O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi axmedova sabrina shuxrat qizi



Yüklə 9,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/73
tarix30.12.2023
ölçüsü9,41 Kb.
#166693
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
24- JINOYAT ISHIDA AYBGA IQRORLIK BO‘YICHA KELISHUV INSTITUTINI QO‘LLASH SAMARADORLIGI MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA (Axmedova S-)

aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma berish;
o‘z ona tilidan hamda tarjimon 
xizmatidan foydalanish; o‘zining himoyalanish huquqini shaxsan o‘zi amalga 
oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki 
tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; yarashuv 
to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi ishlar bo‘yicha sud majlislarida 


109 
ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning 
harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga ega”; 
3) 365-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
“Gumon qilinuvchi yoki 
ayblanuvchining turgan joyi noma’lum bo‘lganda 
tergovchi uning turgan joyini aniqlash uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni 
ko‘rishi, zarur hollarda esa, unga nisbatan qidiruv e’lon qilishi shart. Tergovchi faqat 
gumon qilinuvchi yoki 
ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi 
to‘g‘risida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilishga haqli. Qidiruv 
dastlabki 
tergov o‘tkazilayotganida ham, shuningdek dastlabki tergov 
to‘xtatilganidan keyin ham e’lon qilinishi mumkin. Ushbu Kodeksning 242 va 243-
moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda qidirilayotgan 
gumon 
qilinuvchi yoki 
ayblanuvchi topilgan taqdirda, sudning ajrimi bilan unga nisbatan 
qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin. Qidirilayotgan 
gumon qilinuvchi yoki 
ayblanuvchi ushlangan taqdirda u ushlangan joydagi 
prokuror ushlangan shaxsning qidirilayotgan 
gumon qilinuvchi yoki
ayblanuvchi 
ekanligini aniqlashi va qamoqqa olish uchun qonuniy asoslar mavjudligiga ishonch 
hosil qilishi lozim”; 
4) 586
1
-moddaning 1-qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
Aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni o‘ziga nisbatan 
qo‘yilgan gumonga, ayblovga rozi bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol 
ko‘maklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki 
ayblanuvchining, 
shuningdek, 
voyaga 
yetmagan 
gumon 
qilinuvchi 
va 
ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy 
xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar bo‘yicha tuziladigan 
kelishuvdir. 
5) 586
2
-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin: 
“Voyaga yetmagan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik to‘g‘risida 
kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani surishtiruvning va dastlabki tergovning 


110 
istalgan bosqichida himoyachi, qonuniy vakil yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, 
pedagog va (yoki) psixolog ishtirokida berishi shart”.

Yüklə 9,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə