O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi


Fransiya Jinoyat-protsesual kodeksining 3-bo‘lim 41-



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

Fransiya Jinoyat-protsesual kodeksining 3-bo‘lim 41-
2, 41-3-moddasi “Okrug prokurorlarining vakolatlari”deb ataladi. Bu norma 
1999-yilda Fransiya jinoyat protsessual kodeksiga kiritilgan.
Fransiya Jinoyat-protsesual kodeksining 41-2-moddasiga ko‘ra: “Okrug 
prokurori” jinoyat sodir etgan voyaga yetgan shaxsga bevosita yoki uning 
vakiliga “aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” tuzishni taklif qilishi mumkin. 
95
Уголовно-процессуальное законодательство в современных условиях: проблемы теории и пратики: сб. 
статей/(Абрамочкин В.В. и др). – М.-волтерс Клувер. 2010. С 161.


68 
Bunday holatda shaxs o‘zi tomonidan sodir etilgan jioyatni haqiqattan ham 
sodir etganiga iqror bo‘lishi va buni tan olishi kerak. Agar shaxs sodir etgan 
jinoyatini tan olsa, unga nisbatan jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi tayinlanishi kafolati beriladi.
Javobgarlikdan ozod qilishning bunday turi quyidagilarda namoyon 
bo‘ladi: 

Davlat g‘aznasiga 3750 yevrodan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima to‘lash 
yoki modda sanksiyasida nazarda tutilgan jarima miqdorining yarmi 
to‘lanadi. Shu bilan birga, jarima jazosini tayinlashda shaxsning moddiy 
ahvoli ham inobatga olinadi. 

Jinoyat quroli davlat foydasiga musodara qilinishi; 

Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish (bu huquqdan 
mahrum qilish muddati 6 oydan oshmasligi kerak; 

Haydovchilik guvohnomasini topshirish (6 oydan oshmasligi kerak); 

Ov qilish huquqini beruvchi ruxsatnomani topshirish (6 oydan oshmasligi 
kerak);

Majburiy jamoat ishlari tayinlash (haftada 60 soatdan oshmasligi kerak, 6 
oygacha muddatga tayinlanadi.
 
Ayblov va himoya tarafi o‘zaro kelishuvga erishishlari uchun prokuror jazo 
bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini ko‘rsatgan holda kelishuvni tasdiqlash 
uchun sudga yuboradi. Agar tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishilmasa
sudlanuvchi kelishuvda belgilangan shartlardan birortasini bajarishdan bosh tortib, 
ish bo‘yicha to‘liq sud muhokamasi o‘tkazilishini talab qilishga haqli. 
“Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv faqat qat’iy ro‘yxatdagi jinoyatlar 
bo‘yicha tuziladi. Misol uchun, malakalanmagan tajovuz, tahdid qilish, 
malakalanmagan bosqinchilik, qasddan zarar yetkazish, tuhmat, hayvonlarga 
shafqatsiz munosabatda bo‘lish, o‘q-dori va qurolga noqonuniy egalik qilish, mast 


69 
holda avtotransport vositasini boshqarish va boshqalar bo‘yicha kelishuv tuzish 
mumkin 
96

Kelishuv tuzilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar turini sanab o‘tar ekanmiz, 
e’tiborimizga Fransiya Jinoyat-protsesual kodeksi VII bo‘limiga qaratildi. Bu 
bo‘lim “Soddalashtirilgan tartib-taomillar” (Simplified procedures) deb nomlanadi. 

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə