O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak
, prokuror aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv 
tuzishda vakolatli shaxs hisoblanib, davlat nomidan jinoiy ta’qib ni amalga oshiradi 
hamda kelishuv tuzishda dastlabki tergov organlarining protsessual faoliyati ustidan 
nazorat qiladi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


41 
2.2.
 
“Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv”ni tuzishda himoyachining roli
“Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv”ni tuzishda himoyachining roli va 
ahamiyatiga to‘xtalib o‘tishdan oldin milliy qonunchiligimizdagi himoyachi haqida 
berilgan ta’rifga to‘xtalib o‘tishimiz zarur. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-
protsesual kodeksi 49-moddasiga ko‘ra: “Himoyachi gumon qilinuvchilarning, 
ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
qonunda belgilangan tartibda himoya qilishni amalga oshirish hamda ularga zarur 
yuridik yordam ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir. Ishda himoyachilar 
sifatida advokatlar ishtirok etishlari mumkin. Advokatning ishda ishtirok etishiga u 
advokat guvohnomasini ko‘rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli 
ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan keyin yo‘l qo‘yiladi. Gumon 
qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy 
vakillaridan birining advokat bilan bir qatorda himoyachi sifatida ishtirok etishiga 
gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosnomasi bo‘yicha 
surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sud ajrimiga binoan yo‘l qo‘yilishi 
mumkin. Himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday 
bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga bo‘lgan huquqi 
amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi”. Jinoyat-protsessual kodeksining 
50-moddasiga ko‘ra esa, “Himoyachi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, 
ularning qonuniy vakillari, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, 
sudlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif etiladi. 
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra 
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini 
ta’minlaydi. Tanlangan himoyachining yigirma to‘rt soat ichida ishda ishtirok 
etishga kirishishga imkoniyati bo‘lmagan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, 
prokuror yoki sud gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoxud 
ularning qarindoshlariga boshqa himoyachini taklif etishni yoki himoyachi 
tayinlashni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy 
boshqarmasi tomonidan belgilanadigan advokatlik tuzilmalariga murojaat qilishni 
tavsiya etadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tanlagan himoyachi 


42 
istalgan vaqtda ishda ishtirok etishga kirishishga haqlidir. Ishni yuritayotgan 
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, 
sudlanuvchini yuridik yordam uchun to‘lovdan batamom yoki qisman ozod etishga 
haqlidir. Bunday hollarda advokat mehnatiga haq to‘lash xarajatlari Vazirlar 
Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat hisobidan bo‘ladi”. O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat-protsesual kodeksining 53-moddasida himoyachining huquq 
va majburiyatlari sanab o‘tilgan bo‘lib, ular quyidagilar: 
Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning nimada gumon 
qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish; advokatlik guvohnomasini 
ko‘rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni 
taqdim etganidan so‘ng ishda ishtirok etish; gumon qilinuvchi so‘roq qilinayotganda 
ishtirok etish, shaxsga ayblov e’lon qilinayotganda hozir bo‘lish hamda ayblanuvchi 
so‘roq qilinayotganda, shuningdek ularning ishtirokida o‘tkaziladigan boshqa tergov 
harakatlarida ishtirok etish va gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga, guvohlarga, 
ekspertlarga, mutaxassislarga savollar berish; boshqa tergov harakatlari 
yurgizilayotganda surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan ishtirok etish; o‘zi 
ishtirok etgan tergov harakatining yuritilishi xususida yozma mulohazalar berish; 
iltimosnoma berish va rad etish; ushbu Kodeks 87-moddasining ikkinchi 
qismiga muvofiq dalillarni to‘plash va taqdim etish; gumon qilinuvchi yoki 
ayblanuvchi ishtirokida o‘tkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, 
surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo‘lganidan keyin esa jinoyat ishining 
barcha materiallari bilan tanishish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, 
materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma 
nusxalar olish yoki ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; agar 
himoyani amalga oshirish uchun zarur bo‘lsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa 
sirni o‘z ichiga olgan axborot bilan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda 
tanishish; sud tomonidan ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazilayotganda va sud 
muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining
prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; 


43 
sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va bu haqda o‘z mulohazalarini 
bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan shikoyatlar, protestlar to‘g‘risida bilish hamda 
ularga nisbatan e’tirozlar bildirish; apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi 
majlislarida ishtirok etish huquqiga ega. Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki 
sudlanuvchi qamoqda saqlanayotgan yoki uy qamog‘ida bo‘lsa, himoyachi u bilan 
jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning 
ruxsatisiz, uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda xoli 
uchrashishga haqli. Himoyachi o‘z vazifasini amalga oshirishi munosabati bilan 
bilgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Himoyachi: gumonni yoki 
ayblovni rad etadigan yoxud javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarni aniqlash 
uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullarni qo‘llashi hamda gumon 
qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga zarur yuridik yordam ko‘rsatishi; 
haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga 
urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; ishning 
tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Ishda ishtirok etish haqida 
bitim tuzilgan yoki tayinlangan vaqtidan boshlab advokat himoyachi vazifasini 
bajarishni rad etishga haqli emas. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 
kodeksining 52-moddasida himoyachidan voz kechish tartibi keltirib o‘tilgan bo‘lib, 
ushbu tartib quyidagicha: “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ish 
yuritishning istalgan paytida himoyachidan voz kechishga haqlidir. Bunday voz 
kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining 
tashabbusi bilan va himoyachining ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi, tergovchi 
yoki sud tomonidan advokat taklif etish orqali ta’minlanadigan real imkoniyat 
mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi, bunda advokat o‘z himoyasi ostidagi shaxs 
bilan xoli uchrashganidan keyin himoyadan voz kechilganligini tasdiqlaydi. 
Himoyachidan voz kechish jarayoni videoyozuv orqali qayd etilishi shart. 
Himoyachidan voz kechganlik haqida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, 
shuningdek advokat, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan imzolanadigan 
bayonnoma tuziladi yoxud sud majlisi bayonnomasiga yozib qo‘yiladi. Videoyozuv 
materiallari bayonnomaga ilova qilinadi. Bunda himoyachining himoya ostidagi 


44 
shaxs bilan xoli uchrashishi videoyozuv orqali qayd etilmaydi. Himoyachidan voz 
kechish gumon qilinuvchini, ayblanuvchini yoki sudlanuvchini keyinchalik ishda 
himoyachi ishtirok etishiga ruxsat berish haqida iltimos qilish huquqidan mahrum 
qilmaydi. Bunday iltimos barcha hollarda qanoatlantirilishi kerak. Sud tergovi 
davomida himoyachining ishtirok etishi haqida berilgan iltimosnoma ishning 
holatlarini hisobga olib va sudlanuvchiga himoya huquqini ta’minlash manfaatlarini 
ko‘zlab sud tomonidan hal etiladi. Himoyachining sud majlisi davomida ishga 
kirishishi sud tergovini qayta boshlash uchun asos bo‘lmaydi”. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 
17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid 
qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 14-,15- 
bandlariga ko‘ra: “Jinoyat ishi bo‘yicha himoyachi yordamidan foydalanish gumon 
qilinuvchining, ayblanuvchining huquqi hisoblanadi. Shu tufayli ham u ish 
yurituvning istalgan paytida himoyachidan voz kechishi mumkin. Himoyachidan 
voz kechganlik to‘g‘risida sabablari ko‘rsatilgan holda yozma murojaat taqdim 
etiladi. Himoyachidan voz kechishga faqat gumon qilinuvchining, ayblanuvchining 
tashabbusi bilan va ushbu masala muhokama etilayotganda himoyachining real 
ishtiroki ta’minlangan holdagina yo‘l qo‘yiladi. Bunda ish materiallariga 
himoyachining ishda ishtirok etishga vakolati borligini tasdiqlovchi hujjat 
(advokatning orderi, qonuniy vakil vakolatini tasdiqlovchi hujjat va h.k.) qo‘shib 
qo‘yiladi. 
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoyachidan voz kechishiga 
quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmasligi mumkin, agar u: 
1.
voyaga yetmagan bo‘lsa; 
2.
jismoniy nuqsoni (kar, soqov, ko‘r va h.k.) yoki ruhiy kasalligi tufayli 
o‘zini o‘zi himoya qilishga qiynalsa; 
3.
sudlov ishi yuritilayotgan tilni bilmasa; 


45 
4.
umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin 
bo‘lgan jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki 
ayblanayotgan bo‘lsa. 
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarda, 
apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudida ko‘rilayotgan ishlarda, 
shuningdek himoyachidan voz kechish to‘g‘risida noilojlikdan (himoyachining 
mehnatiga haq to‘lash imkoniyatining yo‘qligi, ish bo‘yicha himoyachining hozir 
bo‘lmasligi va h.k.) arz qilingan hollarda ham himoyachidan voz kechish qabul 
qilinmasligi mumkin. 
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi himoyachidan uning mehnatiga haq to‘lash 
imkoniyati yo‘qligi sababli voz kechmoqchi bo‘lgan taqdirda, jinoyat ishini 
yuritishga mas’ul davlat organlarining mansabdor shaxslari JPK 50-
moddasining to‘rtinchi qismi qoidalariga binoan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini 
bunday xarajatlardan to‘liq yoki qisman ozod etish chorasini ko‘rishlari kerak. 
Surishtiruvchi, tergovchi, sud (sudya), ishning murakkabligi va boshqa holatlari 
gumon qilinuvchining, ayblanuvchining himoya huquqini o‘zi amalga oshirishiga 
qiyinchilik tug‘dirishi mumkin degan xulosaga kelsa, himoyachidan voz kechish 
to‘g‘risidagi arizani rad etishi mumkin. Biron bir sababga ko‘ra muayyan 
himoyachidan voz kechish hollari umuman himoyachi xizmatidan voz kechish deb 
qaralmasligi kerak. Himoyachidan voz kechish to‘g‘risidagi arizaning 
qanoatlantirilganligi yoki rad etilganligi haqida belgilangan namunada bayonnoma 
tuziladi hamda u gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi va surishtiruvchi yoki 
tergovchi tomonidan imzolanadi. Sud majlisida bu haqda majlis bayonnomasiga 
tegishli yozuv kiritiladi. Himoyachidan voz kechish gumon qilinuvchini, 
ayblanuvchini keyinchalik ishda himoyachi ishtirok etishini talab qilish huquqidan 
mahrum etmaydi. Bunday talab barcha hollarda qanoatlantirilishi lozim. 
Himoyachining ishga yangidan kirishishi o‘sha paytga qadar amalga oshirilgan 
protsessual harakatlar takrorlanishini taqozo etmaydi. Sud majlisi davomida 
himoyachining ishga kirishishi sud tergovini qayta boshlash uchun asos bo‘lmaydi. 


46 
Biroq, bu holda sud unga ish materiallari bilan tanishib chiqish va himoyasida 
bo‘lgan shaxs huquq va manfaatlari himoyasiga kirishishga tayyorgarlik ko‘rish 
uchun imkoniyat berishi kerak. Himoyachining u protsessga kirgunga qadar sud 
tomonidan so‘roq qilingan shaxslarni chaqirish haqidagi iltimosnomasi JPK 448-
moddasida belgilangan tartibda hal etiladi. Ishda ishtirok etish haqida bitim tuzilgan 
yoki tayinlangan vaqtdan boshlab, advokat o‘z vazifalarini bajarishni rad etishga 
haqli emas, JPK 79-moddasida belgilangan hollar bundan mustasno”.
 

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə