Тинтув ва олиб қЎйиш тактикаси



Yüklə 103,5 Kb.
səhifə1/5
tarix21.10.2023
ölçüsü103,5 Kb.
#130177
  1   2   3   4   5
PERIPSIPITSIYA REAKSIYASI VA QO\'YISH TARTIBI


PERIPSIPITSIYA REAKSIYASI VA QO'YISH TARTIBI
Reja:
1. Tintuv tushunchasi va uning tur lari
2. Tintuv o`tkazishning taktik usullari
3. Olib qo`yish
4. Tintuv va olib qo`yish natijalarini
qayd etish
Tintuv keng tarqalgan tergov harakatidir. Tergovchi qandaydir joyda, boshqa yerda yoki biror shaxsda jinoyat quroli, predmeti, jinoiy yo`l bilan orttirilgan boyliklar yoki ishga aloqador boshqa predmet va hujjatlar borligiga yetarli asoslari bo`lsa, ularni topish va olish uchun tintuv o`tkazadi. Tintuv shuningdek, qidirilayotgan shaxsni yoki murdani topish uchun ham o`tkazilishi mumkin.
Tintuv obyektning xususiyatlari va qidiruv ishlarining o`ziga xos turlariga ko`ra bir necha turga bo`linadi: turar joylarda va boshqa imorat-inshootlarda; ochiq joyda; takroriy; kechiktirib bo`lmaydigan vaziyatlarda prokurorning sanksiyasisiz «shoshilinch» tintuv; bir vaqtli (uni yana «guruhli» deb ham atashadi), ya`ni biror bir jinoiy ish doirasida yagona reja asosida va birdaniga bir necha tintuvlarni o`tkazish, diplomatik vakolatxona binolari va hududida shaxsiy tintuv.
Qidiruv harakatlarining majburiy ko`rinishga ega ekanligi va bu bilan bog`liq tintuv qilinayotgan shaxsning, ba`zan boshqa shaxslarning ham, shaxsiy manfaatlari doirasiga kirilishi tintuvni boshqa tergov harakatlaridan, jumladan, hodisa yuz bergan joyni ko`zdan kechirishdan tubdan farq qiladi. Hodisa bo`lgan joyni ko`zdan kechirishda, masalan, sayhon yoki o`rmonli joyda ko`milgan murda, jinoyat quroli va boshqa ashyoviy dalillarning qidiruv ishlari o`tkazilishi mumkin. Ammo bunday vaziyatda qidiruv ishlarining fuqarolarni shaxsiy manfaatlariga daxli yo`q. U yoki bu shaxsning subyektiv huquqlarini cheklash bilan bog`liq holatlarda esa (masalan, bedarak yo`qolgan shaxsning turar joyida jinoyat izlarini qidirish) ular mazmun jihatidan ko`zdan kechirish doirasidan tashqariga chiqadi va ularni amalga oshirish qonun tomonidan tartibga solingan bo`lishi zarur.
Jinoyat-protsessual qonunda tintuvning qonuniyligini ta`minlovchi qoidalar bor. Bu narsa avvalambor tintuvning asosliligini nazarda tutadi. Qonunda ko`rilayotgan jinoiy ish bo`yicha tintuv qilishning «yetarli asoslari» mazmuni ochib berilmagan. Guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon ostidagilar va ayblanuvchilarning buyumlari ishga aloqador hujjat yoki predmetlar biror shaxsda ekanligi to`g`risida guvohlik beruvchi boshqa manbalar to`g`risidagi har qanday ma`lumotlar tintuv uchun yetarli asos bo`lib xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, tezkor-qidiruv faoliyatining materiallari ham shu kabi ma`lumotlar manbalari bo`la oladi.
Tintuv qilish to`g`risidagi fikrni tergovchi uni amalga oshirish uchun huquqiy asos bo`lib xizmat qiladigan qaror shakliga tushiradi. Qarorda qayerda tintuv o`tkaziladigan bo`lsa uning shaxsi, qidiruv harakatlari chegarasi (turar joy, tomorqa, ish joyi, mehmonxonadagi xonasi va boshqalar); iloji boricha topilishi va olib qo`yilishi lozim bo`lgan buyum va hujjatlar ro`yxati tuziladi va umumiy shaklda tintuv uchun asos bo`lib xizmat qilgan ma`lumotlar ko`rsatib o`tiladi.
Tintuvga prokuror sanksiya bergan bo`lishi shart. Faqat istisno hollarda, ya`ni dalillarni yashirish yoki yo`q qilish xavfi bo`lsa, shuningdek, jinoyat ishini tergov qilishda jiddiy chigalliklarga olib kelishi mumkin bo`lsa, qonun prokurordan sanksiya olmay tintuv o`tkazishga yo`l qo`yadi, ammo o`tkazilgan tintuv haqida prokurorga bir sutka davomida yozma shaklda ma`lumot berilishi lozim.
Yuqoridagi asoslar bo`yicha tintuv o`tkazishga hattoki tungi paytda ham ruxsat beriladi.
O`tkazilayotgan jinoiy ish bo`yicha tintuv o`tkazishning zarurligini sezib va bu haqda qaror qilgandan so`ng, tergovchi mazkur tergov harakatining rejasini tuzishga kirishadi.
Har bir tintuv taktik jihatdan individualdir. Uni tayyorlash va amalga oshirishga har bir jinoiy ishning o`ziga xos xususiyatlari, tintuv qilinayotgan insonning shaxsi, qidirilayotgan buyumlarning xarakteri, tintuv qilinayotgan obyektning xususiyatlari va yana boshqa bir qator omillar ta`sir o`tkazadi. Shu bilan birga, tintuvni amalga oshirishda tergovchiga samarali natijalarga erishish uchun yordam beradigan bir qator tavsiyalarni ko`rsatib o`tish mumkin.
Shunday qilib, tergovchi tintuv qilishdan avval tintuvni amalga oshirish joyi haqida aniq tasavvur hosil qilishi shart. Tintuv joyi haqidagi ma`lumot qidiruv harakatlarining hajmi haqidagi masalani hal etishga yordam berib, tintuv yeridagi harakatlar ketma-ketligini belgilashda hamda kerakli texnik vositalarini tayyorlashda qo`l keladi.
Tintuv yeri haqida ma`lumot olish uchun tergovchi tegishli turar-joy organidan binoning qavatma-qavat sxemasini talab qilishi, tintuv qilinishi yoki qidiruv ishlari mo`ljallanayotgan joy bilan shaxsan tanishishi mumkin.
Jinoyat ishi materiallari va tezkor-qidiruv tadbirlari o`tkazish jarayonida to`plangan axborotlar asosida tergovchi tintuv qilinuvchining va uning oila a`zolarining shaxsi, turmush tarzi, faoliyati va kun tartibi haqida tasavvur hosil qila olishi lozim. Bu narsa tergovchiga tintuvda to`g`ri qidiruv taktikasini tanlash imkoniyatini beradi.
Tintuvning asosiy taktik qoidasi uning qo`qqisdan o`tkazilishi va kutilmaganligidadir. Tintuvni tergovchi tomonidan qo`qqisdan va kutilmaganda amalga oshirilishi jinoyat sodir etgan shaxsni berkinishi, manfaatdor shaxslar tomonidan ashyoviy dalillarni yashirish yoki yo`q qilishiga yo`l qo`ymaydi. Shuning uchun, tintuvga tayyorgarlik ko`rish vaqtida tergovchi uning tasarrufidagi ma`lumotlarga asoslanib tintuv o`tkaziladigan joyga qo`qqisdan, yashirin borishning va u yerga tez, to`siqlarsiz kirishning yo`llarini izlashi kerak. Agar tintuv qilinuvchi shaxs to`sqinlik qilishi yoki qurolli qarshilik ko`rsatishi ehtimol bo`lsa, u holda bunday holatlarni ogohlantirish va oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi kerak.
Tintuv qilinishi kerak bo`lgan joy va tintuv qilinuvchining shaxsi haqida ma`lumot to`plashda va boshqa tayyorgarlik tadbirlarini o`tkazayotganda ushbu choralar ovoza bo`lmasligi uchun juda ham ehtiyot bo`lish kerak.
Tintuvning muvaffaqiyatli o`tishida tergovchi tomonidan tergov guruhi tarkibi va miqdorini to`g`ri aniqlash katta ahamiyatga ega. Agar tergov bir necha joyda, katta yer maydonida o`tkazilishi kerak bo`lsa yoki qidiruv ishlari katta hajmda olib borilishi kerak bo`lsa, tergov guruhi tarkibiga tergovchidan tashqari ma`lum bir hududlarda qidiruv ishlari olib boruvchi yana boshqa tergov va tezkor xodimlar ham qo`shilishi mumkin. Tintuv qilinuvchilar tintuv vaqtida ularga qarshilik ko`rsatib dalillarni yo`q qilishga harakat qilish maqsadida ma`lum buyumlarni oynadan tashqariga uloqtirishlari, sheriklariga ba`zi bir yo`llar bilan ogohlantirish belgilari berishlari mumkin bo`lganligi uchun tergov ishiga tintuv qilinayotgan joyni kuzatish va qo`riqlashga javobgar bo`lgan militsiya tezkor xodimlari ham jalb etish mumkin.
Olib qo`yilishi kerak bo`lgan predmetlarning xususiyatlariga asoslanib guruh tarkibiga tegishli mutaxassislar ham qo`shilishi mumkin. Masalan, buxgalteriya hisoboti bo`yicha mutaxassis tergovchiga ko`p sonli hujjatlarning orasidan tergov qilinayotgan jinoyatga tegishlisini tanlab olishga, san`atshunos o`g`irlangan san`at asarlarini topishda yordam berishi mumkin.
Agar tintuv yerida katta hajmdagi texnik ishlarni o`tkazish ko`zda tutilgan bo`lsa (qazish ishlarini o`tkazish va boshqalar), unday vaziyatda ularni bajarish uchun yordamchi xodimlar taklif qilinadi.
Tayyorgalik davomida tergovchi tintuv yerida xolislarning hozir bo`lishini ta`minlashga qaratilgan choralar ko`radi. Xolislar tergov guruhi tintuv yeriga chiqmasdan turib tergov guruhining tarkibida bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Tergov yeriga kirib borish ayblanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan qarshilik ko`rsatilishi bilan bog`liq holatlarda bu narsa ayniqsa muhimdir.
Agar, tintuv yerida faqat shubhalanilganni emas, balki boshqa shaxslarni ham tintuv qilish ko`zda tutilgan bo`lsa tergov guruhi tarkibiga tezkor xodimlar va erkak hamda ayol xolislar kiritilishi zarur.
Tintuvga tayyorgarlik mobaynida tergovchi uning tasarrufidagi ilmiy-texnik vositalarning to`liqligi va butunligini tekshirishi lozim. Tintuv yerining o`ziga xos xususiyatlari va qidirilayotgan predmetning xarakterini inobatga olgan holda, tergovchi tergov chemodanidagi kriminalistik vositalardan tashqari qidiruv vaqtida qo`l kelishi mumkin bo`lgan qidiruv va boshqa vositalarni tayyorlaydi. Masalan, murdani topish maqsadida o`tkazilgan tintuvda tergovchi texnik vositalar tarkibiga shup, tral, biologik yemirilishga reaksiya beruvchi, qon izlarini topish uchun kimyoviy reaktiv vositalarni qo`shishi mumkin. Agar tintuv jinoyatning metall qurollarini topish bilan bog`liq bo`lsa, u holda mina qidiruvchi yoki metall qidiruvchi tayyorlanib qo`yilishi zarur.
Biror-bir jinoiy ish bo`yicha yagona reja asosida bir vaqtning o`zida bir necha tintuv o`tkazilsa (masalan, davlat mulkini o`marishda birga ishtirok etishgan shaxslarni), sheriklar tintuv haqida bir-birlarini ogohlantirmasliklari uchun tergovchi tintuvni bir vaqtda boshlashni, tergov guruhlari o`rtasida tezkor ma`lumotlar almashish vosita va usullarini tayyorlashni ta`minlashi hamda ushbu guruhlar a`zolariga kerakli ko`rsatmalar berishi zarur.



Yüklə 103,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə