O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

Weigend T.
Abgesprochene Gerechtigkeit - Effizienz durch Kooperation im Strafverfarhern? // 
JuristenZeitung [JZ]. 1990. № 45. S. 774, 775. 
99
Herrmann J.
Bargaining Justice - A Bargain for German Criminal Justice? // U. Pitt. L. Rev. 1992. 
№53. P. 755-757. 
100
 Detlef D.
Der strafprozessuale Vergleich
 II
StrafVerteidiger. 1982. № 2. S. 545. 
3H
Roxin C.
Strafverfahrensrecht. München, 1998. S. 95. 


73 
odil sudlovni amalga oshirishga va javobgarlikni yengillashtirishga olib keladi. 
Tabiiyki, sudlanuvchining o‘z aybiga iqror bo‘lishi va chin ko‘ngildan pushaymon 
bo‘lishi protsess boshqa ishtirokchilarining vazifasini osonlashtirdi, lekin bu tartib-
taomil sud majlisining o‘tkazilishini bekor qilmadi.
102

Kelishuvning nemischa varianti shunisi bilan qiziqki, kelishuvni tuzishdan 
oldin misol uchun dastlabki eshituvdan oldin sudlanuvchi ish materiallari bilan 
tanishib chiqishi mumkin, buning natijasida sudlanuvchi dalillar bazasi haqida 
ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga o‘z imkoniyatlarini ham baholashi mumkin 
bo‘ladi. Amerikancha variantga to‘xtaladigan bo‘lsak, AQSh Oliy sudining 
ta’kidlashicha, prokurorning taraflar kelishuvga erishguncha ish materillari bilan 
sudlanuvchini tanishtirish kabi konstitutsiyaviy majburiyati mavjud emas 
103

Mavjud tafovutlarni tahlil qilar ekanmiz, GFR qonunchiligiga AQSh kelishuv 
institutini to‘liq ko‘chirish mumkin emas. Chunki AQShdagi sud amaliyoti asosan 
tortishuvchanlik prinsipi asosida ish yuritadi, GFR jinoyat protsessual 
qonunchiligida esa asosiy e’tibor sodir etilgan jinoyatlarni to‘la ochishga asoslanadi. 
O‘z navbatida, ikkala protsessual madaniyat o‘rtasidagi farq amaliyotning to‘liq 
o‘zlashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi 
104

GFR haqiqatan ham ehtiyotkor islohotlar yo‘lidan bordi, chunki “odil sudlov 
bilan kelishuv” huquqiy institutining asl variantini rasmiy ravishda joriy etish 
jinoyat protsessining huquqiy tuzilishida ko‘plab qarama-qarshiliklarni keltirib 
chiqarar edi. O‘zgarishlar bo‘ldi, lekin ular huquq normalaridan amaliyotga emas, 
aksincha, amaliyotdan huquqiy normalarga o‘tdi. Aksincha bo‘lganda, huquqiy 
tizimning o‘zi ham islohotga dosh bera olmagan bo‘lardi. 
Germaniya Federativ Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 155-
bo‘limning 2-bandi ko‘ra: “bitim” tuzilayotganda sudya neytrallikni saqlagan holda 
taraflarning ariza va iltimosnomalariga qo‘shilolmaydi. Sudyaning birdan-bir 
102
Herrmann J.
Bargaining Justice - A Bargain for German Criminal Justice? // U. Pitt. L. Rev. 1992. 
№53. P. 764. 
103
Дело United States v. Ruiz, 536 U.S. 622 (2002). 
104
Langer M.
From Legal Transplants to Legal Translations: The Globalization of Plea Bargaining 
and the Americanization Thesis in Criminal Procedure // Harvard International Law Journal. 2004. № 
1.P.41. 


74 
maqsadi kelishuv tuzilayotganda ish bo‘yicha aniqlangan dalillar va faktlarni 
tekshirib, ular asosida qonuniy, adolatli qaror chiqarishdir (244-bo‘lim 2-bandi). 
O‘z-o‘zidan aniq bo‘ladiki, sudya sudlanuvchining o‘z aybiga iqrorligi va kelishuv 
tuzish istagini ro‘kach qilib, dastlabki eshituvni o‘z xohishiga ko‘ra bekor 
qilolmaydi va ishni ko‘rishda davom etadi. Shunday qilib, huquqiy institutni amalga 
oshirish jarayonining mumkin bo‘lgan rivojlanishini amaliy tushunish natijasida 
eng katta vakolatlar sudyaning qo‘lida to‘planishi oqilona qaror edi. (institut jinoyat 
protsesiga tergov tusli xarakter berdi). 
Yuqori sud instansiyalarining prokuror, himoyachi va ayblanuvchi bilan 
tuzgan kelishuviga munosabatini Federal Konstitutsiyaviy sudning 1987-yil 27-
yanvardagi qarori misolida ko‘rishimiz mumkin
105
. Xususan, ushbu bitimlar maqbul 
qachonki, ular asosiy huquq normalari va protsessual prinsiplarga zid kelmasa.
Bundan tashqari, ushbu amaliyotni implementatsiya qilish jarayonida 
yangicha yondashildi, ya’ni tergov jarayonining umumiy prinsip va qoidalarining 
ishlash tendensiyasiga zarar yetkazmaslik uchun “odil sudlov bilan kelishuv” 
kategoriyasi “aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” bilan uyg‘unlashtirildi.
Germaniya jinoyat-protsessual qonunchiligini isloh qilish jarayoniga juda 
ehtiyotkorlik va aniq munosabatda bo‘lindi. Sudya oldiga keladigan ishlar sonining 
ko‘payishi (ularning aksariyati to‘plangan va inkor etilmaydigan faktlar to‘plamidan 
iborat edi) va sudlanuvchining ishni tezda ko‘rib chiqishga tayyorligi kelishuvlar 
tuzish amaliyotining rivojlanishiga yordam berdi. “Odil sudlov bilan kelishuv” 
huquqiy instituti jinoyat-protsessual qonunchiligida bevosita aks etmagan bo‘lsa 
ham, jinoyat-protsessual muhitida o‘z qiymatini yo‘qotmadi.
Yangi paydo bo‘lgan “Odil sudlov bilan kelishuv” huquqiy instituti protsess 
ishtirokchilarining rolini o‘zgartirmadi: sodir etilgan jinoyatlarga doir ish 
materiallari va dalillarni o‘rganib chiqib, o‘z ichki ishonchiga asoslangan holda 
yakuniy qaror chiqaruvchi markaziy o ‘ringa ega sudya; jinoyat protsessining tergov 
105
Решение Bundesverfassungsgericht [BverfGE] (Федерального конституционного суда) от 
27 января 1987 г. процитировано а работе:
 Gallcmdi V.
Absprachen im Strafprozess //Neue Zeitschrift 
fur Strafrecht. 1987. S. 419



75 
qilish xarakteriga ega prinsiplarni saqlashga ko‘maklashuvchi himoya va ayblov 
taraflari orqa planga o‘tib qoldi. “Kelishuv”ni tuzishning asosiy sharti shaxsning 
o‘zi sodir etgan jinoyatning tarkibini to‘laqonli tan olishidir.
“Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv”ning jinoyat sud ishlarini yuritishda bir 
qancha foydali tomonlari mavjud. Avvalambor, bu protsessual institut jinoyat 
ishlarini ko‘rish tartib-taomillarini osonlashtiradi, jinoiy odil sudlov sarflaydigan 
kuch va moddiy chiqimlarni qisqartiradi. Lekin ushbu institutning Germaniya 
jinoyat-protsessual qonunchiligida qo‘llanilishi 

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə