O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

 
 
 
 
 
 
 


31 
II BOB. «AYBGA IQRORLIK TO‘G‘RISIDA KELISHUV» INSTITUTI 
TARAFLARINING VA SUDNING VAKOLATLARI 
2.1. “Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv”ni tuzish jarayonida prokurorning 
roli 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual qonunchiligiga ko‘ra aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzishda himoyachi va prokuror asosiy ahamiyatga ega 
protsess ishtirokchilari sanaladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-
protsessual kodeksining 382-moddasida prokurorning vakolatlari sanab o‘tilgan 
bo‘lib, ulardan biri sifatida gumon qilinuvchi va ayblanuvchi bilan aybga iqrorlik 
to‘g‘risida kelishuv tuzish vakolati ham keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 586
1
-moddasida aybga 
iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv va uni tuzish shartlariga alohida ta’rif berilgan bo‘lib, 
unga ko‘ra: “Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni o‘ziga 
nisbatan qo‘yilgan gumonga, ayblovga rozi bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol 
ko‘maklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki 
ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy 
xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan va og‘ir jinoyatlar bo‘yicha 
tuziladigan kelishuvdir”. Ushbu normadan kelib chiqadiki, nazorat qiluvchi 
prokuror aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv tuzish jarayonini boshqaruvchi va 
qonuniylikni ta’minlovchi markaziy ishtirokchidir. Bundan tashqari nazorat qiluvchi 
prokuror aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvning haqiqattan ham
1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi o‘z harakatlarining mohiyatini, shuningdek o‘zi 
bergan iltimosnomaning oqibatini anglab yetganligini; 
2) iltimosnoma ixtiyoriy ravishda va ishda ishtirok etayotgan himoyachi bilan 
maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan keyin berilganligini; 
3) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv yoki tergov organi tomonidan 
qo‘yilgan gumonni yoxud ayblovni, ish bo‘yicha mavjud bo‘lgan dalillarni
shuningdek yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini inkor etmaganligi hamda 
uni bartaraf etganligini tekshiradi. 


32 
Agar aybiga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni tuzish jarayonida quyudagi 
holatlar aniqlansa, kelishuv tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi: 
1) ushbu Kodeksning 61-bobida belgilangan tartibda tibbiy yo‘sindagi majburlov 
choralarini qo‘llash uchun asoslar mavjud bo‘lsa; 
2) shaxs tomonidan bir nechta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ulardan loaqal bittasi 
ushbu moddada belgilangan talablarga to‘g‘ri kelmasa. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsesual kodeksining 586
3
-moddasiga 
ko‘ra: “Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma jinoyat 
ishini yuritayotgan surishtiruvchiga, tergovchiga taqdim etiladi. Surishtiruvchi, 
tergovchi aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish to‘g‘risidagi iltimosnomani 
olgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida jinoyat ishi materiallarini kelishuv 
tuzish masalasini hal qilish uchun prokurorga yuboradi. Prokuror kelishuv tuzish 
to‘g‘risidagi iltimosnomani u kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat 
ichida surishtiruvchi yoki tergovchi hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning 
himoyachisi 
ishtirokida 
ko‘rib 
chiqadi 
va 
ushbu 
Kodeksning 586
1
-
moddasida ko‘rsatilgan talablarga rioya etilganligini tekshiradi. Zarur hollarda, 
prokuror jabrlanuvchini yoki fuqaroviy da’vogarni ham kelishuv tuzish masalasini 
ko‘rib chiqish uchun jalb qiladi”. Bundan tashqari, prokuror kelishuv tuzish haqidagi 
iltimosnomani ko‘rib chiqayotganda: 
1) jinoyat ishi materiallarini va taqdim qilingan yoki talab qilib olingan qo‘shimcha 
materiallarni o‘rganadi, kelishuv tuzishning asoslarini tekshiradi, shuningdek 
gumon qilinuvchining, ayblanuvchining kelishuv predmeti bo‘lgan harakatlarni 
amalga oshirish imkoniyatlarini baholaydi; 
2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvning barcha 
shartlari bilan tanishgan-tanishmaganligini, iltimosnomani ixtiyoriy ravishda va o‘z 
xohishi bilan, shuningdek himoyachi bilan muhokama qilganidan keyin bergan-
bermaganligini, unga nisbatan biron-bir tazyiq yoki majburlov o‘tkazilgan-


33 
o‘tkazilmaganligini, 
tuzilayotgan 
kelishuvning 
mohiyatini 
tushungan-
tushunmaganligini aniqlaydi. 
Shundan keyin prokuror, agar kelishuvga asosan hukm chiqarilib, jazo 
tayinlanganidan keyin gumon qilinuvchining, ayblanuvchining bila turib yolg‘on 
ko‘rsatuvlar berganligi yoki tergovdan biron-bir muhim va ish uchun ahamiyatli 
bo‘lgan ma’lumotlarni qasddan yashirganligi, kelishuvda nazarda tutilgan shartlar 
va majburiyatlarni bajarmaganligi aniqlansa, hukm qayta ko‘rib chiqilishi 
mumkinligini aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqida iltimosnoma bergan 
gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga tushuntiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsesual kodeksining 586
4
-moddasiga 
ko‘ra: “Prokuror aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani 
ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 
1) aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish 
haqida; 
2) aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani rad qilish 
to‘g‘risida. 
Prokuror tomonidan aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi 
iltimosnomaning rad qilinishi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va uning 
himoyachisini ushbu masala yuzasidan takroran iltimosnoma berish huquqidan 
mahrum etmaydi”. 
Endi esa e’tiborimizni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsesual 
kodeksining 586
5
-moddasida belgilanagan kelishuvning mazmuniga qaratamiz.

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə