga ajratilgan “klassik” 
loglash darajalaridan sezilarli darajada farq qiladi. SNMP Traplar dan 
foydalanib, siz loglar sonini sezilarli darajada kamaytira olasiz va 
faqatgina kerakli parametrlarni monitoring qilishingiz, qolgan 
“keraksiz xabar” lardan xalos boʻlishingiz mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə