O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi


jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplash tarzidagi jazo tayinlanish



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplash tarzidagi jazo tayinlanish 
90
The law of France LOI no 99-515 du 23 juin 1999 renforçant l’efficacitе de la procеdure pеnale (rectificatif). URL: 
http:// legifrance.gouv.fr/affichTexte.do?cidTexte=JORFTEXT000000762827 
91
Yehonatan G. The Comparative Law And Economics Of Plea Bargaining: Theory And Evidence Harvard Law 
School 
Cambridge. 
MA 
02138, 
Discussion 
Paper 
No. 
39(7) 
2011. 
URL: 
http://www.law.harvard.edu/programs/olin_center/fellows_ papers/pdf/
 Givati_39.pdf 


65 
kafolatini oladi.
Agar ayblanuvchi bu taklifni qabul qilsa, kelishuv sudyaga 
tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Agar ayblanuvchi taklifni qabul qilmasa yoki uning 
shartlarini bajarmasa, ish odatdagi tartibda ko‘riladi. Sud kelishuv shartlarini amalga 
oshirish va ayblanuvchining sodir etgan jinoyati haqiqattan ham to‘g‘ri 
malakalanganligini tekshiradi. Sud hal qiluv qarorini qabul qilish jarayonida 
neytrallikni saqlagan holda kelishuvning shartlarini bekor qilishi mumkin. Kelishuv 
ayblanuvchining ayblov hukmi ustidan shikoyat qilish huquqidan mahrum 
etmaydi
92

Fransiya qonunchiligi bo‘yicha sodddalashtirilgan tartibda ishlarni ko‘rib 
chiqish faqat ma’muriy va jinoiy huquqbuzarliklar bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlar axloq tuzatish tribunallarida ko‘rib 
chiqiladi. Soddalashtirilgan tartibda jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish politsiya 
tribunallarida amalga oshiriladi. Bu kabi huquqbuzarliklar uchun tayinladigan jazo 
ikki oydan oshmaydigan ozodlikdan mahrum qilish qilish bilan cheklanadi

Bundan tashqari bu ishlar politsiya tomonidan tuziladigan bayonnomalar 
orqali sirtdan ko‘rib chiqiladi
. Ishni sudga tayyorlash bosqichi Fransiya 
qonunchiligida mavjud emas. Sudda oldindan tayyorgarlik jarayoni yo‘q. Politsiya 
tribunali ishni quyidagi asoslarga ko‘ra qabul qiladi: 1) sudyaning tashabbusi bilan 
sudlanuvchiga yuborilgan chaqiruv qog‘ozi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqiruv); 2) 
sudlanuvchining ixtiyoriy ravishda kelishi; 3) tergov organlarining ishni sudga 
oshirish to‘g‘risidagi qarorlari 
93

Bundan tashqari, jinoyat ishini sudda ko‘rilishi yanada soddalashtirilishi 
mumkin: kam ahamiyatli qilmishlar faktini aniqlagan politsiya agentiga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri jarima to‘lash. Ushbu tartib-taomil “kelishuv bo‘yicha jarima” deb ataladi. 
Bu politsiyaga huquqbuzarlikning huquqiy mohiyati va javobgarlik shakli (jinoiy 
yoki ma’muriy) to‘g‘risida mustaqil qaror qabul qilish imkonini beradi. Jarima 
to‘lash jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi, lekin jinoyat ishini tugatishi mumkin. 
92
Judge Peter J. Messitte. Plea barganing in various criminal justice systems. Uruguay, 2010. [Электронный ресурс]. 
URL: http:// 
www.law.ufl.edu/_pdf/academics/centers/cgr/11th_conference/Peter_Messitte_Plea_Bargaining.pdf
. С 
17. 
93
http://www.kalinovsky-k.narod.ru/p/2000-1.htm 


66 
Yuridik jihatdan jarima to‘lash huquqbuzarlik sodir etilganlik faktini ayblanuvchi 
tomonidan faktini tan olganligini anglatadi 
94

Fransiyada prokuror kam ahamiyatli jinoyatlar uchun gumon qilinuvchiga 1 
yildan ortiq bo‘lmagan qamoq jazosini taklif qilishi mumkin; agar kelishuvga 
erishilsa, sudya ham uni tasdiqlashi kerak. Fransiyadagi ba’zi olimlarning fikricha, 
odil sudlov bilan kelishuv institutining amaliyotga to‘liq tatbiq etilishi shaxsning 
himoya bilan bog‘liq huquqlariga jiddiy ravishda daxl qiladi, aybsizlik 
prezumpsiyasi kabi konstitutsiyaviy prinsipni buzadi, gumon qilinuvchilarning 
politsiyada qamoqqa olinishi va odil sudlovga bo‘lgan huquqlariga ham zarar 
yetkazadi. 
Jinoyatlarni soddalashtirilgan tartibda tergov qilishning klassik shakli 
Fransiya jinoyat-protsessual qonunchiligida quyidagi shartlari mavjud: jinoyat sodir 
etilayotgan paytda yoki sodir etilgandan so‘ng darhol aniqlanganda, gumon 
qilinuvchi fuqarolar tomonidan ta‘qib etilganda yoki sodir etilgan jinoyatga aloqador 
jinoyat predmetlari bo‘lib, ushbu predmetlarda gumon qilinuvchiga tegishli izlar 
topilsa, topilgan dalillar gumon qilinuvchining sodir etilgan jinoyatga to‘g‘ridan 
to‘g‘ri aloqasi borligini tasdiqlasa, jinoyat turar joylarda sodir etilsa va ushbu turar 
joyning egasi prokuror yoki sud politsiyasi ofitserini sodir etilgan jinoyat bo‘yicha 
guvohlik berishini talab qilsa. 
Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvlarning asosiy maqsadi sud hay’atining 
og‘ir sudlovlaridan qochish va sud chiqimlarini iloji boricha tejashdir. 
Fransiyada tezlashtirilgan ish yuritish tartibida surishtiruv olib borilayotganda 
gumon qilinuvchi va ayblanuvchining protsessual ishtirokchi sanalmaydi. Tergov 
materiallari jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsga, shuningdek uning himoyachisiga 
tanishish uchun taqdim etilmaydi. Surishtiruv organining qarorlari ustidan shikoyat 
qilish mumkin emas, ish materiallari bo‘yicha bo‘yicha yagona bayonnoma - raport 
94
http://www.pravoznavec.com.ua/books/212/16553/30/ 


67 
tuziladi, unda sodir etilgan jinoyat to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar, jinoyat sodir 
etgan shaxsning va boshqa shaxslarning tushuntirishlari aks ettiriladi 
95
.
2008 va 2009-yillarda qabul qilingan yangi qonunga ko‘ra aybga iqrorlik 
to‘g‘risida kelishuvlar sudga yetarli va asosli guvohlarning ko‘rsatuvlari, 
audiovisual vositalar orqali olingan dalillar asosida sudga tasdiqlash uchun 
yuboriladigan bo‘ldi. Ushbu tartib-taomil uzoq davom etuvchi sud muhokamalarini 
va ayblanuvchiga nisbatan qo‘llaniladigan ehtiyot choralariga ketadigan vaqtni 
tejaydi.
Huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik masalalari, 1999-yildagi 
“Jinoiy sud ishlarini yuritish” Qonunining 2, 4 va 12-bo‘limlari aybga iqrorlik 
to‘g‘risida kelishuv muzokaralariga oid munosabatlarni tartibga soladi, Prokuror va 
ayblanuvchi o‘rtasida jazoni yengillashtirish maqsadida tuziladigan kelishuvlar 
doirasi va turlarini belgilaydi. 1999-yildagi “Jinoiy sud ishlarini yuritish 
to‘g‘risidagi” Qonunning 8-bo‘limiga ko‘ra, prokurorlar jabrlanuvchilar bilan aybga 
iqrorlik to’g’risida kelishuvni muhokama qilishlari va ularning fikrini bilishlari 
kerak. Shunga qaramay, Fransiya Jinoyat-protsessual kodeksining normalariga 
ko‘ra, prokurorlarga diskretsion vakolatlar berilgan bo‘lib, ular o‘z tashabbusi bilan 
yoki ayblanuvchi yoki uning advokatining tashabbusi bilan aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuv tuzishlari mumkin. (Jinoyat-protsessual kodeksining 38-bobi, 433- 438-
bo‘limlari). 
Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv to‘g‘risidagi ishlar ochiq sud tartibida 
ko‘riladi. Bunda sud barcha dalillarni o‘rganib chiqishi va kelishuvni tuzish uchun 
asoslarni aniqlashi kerak. 

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə