O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

yuborishidan 
avval 
tuzilayotgan 
kelishuvga 
jabrlanuvchining 
munosabatini uning so‘roq qilish bayonnomasi yoki roziligi 
to‘g‘risidagi bayonnomada o‘z fikrini ko‘rsatgan holda tushuntirishi, 
agarda rozi bo‘lmagan taqdirda kelishuv tuzilishi inkor qilinishi 
yuzasidan JPKga qo‘shimcha kiritish maqsadga muvofiq.
14.
 
O‘zbekiston Respublikasi JPKning 
586
3
-moddasi 5-qismida
aybiga iqrorlik 
to‘g‘risda kelishuv tuzganidan so‘ng prokuror, agar kelishuvga asosan hukm 
chiqarilib, 
jazo 
tayinlanganidan 
keyin 
gumon 
qilinuvchining, 
ayblanuvchining bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligi yoki tergovdan 
biron-bir muhim va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma'lumotlarni qasddan 
yashirganligi, kelishuvda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarni 
bajarmaganligi aniqlansa, hukm qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini aybga 
iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqida iltimosnoma bergan gumon 
qilinuvchiga, ayblanuvchiga tushuntirishi belgilangan. Biroq, kelishuv 
tartibini buzgan taqdirda hukmni bekor qilish yoki o‘zgartirish asoslari qayd 
etilgan 
JPKning 497
19
-moddasida
belgilanmagan. Shunga ko‘ra, aybiga 
iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv asosida hukm chiqarilganidan so‘ng kelishuv 
tartibini buzilganligi aniqlansa, ushbu talab JPKning mazkur moddasiga 


98 
hukmni bekor qilish yoki o‘zgartirish asoslari sifatida qo‘shimcha kiritish 
lozim bo‘ladi.
15.
 
Qonunchilikda prokuror aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi 
iltimosnomani ko‘rib chiqib, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzish 
haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki rad qilishi to‘g‘risida qarorlar 
qabul qilishi, iltimosnomaning rad qilinishi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi 
va uning himoyachisini ushbu masala yuzasidan takroran iltimosnoma berish 
huquqidan mahrum etmasligi belgilangan. Shuni ta'kidlash joizki, hozirda 
tergovchilarning aksariyati yosh mutaxassis ekanligi, prokurorlarning tergov 
faoliyatidagi malakasi yetarli bo‘lmaganligi, qilmishni kvalifikatsiya 
qilinishida bir xil amaliyot mavjud emasligi sababli tergovda qarorlar qabul 
qilishda yuqori turuvchi prokuraturaning tegishli bo‘limlaridan maslahat 
olish amaliyoti mavjud. Shundan kelib chiqib, prokuror aybga iqrorlik 
to‘g‘risida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, rad qilishi 
to‘g‘risida qarorlar qabul qilganida, ushbu qarordan norozi bo‘lib gumon 
qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi yuqori turuvchi prokurorga 
shikoyat berishi va shu prokuror tomonidan shikoyatning ko‘rib chiqish 
hamda kelishuv tuzish tartibini JPKga kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə