O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


Elektr ta’minotiga texnik xizmat ko’rsatish



Yüklə 90,14 Kb.
səhifə3/32
tarix28.11.2023
ölçüsü90,14 Kb.
#133141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi andijon axborot -fayllar.org

Elektr ta’minotiga texnik xizmat ko’rsatish
Qurilishi to‘liq tugallangan issiqlik elektr stansiyalari (keyingi o‘rinlarda — IES), gidroelektr stansiyalari (keyingi o‘rinlarda — GES), quyosh elektr stansiyalari (keyingi o‘rinlarda — QES), shamol elektr stansiyalari (keyingi o‘rinlarda — ShES), boshqa ko‘rinishdagi alternativ va qayta tiklanuvchi tabiiy resurslardan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi hamda saqlovchi elektr stansiyalari, elektr va issiqlik tarmoqlari obyektlari, shuningdek, energetika obyektlarining murakkabligiga qarab ularni ishga tushirish navbatlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda ekspluatatsiyaga qabul qilinishi shart. Mazkur talablar, shuningdek, energetika obyektlarini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlashdan keyin ekspluatatsiyaga qabul qilishda ham tatbiq etiladi.

Energetika obyektlarini ishga tushirish navbatlari qurilishning oxirgi bosqichida ma’lum elektr qurilmalariga yoki umuman energetika obyektiga taalluqli bo‘lgan bino va inshootlar hamda obyektlar yig‘indisidan tarkib topgan, energetika obyektlari majmuasi to‘liq loyihaviy hajmining belgilangan parametrlarda normal ekspluatatsiya qilinishini ta’minlaydigan qismini o‘z ichiga olishi kerak (aniq elektr qurilmalariga bog‘liq bo‘lmagan holda).


Shu bilan birga, energetika obyektlari majmuasiga elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’molchilarga yetkazib berishni ta’minlaydigan quyidagilar kiritilishi mumkin: uskunalar, inshootlar, asosiy ishlab chiqarish qurilmalari, yordamchi-ishlab chiqarish qurilmalari, tegishli binolar (yordamchi, maishiy, transport, ta’mirlash, omborxona va boshqa binolar), dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari (keyingi o‘rinlarda — DTBV), aloqa vositalari, muhandislik kommunikatsiyalari, umumiy ovqatlanish punktlari, tibbiy punktlar va obodonlashtirilgan hududlar.
Mazkur energetika obyektlarining ishga tushirish loyihasida ko‘zda tutilgan jami ishchi-xodimlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari, yong‘in xavfsizligi talablari, tegishli suv havzalari va atmosfera havosini ifloslanishdan himoya qilish talablari bayon qilingan yo‘riqnomalar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
Energetika obyektlari loyihasi loyihalovchi tomonidan belgilangan muddatlarda ishlab chiqilishi va taqdim etilishi, buyurtmachi va bosh pudratchi bilan, boshqa davlatlar elektr energetikasi tizimlari o‘rtasida tizimlararo ahamiyatga ega bo‘lgan ishga tushirish energetika obyektlari majmuasi loyihasi esa “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi (keyingi o‘rinlarda — “Energiya” MDM) bilan kelishilgan bo‘lishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.
Bino va inshootlarni qurish va montaj qilish vaqtida uskunalar va inshootlarning tashkil etuvchi qismlarini faol ekanligini tekshirib olish lozim.
Uskunalar, bino va inshootlar ishchi komissiya tomonidan qabul qilinganda bosh pudratchi — qurilish tashkiloti buyurtmachiga amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalarida (keyingi o‘rinlarda — ShNQ) va sohada qabul qilish qoidalarda ko‘zda tutilgan hujjatlarni taqdim etishi kerak.
Ishga tushirish majmualarini, ularning navbatlarini yoki energetika obyektlarini butunligicha ekspluatatsiyaga qabul qilish ishchi komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 90,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə