O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi


“applecazione della Repa sulla rechiesta delle



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

“applecazione della Repa sulla rechiesta delle 
parti”
deb yuritilardi.. Biroq, ba’zi olimlar “odil sudlov bilan kelishuv” va “aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuv”larni tadqiq etib, ushbu institutni “aybga iqrorlik 
to‘g‘risida kelishuv” deb hisoblamaydi.
Shunday qilib, “Odil sudlov bilan kelishuv” tuzishni tartibga soluvchi 
normalar prokuror va himoya o‘rtasida kelishuvga erishishni nazarda tutadi, sudya 
esa bu kelishuvni qabul qilib, kelishuv sudyaga hukm chiqarish uchun asos bo‘ladi. 
114
Vassalli G.
Premessa // Istituto poligraflco e zecca dello Stato, Progetto Preliminare del Codice di Procedura 
Penale. 1988. № 5. P. 7. 


82 
Kelishuv shartlariga ko‘ra, tayinlanadigan jazo qonun bilan belgilangan 
maksimal muddatning uchdan bir qismiga qisqartirilishi mumkin, lekin hukmda 
tayinlanadigan jazo 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosidan oshmasligi kerak. 
(Italiya Jinoyat-protsessual kodeksining 444.1-moddasi). Kelishuv sudya 
tomonidan faqat ish materiallari bilan tanishib chiqqandan keyin ayblanuvchini 
oqlash uchun yetarli asos topa olmasa tasdiqlanadi. (Italiya Jinoyat-protsessual 
kodeksining 129-, 444.1-moddalari). 
Shunday qilib, Italiya jinoyat-protsessual qonunchiligida “odil sudlov 
bilan kelishuv” huquqiy institutining o‘ziga xos xususiyatlari haqida quyidagi 
fikrlarga kelish mumkin: 
Kelishuvni tuzishga faqat quyidagi holatda yo‘l qo‘yiladi. Tayinlanishi kerak 
bo‘lgan jazo uchdan bir qismga chegirilgandan keyin ham tayinlanadigan jazo besh 
yil ozodlikdan mahrum qilish jazosidan oshmasa qo‘llaniladi.
Kelishuvning mohiyatini faqat hukmning o‘zi qamrab olishi mumkin, ammo 
ayblovlarning qisman yoki to‘liq rad etilishi mumkin emas (ehtimol, bu huquqiy 
institut va huquqiy tizim o‘rtasidagi ziddiyatlardan qochish maqsadida amalga 
oshirilgan). 
Italiya “kelishuv”i AQSh “aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuvi”ning to‘liq 
analogi emas hamda sudlanuvchining aybini bevosita aniq ko‘rsatuvchi kelishuv 
emas (Italiya Jinoyat-protsessual kodeksining 444.1-moddasi). O‘ziga nisbatan 
hukm chiqarishni so‘rab sudlanuvchi iltimosnoma kiritadi, bu bilan u o‘zi 
tomonidan sodir etilgan jinoyat ishini sudda ko‘rib chiqilishi bilan bog‘liq huquqdan 
voz kechadi va shaxs o‘zini aybdor deb hisoblayotgan sanaladi. Bundan tashqari, 
sudya ish materiallari bilan tanishib chiqqach, sudlanuvchini kelishuvni 
tasdiqlashdan oldin oqlashi mumkin (Italiya Jinoyat-protsesual kodeksi 444.2-
moddasi). 
Kodeksning yaratuvchilari bunday qoidani kiritishidan maqsad “aybga iqrorlik 
to’g’risida kelishuv” Italiya Konstitutsiyasida mustahkamlangan aybsizlik 
prezumpsiyasiga zid kelishini oldini olishdir. Shuning uchun ham Italiya modeli 
to‘g‘ridan to‘g‘ri aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv emas, balki AQSh 


83 
qonunchiligidagi “nolo contendere”ga yaqinroq. Agar prokuror sudlanuvchi bilan 
kelishuv tuzishga rozi bo‘lmasa, sudlanuvchi dastlabki eshituvdan so‘ng sudyaga 
kelishuv tuzishning rad qilinish sabablarini o‘rganish bo‘yicha va tayinlanishi kerak 
bo‘lgan jazo muddatining uchdan bir qismini chegirib tashlashni so‘rab iltimosnoma 
kiritishi mumkin (Italiya Jinoyat-protsesual kodeksining 448.1-moddasi). 
Shunday qilib, “Odil sudlov bilan kelishuv” huquqiy institutining italyancha 
versiyasi Amerika modeliga juda o‘xshash: bunda prokuratura va himoya taraflari 
juda faol (muzokaralar jarayoni bevosita amalga oshiriladi) lekin sudya juda passiv 
pozitsiyada. 
Lekin shu o‘rinda bir narsani unutmaslik zarur, yangi yaratilgan huquqiy 
institut yillar davomida rivojlangan Italiya huquq tizimiga moslashishi bosqichma-
bosqich amalga oshirildi. Shu o‘rinda Italiya Konstitutsiyaviy sudining 313/1990-
sonli qarorini eslatib o‘tishimiz kerak 
115

Ushbu qarorda Konstitutsiyaviy sud, “kelishuv” ustidan sudyaning nazorat 
qilishi oddiy rasmiyatchilik emasligini ta’kidlab, Italiya JPK 442.2-moddasi 
sudyaga “kelishuv” ustidan nazorat qilish uchun berilgan vakolatlarining 
cheklanganligini iddao qilib, ushu normani konstitusiyaga xilof deb topdi. Biroq, 
statistika ma’lumotlariga ko‘ra, “odil sudlov bilan kelishuv” huquqiy instituti 
Italiyaning protsessual muhitida faol qo‘llanilmoqda. 1990-yildan 1998-yilgacha 
bo‘lgan davrda (uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar bo‘yicha) kelishuv orqali 34% 
dan 42% gacha qaror qabul qilinganligini ko‘rsatadi . 
Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, Italiyada “odil sudlov bilan kelishuv” 
huquqiy instituti haqida turli yondashuvlar mavjud bo‘lib, bu institute bo‘yicha 
salbiy fikrlar ham mavjud. Xususan, R. Vinslou Italiyaning yangi Jinoyat-
protsessual kodeksini (1988) jinoyat protsessining tergov modelini tortishuvchanlik 
prinsipi ustunlik qiluvchi modelga aylantirishda muhim qadam deb hisoblaydi. Shu 
bilan birga, sudlanuvchida “odil sudlov bilan kelishuv’ga nisbatan huquq mavjud 
emas. “Odil sudlov bilan kelishuv” uchun asos “obbligatorieta dell'azione penale” 
115
Corte cost., 26 giu. 1990, n.313, 96 Racc. uff. corte cost. 1990, 89. 


84 
tamoyili hisoblanadi. Unga ko‘ra, prokuror ish ko‘rib chiqish boshidan dastlabki 
ayblovni qo‘llab-quvvatlashi zarur.
Yuqoridagilarga asoslanib, biz Italiyaning jinoyat protsessidagi sezilarli 
o‘zgarishlar “Odil sudlov bilan kelishuv” huquqiy institutining ayrim elementlarini 
aniqlash imkoniyatini yaratdi. Biroq, ushbu institut xorij amaliyotining ba’zi 
xususiyatlarini o‘zlashtirgan. Italiya jinoyat-protsessual qonunchiligi mohiyatining 
tergov prinsipidan tortishuvchanlik prinsipiga o‘zgarishi bilan bog‘liq jiddiy 
o‘zgarishlar uning “kelishuv”ning asosiy maqsadi bo‘lgan sodir etilgan jinoyat 
uchun jazolash degan yondashuvni o‘zgartirmagan. Italiya jinoyat-protsessual 
qonunchiligidagi “odil sudlov bilan kelishuv” shartlari AQSh modelidagi 
prokurorning ayblovni qisman rad etish, ayblovning mazmunini o‘zgartirishni (shu 
jumladan, boshqa o‘g‘irroq jinoyat haqida berilgan ma’lumot evaziga) nazarda 
tutmagan. 


85 

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə