O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi


Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi JPKning 79-moddasida



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi JPKning 79-moddasida 
himoyachining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar belgilangan 
bo‘lib, ular quyidagilardir: 
Himoyachi, shuningdek jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning yoki 
fuqaroviy javobgarning vakili quyidagi hollarda jinoyat ishini yuritishda ishtirok 
etishga haqli emas, basharti u: 
1) ilgari shu ish bo‘yicha sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, 
surishtiruvchi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor 
shaxsi, sud majlisining kotibi, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis 
sifatida ishtirok etgan bo‘lsa; 
2) ushbu ishning tergovida yoki sudda ko‘rilishida ishtirok etgan yoxud 
ishtirok etayotgan sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi yoki sud majlisining 
kotibi bilan qarindoshlik munosabatida bo‘lsa yoxud yuridik yordam ko‘rsatish 
to‘g‘risida u bilan bitim tuzgan protsess ishtirokchisining manfaatlariga manfaati 
qarama-qarshi bo‘lgan shaxs bilan qarindoshlik munosabatida bo‘lsa; 
3) sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi lavozimida bo‘lsa, quyidagi 
hollar bundan mustasno: basharti u muomalaga layoqatsiz shaxslarning vakili bo‘lsa 
yoki o‘zi ishlaydigan va fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilgan yoki fuqaroviy 
javobgar tariqasida ishga jalb qilingan muassasaning vakili sifatida qatnashsa; 
4) 
o‘z 
himoyasidagi 
gumon 
qilinuvchining, 
ayblanuvchining, 
sudlanuvchining yoki o‘zi vakillik qilayotgan jabrlanuvchining, fuqaroviy 


47 
da’vogarning, fuqaroviy javobgarning manfaatlariga manfaati qarama-qarshi 
bo‘lgan shaxsga yuridik yordam ko‘rsatayotgan yoki muqaddam shunday yordam 
ko‘rsatgan bo‘lsa. 
Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvni tuzishda himoyachining ishtirok 
etishi shart bo‘lgan holat sanaladi ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-
protsessual kodeksining 51-moddasida o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Respublikasi 
Jinoyat-protsesual kodeksining 586
2
-moddasiga ko‘ra, “Kelishuv tuzish haqidagi 
iltimosnoma gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va, agar ishda 
qatnashayotgan bo‘lsa, qonuniy vakili tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim”.Ushbu 
normadan kelib chiqib shuni aytishimi mumkinki, himoyachi gumon qilinuvchi va 
ayblanuvchi tomonidan tomonidan berilayotgan iltimosnomaning o‘z mijozi uchun 
qay darajada samarali va qonuniy tuzilayotganligini tekshiruvchi hamda uni 
ayblovning ustun va kamchiliklari haqidagi ma’lumotlar bilan xabardor etuvchi 
shaxs hisoblanadi. Himoyachi imzosining shartligi esa JPKning 51-moddasidagi 
himoyachi ishtirok etishi majburiyligi haqidagi normaga borib taqaladi. Aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda ham 
prokuror ushbu iltimosnoma gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tomonidan 
himoyachi bilan ish holatlarini muhokama qilgandan so‘ng berilgan yoki 
berilmaganligini tekshirishi ham himoyachining ushbu jarayonda qanchalik muhim 
ahamiyatga ega protsess ishtirokchisi ekanligidan dalolat beradi.
Endi esa e’tiborimizni xorijiy davlatlar qonunchiligida himoyachining aybga 
qirorlik to‘g‘risida kelishuv tuzishdagi ahamiyati va roliga qaratamiz. 
AQShda aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzishda advokatning qatnashishi 
ushbu kelishuvning ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchi tomonidan o‘z xohishiga 
ko‘ra tuzilayotganligining kafolatidir. Himoyachining asosiy vazifasi gumon 
qilinuvchi yoki ayblanuvchiga aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgandan 
keyingi kelib chiqadigan oqibatlar haqida va unga beriladigan kafolatlar haqida 


48 
tushuntirishlar berishdir. Shunday bo‘lsa ham kelishuv tuzish bo‘yicha ayblanuvchi 
yoki gumon qilinuvchining o‘zi yakuniy qarorga keladi 
69

Himoyachi kelishuv tuzishda ushbu kelishuvning o‘z mijozi uchun 
qanchalik foydali ekanligini baholash bilan birga, qo‘yilayotgan ayblovni baholaydi 
va 
mijozining jinoiy o‘tmishi haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtiradi. 
Ayblanuvchining oldingi sudlanganlik holatlari ham himoyachining aybga iqrorlik 
bo‘yicha kelishuv tuzishni maslahat berishda e’tiborga olinadi. Amaliyotda 
ko‘pchilik himoyachilar ayblanuvchiga ta’sir o‘tkazmaslikka, asosan, ularning o‘z 
xohishi bilan kelishuvni tuzishlarining tarafdori. Ba’zi himoyachilar esa 
ayblanuvchiga maslahat berishda aktiv harakat qiladilar va kelishuv tuzishga 
ko‘ndirishadi 
70
. Statiskaga ko‘ra, retsidevistlar birinchi marta jinoyat sodir 
etganlariga qaraganda aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvni iloji boricha tezroq 
tuzishga harakat qiladilar. Retsidevitslar kelishuv tuzishga ko‘proq moyil bo‘lishiga 
qaramasdan ularga beriladigan kafolatlar nisbatan kamroq.
AQShning ba’zi shtatlarida “ochiq ishlar siyosati” deb ataluvchi amaliyot 
mavjud. Unga ko‘ra, himoyachi prokurorning ishtirokida jinoyat ishi materiallari 
bilan to‘liq tanishib chiqishi mumkin. Bu amaliyot ayblov va himoya tarafi 
o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi va kelishuv tuzishni osonlashtiradi. Ish bilan 
tanishib chiqib himoyachi ayblovning kuchli va zaif tomonlarini o‘rganib chiqib, 
ayblanuvchiga tegishli maslahatlar beradi.
Kelishuvni tuzishda eng zaruriy ahamiyatga ega omillar quyidagilardan 
iborat: ayblanuvchining jinoiy o‘tmishi, sodir etilgan jinoyatning og‘irlik darajasi, 
dalillar bazasining asosliligidir. Himoyachi kelishuv tuzilayotgan paytda 
ayblanuvchiga tayinlanadigan jazoni yengillashtiruvchi dalillarni to‘plab etadi 
71

Himoyachilar jazoni yengillashtiruvchi omillardan, o‘z bilim va ko‘nikmalaridan 
kelib chiqib har xil foydalanadi. Lekin ko‘p holatlarda ushbu omillardan himoyachi 
ish materiallari bilan shaxsan tanishib chiqqandan so‘ng foydalanish startegiyalarini 
69
Курдова. А.В. Практика применения ускоренного порядка рассмотрения уголовных дел судом в УПК РА 
(сравнительно-правовой анализ с законодательствами ряда европейских стран СНГ, США)» 
Ереван (Армения). 2009. 
70
Махов В., Пешков М. Сделка о признании вины // Российская юстиция. 1998. № 7. С. 17-19; 
71
Фойницкий И.Я. Курс уголовного судопроизводства. Т. II. СПб.: Издательство «Альфа», 1996. С. 175-176.


49 
yaratadi. Bu bilan himoyachi kelishuvning shartlarining o‘z mijozi uchun foydali va 
maqbul bo‘lishiga intiladi. Ayblanuvchi kelishuv bo‘yicha yakuniy qarorga 
kelgandan so‘ng kelishuv shartlarini qabul qiladi yoki ishi sud muhokamasida ko‘rib 
chiqiladi. Maxsus tartibda ish yuritishning asosiy sharti bu himoyachining 
ayblanuvchi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra kelishuv tuzishga bergan roziligi 
asosidagi prokurorga kiritgan iltimosnomasi va davlat ayblovchisi, jabrlanuvchining 
ham bunga norozi emasligidir.
RFda voyaga yetmagan ayblanuvchilar bilan aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuv tuzishning bir qancha shartlari mavjud: birinchidan, voyaga yetmagan 
ayblanuvchiga himoyachi shart; ikkinchidan, so‘roq qilish psixolog yoki pedagog 
ishtirokida amalga oshiriladi. Armaniston Respublikasi va RF JPKsida ayblanuvchi, 
uning himoyachisi va davlat ayblovchisi o‘rtasidagi muzokaralar masalasi hali 
hamon ochiq qolmoqda. Qozog‘iston Respublikasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuv 
tuzish bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, mahkum tomonidan 
iltimosnoma kiritish orqali amalga oshiriladi. Iltimosnoma yozma ravishda tuzilib 
himoyachining imzosi bilan mustahkamlanadi. Bu holatda iltimosnoma kiritishda 
himoyachining ishtiroki majburiy.
RF qonunchiliga ko‘ra, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv prokuror, gumon 
qilinuvchi, ayblanuvchi va himoyachining ishtirokida uncha katta bo‘lmagan 
kafolatlar evaziga tuziladi. RF JPKsining 63-bobi bir qancha kafolatlarni ko‘zda 
tutadi. Misol uchun, RF JPKsi 619-moddasida aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv 
tuzish bo‘yicha berilgan iltimosnoma himoyachi tomonidan imzolanishi zarur. RF 
JPKsi 616-moddasining 2-qismiga ko‘ra: “Protsessual kelishuv tuzishdan oldin 
ayblanuvchi, gumon qilinuvchi yakkama-yakka alohida himoyachi bilan kelishuv 
tuzish masalasini muhokama qilish huquqiga ega”. RF JPKsining 13-bo‘limi aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuvni tuzish bilan bog‘liq barcha protsessual harakatlarda 
himoyachining ishtiroki kafolatlanadi. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga unga 
davlat tomonidan taqdim etilgan yoki o‘zi tanlagan himoyachi ishtirokida sud 
qilinishga bo‘lgan huquqlari tushuntiriladi. RF JPKning 67-moddasi 1-qismiga 
ko‘ra, protsessual kelishuv tuzish va kelishuv tuzish uchun iltimosnoma berish 


50 
bosqichida himoyaning ishtiroki shart hisoblanadi. Bundan tashqari, RF JPKning 
619-moddasi 2-qismiga ko‘ra: “Agar himoyachi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi 
yoki sudlanuvchi tomonida ishga jalb qilinmagan bo‘lsa, tergov yoki jazoni ijro etish 
organi yoki boshqa vakolatli organ tomonidan ishda himoyachining ishtirok etishi 
ta’minlanadi”. Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv yozma shaklda tuzilishi zarur, 
ushbu kelishuvning shakli standart takomillashgan bo‘lishi zarur. Og‘zaki shaklda 
tuzilgan aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv iltimosnoma bilan mustahkamlanishi 
zarur. Shuni ta’kidlash lozimki, ayblanuvchi kelishuv tuzishdan oldin himoyachi 
bilan dastlabki maslahatlashuvlar qilish imkoniyati yaratilishi zarur. Bundan 
tashqari, ayblanuvchiga jinoyat ishi sudda muhokama qilinguncha bepul, malakali 
yuridik yordamdan foydalanish huquqi kafolatlangan. Ayblanuvchini himoya 
huquqi bilan ta’minlamaslik kelishuvning nomaqbul ekanligi va ayblovning asosiz 
ekanligidan dalolat beradi 
72
.
Agar aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv aldash, majburlash, asossiz yolg‘on 
kafolatlar berish orqali tuzilgan bo‘lsa, bundan kelishuv rad qilinadi 
73
.
AQSh amaliyotida himoyachi himoyasi ostidagi shaxsga uning manfaatlariga 
zid kelsa ham kelishuv tuzishga undashi mumkin. Sudya esa kelishuvning qonun 
doirasida tuzilganligini va ayblanuvchining barcha huquqlari ta’minlanganligini 
tekshiradi.

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə